26/05/2026
Muhtaram kitobsevarlar! 📚✨
Kutubxonamiz sizni muqaddas Qurbon hayiti bilan samimiy muborakbod etadi!
Qalblar zikr va ziyo bilan, xonadonlar esa fayz va shodlik bilan to‘ladigan ushbu bayramda sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va bitmas-tuganmas ilm xazinasi yor bo‘lishini tilaymiz.
Qutlug‘ ayyomda ezgu niyatlaringiz ijobat bo‘lsin! Bayramingiz fayzli o‘tsin! 🌙 Xurmat bilan, kutubxona jamoasi.
26/05/2026
E'LON
Bag'dod tumani axborot-kutubxona markazida Qurbon hayiti munosabati bilan 27-28-29-30-31-may kunlari dam olish kunlari hisoblanadi va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilmaydi.
1-iyun dushanba kunidan kitobxonlarga anʼanaviy tarzda xizmat koʻrsatish davom ettiriladi.
Ma’muriyat.
26/05/2026
Bagʻdod tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan faol kitobxonlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 401-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida xotin-qizlar oʻrtasida “Oila — muqaddas maskan” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida oilaning jamiyatdagi oʻrni, oila qadriyatlarini asrab-avaylash, xotin-qizlarning maʼnaviy-maʼrifiy hayotdagi faolligi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
26/05/2026
Bag‘dod tumani axborot-kutubxona markazida “Mohir qoʻllar” to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulotda 13-DMTT tarbiyalanuvchilari rangli qogʻozdan soyabon yasashni oʻrgandilar.
26/05/2026
✍Ivan Turgenev
📚Mumu
Ivan Sergeyevich Turgenev — buyuk so‘z ustasi. U — tabiat manzaralarini, hodisalarini, inson qalbi va tabiatini mohirona tasvirlaydi.
«Mumu»— siz, aziz o‘quvchilarnnng sevimli kitobingizga aylanib qolgan. Unda yozuvchn soqov xizmatkor Gerasimning Mumuga bo‘lgan mehrini, boy xotinning buyrug‘i bilan kuchukni suvga cho‘ktirgach, shu xonadondan o‘z qishlog‘iga jo‘nab ketganini ustalik bilan tasvirlagan, Kitobdan «Bejin o‘tlog‘i» ham o‘rin olgan.
26/05/2026
Yaponiya milliy kutubxonasi
1948-yil. AQSh Kongressi kutubxonasi namunasida tashkil etilgan.
Asosiy ikkita katta binoga ega — Bosh bino Tokio shahrida (Parlament binosi yaqinida) va ikkinchi zamonaviy binosi Kioto (Kansai-kan) shahrida joylashgan.
Dastlab faqat parlament a’zolariga qonun ijodkorligi uchun xizmat ko‘rsatish maqsadida ochilgan, hozirda esa butun xalq va tadqiqotchilar uchun ochiq.
📊45 milliondan ortiq xazina! Kutubxona fondida 45 milliondan ziyod materiallar (kitoblar, xaritalar, jurnallar, audio-video yozuvlar) saqlanadi.
Yaponiyada chop etilgan har bir kitob shu yerga keladi: Yaponiyadagi qonunchilikka ko‘ra, mamlakatda nashr etilgan har qanday bosma nashr (kitob, gazeta, jurnal, hatto manga va komikslar ham!) majburiy tartibda ushbu kutubxonaga bir dona nusxada topshirilishi shart. Shuning uchun bu yerda Yaponiyaning eng to‘liq zamonaviy madaniyat arxivi shakllangan.
25/05/2026
Bag‘dod tumani axborot-kutubxona markazida faoliyat olib borayotgan Kitob bilag‘onlari to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Mashg‘ulotda "Kitob mening do‘stim" nomli davra suhbati o‘tkazildi. Suhbat davomida bolalarni kitobga bo‘lgan qiziqishni ortirish maqsadida turli adabiyotlar haqida o‘zaro suhbatlashishdi.
25/05/2026
Bag‘dod tumani axborot-kutubxona markazida “Sehrli mo‘yqalam” to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar bolalar oʻyinchogʻi rasmini chizishib, o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.
25/05/2026
.
✍️ Xudoyberdi To‘xtaboyev
📗 Peshonasiga televizor yopishgan bolaning sarguzashtlari
Bir qator jajji qissalardan iborat mazkur kitob aziz bolajonlarimiz uchun O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyevning navbatdagi tuhfasi. Qissa qahramonlarining har biri atrofimizdagi bolalar. Sevimli yozuvchimizning ushbu kitobi ham muhtaram o‘quvchilarimizga manzur bo‘ladi, degan umiddamiz.
25/05/2026
Qashshoq bo‘lsam ham kitob xarid qilaman. Bundan ortib qolgan pulga esa yegulik yoki kiyim-kechak sotib olaman.
Erazm Roterdamus