Milliy qadriyatlar, milliy o'zlik va milliy manfaatlar g'oyalari bilan maydonga chiqqan "Milliy tiklanish" 31 yoshda
Milliy tiklanish Farg‘ona viloyat Kengashi
"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Farg‘ona viloyat Kengashining rasmiy sahifasi
Tashqi qarz bo'yicha xavotirlar o'rinlimi?
Milliy taraqqiyot yo'lida 31 yil
03/06/2026
“MILLIY TIKLANISH” gazetasining 2026-yil 3-iyun 21-sonida:
🟢 Bu aslida o‘zlikka xiyonatdir
🟢 Fidoyilik va bunyodkorlikning yorqin timsoli
🟢 Biz “Milliy tiklanish”danmiz!
🟢 San'at millatning ko'zgusi, uning borligi va ruhidir
🟢 Bolalik dunyosini asraylik
Web ilovada o'qish:(https://t.me/Milliy_tiklanish_Fargona/12034)
Bugun "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi tashkil topgan kun!
Ochiq muloqot: Oilaviy ajrimlar uchun davlat bojini oshirish – ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy jihatlar
03/06/2026
Yozuvlarning davlat tilida va lotin alifbosida bo‘lishini ta’minlash, shuningdek, tarjimalar sifatiga qat’iy talablar joriy etish masalalari yuzasidan mahalliy Kengash deputatlari bilan birgalikda Toshloq tumanida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida tashqi va ichki yozuvlarning davlat tilida hamda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida rasmiylashtirilishi holati tahlil qilindi. Shuningdek, reklama va axborot materiallaridagi tarjimalarning sifati, imlo va uslubiy me’yorlarga muvofiqligi yuzasidan fikr-mulohazalar yig‘ildi.
Mazkur yo‘nalishda yozuvlarning davlat tilida va lotin alifbosida bo‘lishini ta’minlash, tarjima sifatiga qat’iy talablar belgilash maqsadida “Reklama to‘g‘risida”, “Davlat tili to‘g‘risida” (yangi tahrirda) hamda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi to‘g‘risida”gi qonunlarga takliflar ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlandi.
03/06/2026
Ochiq muloqot: Oilaviy ajrimlar uchun davlat bojini oshirish – ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy jihatlar
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Farg‘ona viloyat Kengashi tashabbusi bilan Toshloq tumanida “Oilaviy ajrimlar uchun davlat bojini oshirish: ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy jihatlar” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirda mahalliy Kengash deputatlari, maktab psixologlari, mutaxassislar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, oilaviy ajrimlarning oldini olish, oila institutini mustahkamlash va ushbu masalaning ijtimoiy-huquqiy jihatlari yuzasidan fikr almashdilar. Muloqot davomida davlat bojini oshirish tashabbusining ijtimoiy va iqtisodiy ta’siri, uning oilalarni saqlab qolishdagi o‘rni, shuningdek, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Ishtirokchilar tomonidan bir qator taklif va mulohazalar bildirilib, ular umumlashtirish uchun qabul qilindi.
Fraksiya yig'ilishi boshlandi
Click here to claim your Sponsored Listing.
Location
Category
Contact the business
Website
Address
Fergana
150100
