Qorovulbozor TAKM

Website Contact the organization

Qorovulbozor TAKM Qorovulbozor tuman axborot-kutubxona markazi

📝Qorovulbozor tumani   axborot-kutubxona markazida navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat” soati o‘tkazildi. Unda xodimlar faol is...
16/10/2026

📝Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazida navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat” soati o‘tkazildi. Unda xodimlar faol ishtirok etishdi.

✅"Siyosiy -maʼrifat soati" davomida Prezidentimizning Turkmaniston Prezidenti taklifiga binoan ushbu mamlakatga amalga oshirgan amaliy tashriflari, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari hamda uchrashuvlar davomida muhokama qilingan masalalar haqida ma’lumot berildi.

✅Shuningdek, tashrifning ahamiyati va O‘zbekistonning xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlari yuzasidan fikr almashildi.

🏢 Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazi.

Joriy yilning 13-oktyabr sanasida Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazida ma’naviyat soati tashkil qilindi“Ma’na...
13/10/2026

Joriy yilning 13-oktyabr sanasida Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazida ma’naviyat soati tashkil qilindi

“Ma’naviyat soati” davomida “Muomala madaniyati - xodimning ma'naviy qiyofasi" mavzusida mazmunli suhbat o‘tkazildi. Unda muomala madaniyati — insonning ichki ma’naviy dunyosi bilan tashqi xulq-atvorini bog‘lovchi ko‘prikdir. Xodimning haqiqiy ma’naviy qiyofasi uning boshqalarga ko‘rsatgan hurmatida, kasbiga sadoqatida, halolligida va zimmasidagi vazifalarni vijdonan bajarishida namoyon bo‘ladi. Shunday fazilatlarga ega xodim o‘zining shaxsiy obro‘sini mustahkamlash bilan birga, jamoasi va tashkilotining nufuzini oshirishga ham munosib hissa qo‘shishi to'g'risida fikr yuritildi.
Shuningdek, muomala madaniyatini rivojlantirish uchun har bir xodim o‘z ustida muntazam ishlashi, nutqini takomillashtirishi, boshqalarni tinglashni o‘rganishi, kasbiy bilimlarini oshirishi va o‘z xatti-harakatlarini tanqidiy tahlil qilib borishi zarur. Rahbarlar esa jamoada o‘zaro hurmat, ishonch va adolat tamoyillarig

✅Joriy yilning 9-oktyabr sanasida Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazida faxriy nuroniylarimiz va kitobxon yosh...
13/10/2026

✅Joriy yilning 9-oktyabr sanasida Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazida faxriy nuroniylarimiz va kitobxon yoshlar ishtirokida “Bir piyola choy ustida” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

📚Samimiy suhbat davomida nuroniylarimiz hayotiy tajribalari, yoshlik xotiralari va ibratli fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar. Kitobxon yoshlar esa o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kattalarning nasihat va tavsiyalarini tingladilar.
Davra atrofida kechgan samimiy muloqot avlodlar o‘rtasidagi mehr-oqibat, o‘zaro hurmat va kitobxonlik madaniyatini mustahkamlashga xizmat qildi.
📚 Zero, nuroniylar duosi va hayotiy saboqlari yoshlar uchun bebaho ma’naviy boylikdir.

🏢 Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazi.

 # Siyosiy-maʼrifat soati #✅Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazida “Siyosiy-ma’rifat” soati o‘tkazildi va xodim...
09/10/2026

# Siyosiy-maʼrifat soati #
✅Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazida “Siyosiy-ma’rifat” soati o‘tkazildi va xodimlar faol ishtirok etishdi.

"Siyosiy-ma’rifat soati" davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Turkmaniston Prezidenti taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Turkmanistonga borgani haqida ma’lumot berildi. Tashrif doirasida ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish hamda turli sohalardagi aloqalarni mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.

📝Shuningdek, O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirishning ahamiyati haqida fikr almashildi.

🏢 Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazi.

📚Joriy yilning 6-oktabr sanasida Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazida “Kitobsevarlar” klubi bilan birgalikda ...
09/10/2026

📚Joriy yilning 6-oktabr sanasida Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazida “Kitobsevarlar” klubi bilan birgalikda “Abdulla Qodiriy — millat ma’naviyatining buyuk siymosi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

📚Davra suhbatida atoqli adib Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodiy faoliyati, o‘zbek romanchiligi rivojiga qo‘shgan hissasi hamda “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon” kabi asarlarining mazmun-mohiyati haqida fikr almashildi.

📚 Shuningdek, adib asarlarining bugungi kundagi ahamiyati va yoshlar ma’naviyatidagi o‘rni haqida mulohazalar bildirildi.

