02/06/2026
Paxtakor tumanidagi “Mo‘jiza” istirohat bog‘i hamda Madaniyat markazi hududida 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Paxtakor tuman axborot-kutubxona markazi ko'rgazmasi bilan ishtirok etdi.
02/06/2026
2026-yil 1-iyun Paxtakor tumani axborot - kutubxona markazida tumanidagi MMTB tasarrufidagi 2-sonli maktab oʻquvchilari uchun "Sirli kutubxona"shiori ostida sayohat tashkil etildi. Ushbu sayohatda kitobxon oʻquvchilar kutubxona faoliyati, kutubxona fondiga yangi kelgan adabiyotlar bilan tanishib oʻzlarini qiziqtirgan savollarga maʼlumotlar olishdi.Sayohatda 30 nafar oʻquvchi ishtirok etdi.
26/05/2026
Joriy yilning 26-may kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani MMTB tasarrufidagi 2-maktab hamkorlikda ”Giyohvandlik-umr kushandasi” nomli davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatida Giyohvandlik inson salomatligi , oilaviy muhit va jamiyat taraqqiyotiga jiddiy xavf tug’diruvchi illatligi uning salbiy oqibatlari sog’lik uchun zarar ekanligi , oila va jamiyatga ta’siri kelajak uchun xavfi va uning oldini olish choralari haqida o’quvchilarga keng tushunchalar berib o’tildi. Giyohvandlikka qarshi kurash-faqatgina huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi emas , balki butun jamiyatning mas’uliyatidir. Davra suhbatida kitoblar ko’rgazmasi ham tashkil etildi. Davra suhbatida 23 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.
25/05/2026
Joriy yilning 25-may kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani 2-sonli tehnikum hamkorligidaO’zbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdievaning tavalludi va 71-yilligi munosabati bilan ”Halima Xudoyberdieva ijodi-qalb taronasi” nomli davra suhbati bo’lib o’tdi. Shoira yoshligidan badiiy adabiyotga qiziqib, she’r yozishni erta boshlagan. 1972-yilda Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan, keyinchalik Moskvadagi Adabiyot inistitutida ham tahsil olgan U uzoq yillar ”Saodat” jurnalida faoliyat yuritib, jamiyat hayotida ham faol ishtirok etgan. Halima Xudoyberdieva o’zbek she’riyatida ayol ruhiyati va milliy qadriyatlarni chuqur ifodalagan ijodkor sifatida katta o’rin egallagan. Davra suhbatida kitoblar ko’rgazmasi ham tashkil etildi. Davra suhbatida 11 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.
25/05/2026
📚 VIKTORINA E’LONI 📚
Hurmatli kitobxonlar! Sizlarni Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, kitobxonlarda badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda dunyoqarashini kengaytirish maqsadida axborot-kutubxona markazi tomonidan ,,Bir oyda- bir asar'' loyihasi doirasida may oyida o'tkaziladigan o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri O'tkir Hoshimovning mashhur asari — ,,Ikki eshik orasi’’ bo‘yicha o‘tkaziladigan qiziqarli viktorinaga taklif qilamiz!
🗓 O‘tkazilish vaqti: 25.05.2026-yil soat 14-00 da
📍 Joyi:
🎯 Viktorinada sizni quyidagilar kutadi:
• Asar bo‘yicha savollar
• Qahramonlarni topish
• Eng bilimli kitobxonlarni aniqlash
🏆 G‘oliblar kanalida e'lon qilinadi!
📖 Tayyorlaning va o‘z bilimlaringizni sinab ko‘ring!
Ishtirok etish sharti: oldindan ro‘yxatdan o‘tish.
22/05/2026
Paxtakor tumani axborot- kutubxona markazi tomonidan 2026-yil 22-may Paxtakor tumani 14-sonli Bolalar musiqa maktabiga "Bizga kelishingizga hojat yoq, biz o'zimiz boramiz!" tamoyili asosida mamlakatimiz aholisi, davlat tashkilotlarida " Nostatsionar axborot -kutubxona " xizmati ko‘rsatildi.
🍀Tashkilot xodimlariga nostatsionar axborot -kutubxona xizmati ko‘rsatish orqali jamiyatda kitobxon madaniyatini mutolaa madaniyatini targ‘ib qilish va ularning ishonchli axborot-resurslariga bo'lgan talab va ixtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan loyiha maqsadida buyurtmachilar taqdim etgan ro‘yxat asosida tashkilot xodimlari uchun 25 nomda kitoblar yetkazib berildi va o‘qigan kitoblar almashtirildi.
22/05/2026
Jizzaxlik kitobxon "Yosh kitobxon" respublika tanlovida g‘olib bo‘ldi
Tanlovning 15–19 yosh toifasidagi ishtirokchilar o‘rtasida kechgan final bosqichida kechgan aql-zakovat jangida eng kuchli kitobxonlar g‘alaba qozondi.
Natijada viloyatimizdan qatnashgan Abdug‘affarov Jasurbek Dunyomiddin o‘g‘li 1-o‘rin sohibi bo‘ldi va Prezident sovg‘asi “BYD Chazor” elektromobilini qo‘lga kiritdi.
📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇
Telegram (https://t.me/jizzaxviloyatihokimligi)|jizzaxviloyatihokimi (https://t.me/jizzaxviloyatihokimi)|Facebook (https://www.facebook.com/pressslujba/)|YouTube (https://www.youtube.com/c/Jizzaxviloyatihokimligi)|Instagram (https://www.instagram.com/jizzaxviloyathokimligi/)|ok.ru||X (https://twitter.com/Jizzaxviloyath1)|
22/05/2026
Joriy yilning 21-may kuni Paxtakor tumani axborot- kutubxona markazi hamda MMTB tasarrufidagi 1-maktab hamkorligida Payshanba yoshlar kuni munosabati bilan ma'naviy va musiqiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash , ularning qalbida milliy qadriyatlarga hurmat, ona Vatanga muhabbat va ma'naviy fazilatlarni shakillantirishdan iborat bo'ldi. Tadbir davomida maktab o'quvchilari tomonidan kuy-qo'shiqlar , sahna ko'rinishlar, she'rlar hamda milliy raqslar namoyish etildi. Shuningdek, faol yoshlar va iqtidorli o'quvchilar rag'batlantirildi. Ma'naviy va ma'rifiy chiqishlarda yoshlarning jamiyatdagi o'rni, ularning bilim olishga bo'lgan intilishi hamda kelajak bunyodkorlari ekanligi alohida taʼkidlandi. Tadbir barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib , yoshlarni yanada faol bo'lishga undadi. Tadbirda 200 dan ortiq ishtirokchi ishtirok etishdi.
22/05/2026
2026-yil 21-may kuni Paxtakor tuman axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mutaxassisi tomonidan Paxtakor tuman sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatlik bo'limiga tashrif buyurib, xodimlari uchun Jorj Oruellning " 1984 " nomli kitobing targ'iboti o‘tkazildi.Ushbu kitobda Jorj Oruellning "1984" ramani 1948 yilda yozilgan "Molxonada fosh etilgan "sotilgan niqob"mavzusini davom ettirgani haqida aytib o‘tildi. Targ'ibotda 6 nafar xodimlar ishtirok etishdi, hamda kutubxonaga a'zo qilindi.