Yoshlar Ishlari Agentligi - Asaka tumani

Yoshlar Ishlari Agentligi -  Asaka tumani

Share

Yoshlar ishlari agentligi - Asaka tumani bo'limi rasmiy sahifasi

15/04/2025

⚡ "Tezkor rus tili" BEPUL vebinarini o'tkazib yubormang!

🙃 Rus tilida erkin muloqot qilishni istaysiz, ammo qunt qilib, o'rganishingiz qiyin, shundaymi?

🎯 Atigi 2 oyda erkin rus tilida so'zlasha olishingiz va ekspertlar tomonidan sinalgan, ishonchli usullar va maslahatlarga ega bo'lishingiz mumkin.

Buning uchun Telegram sahifamizda, 15-aprel, soat 20:00 da bo'lib o'tadigan "Tezkor rus tili" BEPUL vebinarini o'tkazib yubormang.

🤝 Rus tilida muloqot qilishdagi muammolaringizga, mutaxassislar bilan birga javob topasiz.

Qolaversa, kutilmagan sovg'alar va yangiliklar ham siz uchun hozirlangan! 🎁

🔗 Profil shapkasidagi havola orqali vebinar kanalga ulanib oling.

Photos from Yoshlar Ishlari Agentligi -  Asaka tumani's post 04/04/2025

Yoshlar ishlari agentligi
Asaka tuman bo'limi xamda
Asaka sport maktabi hamkorligida

"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, ularni sport bilan doimiy shug'ullanishlariga erishish maqsadida turli sport musobaqalari o'tkazib kelinmoqda.

Besh tashabbus olimpiadasi tarkibidan o'rin olgan vorkout musobaqalari ham yildan-yilga ommalashib, yoshlar qamrovi ortmoqda. Bugun Asaka tumanidagi barcha sektorlarda mazkur musobaqaning sektor bosqichlari o'tkazildi.

28/03/2025

Футбол бўйича ДХХ кубоги бошланмоқда

Ўзбекистон Республикаси Давлат хавфсизлик хизмати, Ўзбекистон Республикаси Спорт вазирлиги, Ўзбекистон Республикаси Ёшлар ишлари агентлиги ҳамда Ўзбекистон маҳаллалари уюшмаси ҳамкорлигида, соғлом турмуш тарзини тарғиб қилиш, ёшлар ўртасида футболни оммалаштириш, шунингдек, улар орасидан иқтидорларни аниқлаш ва қўллаб-қувватлаш мақсадида футбол ва мини-футбол бўйича анъанавий ДХХ кубоги ўтказилади.

16 ёшдан – 30 ёшгача бўлган ўғил болалар футбол ва мини-футбол, қизлар эса мини-футбол бўйича Давлат хавфсизлик хизмати кубогида иштирок этишлари мумкин.

1 – босқич. Туман/шаҳар саралаш мусобақалари: апрель-май ойларида;
2 – босқич. Қорақалпоғистон Республикаси, Тошкент шаҳри ва вилоятлар бўйича саралаш мусобақалари: июнь-июль ойларида;
3 – босқич. Республика финал босқичи мусобақалари: август ойида бўлиб ўтади.

Photos from Yoshlar Ishlari Agentligi -  Asaka tumani's post 28/03/2025

Yoshlar ishlari agentligi
Asaka tuman bo'limi

Bugun Asaka tumani 11-son Musiqa va san’at maktabida
“Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida "Moxir fortepianochilar" tanlovining sektor bosqichi bo'lib o'tdi.

Ushbu tanlov bu yilgi yangi loyixa bo'lib, 10-15, 16-22, 23-30 yosh toifasidagi iqtidorli yoshlar o'rtasida bo'lib o'tdi.

G'olib bo'lgan yoshlar tanlovning tuman bosqichiga yoʻllanmani qo‘lga kiritdilar.

Photos from Yoshlar Ishlari Agentligi -  Asaka tumani's post 26/03/2025

Yoshlar ishlari agentligi
Asaka tuman bo'limi
xamda Asaka sport maktabi hamkorligida

✋“Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning gandbol turi bo‘yicha 17-30 yosh toifasida erkaklar va ayollar oʻrtasida sektor bosqichi musobaqalariga start berildi.

⚡️ Asaka tumani 🖐 “Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning turi bo‘yicha 17-30 yosh toifasida erkaklar hamda ayollar oʻrtasida bosqichi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Photos from Yoshlar Ishlari Agentligi -  Asaka tumani's post 25/03/2025

Yoshlar ishlari agentligi
Asaka tuman bo'limi

🖌Rang-tasvirda yosh ijodkorlar bellashuvi

🖐Asaka tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi
“Yosh musavvir” tanlovining tuman bosqichi bo’lib o’tdi. Tanlovda ishtirokchilar o’z ijodiy ishlari bilan qatnashib, musavvirlik mahoratlarini namoyish etdilar tanlov jarayonlari qizg‘in va murosasiz baxslarga boy o‘tkazildi.

Want your business to be the top-listed Government Service in Andijan?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Address

Asaka Tumani
Andijan
170200