🏢 Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazi

06/10/2026
2026 yil 24 - avgust kuni Qorovulbozor tuman axborot - kutubxona markazida "Yoshlar kuni" munosabati bilan O'zbekiston M...
06/10/2026

2026 yil 24 - avgust kuni Qorovulbozor tuman axborot - kutubxona markazida "Yoshlar kuni" munosabati bilan O'zbekiston Milliy kutubxonasining 2026 yil 5 - iyundagi 59 - son buyrug'ida ko'rsatilgan "Hududiy axborot - kutubxona markazida faoliyat olib borayotgan yoshlarni boshqaruv organlari rahbarlari bilan birgalikda yoshlar uchun "Bir kunlik rahbar" loyihasida ishtirok etishga imkoniyat yaratish" ijrosini ta'minlash maqsadida axborot - bibliografiya xizmati rahbari Axmedova Gulshod "Bir kunlik rahbar" etib tayinlandi.Yoshlarni qaror qabul qilish jarayonlariga jalb etish maqsadida, axborot - kutubxona markazi direktori Yuldasheva Sharofat, Qorovulbozor tuman davlat arxivi direktori Nasiba Ismoilova ishtirokida axborot - kutubxona markazida faoliyat yuritayotgan yoshlar o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

✅Joriy yilning 24-sentyabr sanasida Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazida “Kitobsevarlar klubi” ishtirokida Ah...
29/09/2026

✅Joriy yilning 24-sentyabr sanasida Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazida “Kitobsevarlar klubi” ishtirokida Ahmad Muhammad Tursunning qalamiga mansub “Sohilsiz dengiz” asari yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.

📚Suhbat davomida asarning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan g‘oyalar, insonning ma’naviy kamoloti, ilm va ma’rifatning hayotimizdagi o‘rni haqida fikr almashildi.

📚Ishtirokchilar asardan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, o‘zaro mulohaza va savol-javoblar orqali asarning tarbiyaviy ahamiyatini muhokama qildilar.
Davra suhbati yakunida ishtirokchilarga mutolaa jarayonida asardagi ibratli fikrlarga e’tibor qaratish, kitob mazmunini hayotiy qarashlar bilan bog‘lash tavsiya etildi.

🏢 Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazi.

✅Joriy yilning 23-sentyabr sanasida Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazi va tuman Politexnikumi bilan hamkorlik...
29/09/2026

✅Joriy yilning 23-sentyabr sanasida Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazi va tuman Politexnikumi bilan hamkorlikda 2-bosqich talabalari ishtirokida “Kitob — ma’naviyat va tafakkur manbai” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

📚Davra suhbatida kitob mutolaasining yoshlar hayotidagi o‘rni, muntazam kitob o‘qish orqali dunyoqarashni kengaytirish, mustaqil fikrlash va ma’naviy salohiyatni yuksaltirish masalalari haqida fikr almashildi.

📚Shuningdek, talabalarga badiiy va ilmiy adabiyotlarning inson kamolotidagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berilib, ularni kitobxonlikka yanada qiziqtirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan tavsiyalar bildirildi. Suhbat davomida talabalar o‘zlari mutolaa qilgan kitoblari haqida fikrlarini bildirib, qiziqarli savol-javoblarda faol ishtirok etdilar.
🏢 Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazi.

🇺🇿 HAFTANING HAR JUMASI – “MILLIY LIBOSLAR KUNI”✨ Milliy liboslar — xalqimizning tarixi, didi, qadriyatlari va o‘ziga xo...
23/09/2026

🇺🇿 HAFTANING HAR JUMASI – “MILLIY LIBOSLAR KUNI”
✨ Milliy liboslar — xalqimizning tarixi, didi, qadriyatlari va o‘ziga xosligini aks ettiruvchi bebaho merosdir. Ularni asrab-avaylash va targ‘ib etish milliy o‘zligimizni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
👗 Shu munosabat bilan Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazida 18-sentabr kuni “Milliy libos — milliy iftixorim” shiori ostida “Milliy liboslar kuni”ga bag‘ishlangan chiroyli tashabbus tashkil etildi.
🌿 Xodimlarimiz milliy liboslarda ishtirok etib, xon atlas, adras va beqasam kabi milliy matolarning o‘ziga xosligi, ularning xalqimiz madaniy hayotidagi o‘rni haqida fikr almashdilar.
📚 Milliy liboslarimiz — o‘tmishdan kelajakka yetib borayotgan qadriyatlarimizning go‘zal ifodasidir.

🏢 Qorovulbozor tumani axborot-kutubxona markazi.

Address

Geologlar Ko'chasi, 1-uy
Bukha
200100

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00
Saturday 09:00 - 15:00

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Qorovulbozor TAKM posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Qorovulbozor TAKM:

Shortcuts

Share

Category