01/06/2026
'ruza
“O‘zbek she’riyatining betakror malikasi”mavzusida Axborot -kutubxona markazida oʻquvchi yoshlar oʻrtasida ma'ruza tashkil etildi.Shoira
Halima Xudoyberdiyeva o‘zbek adabiyotining iste’dodli shoira va jamoat arboblaridan biridir. U o‘zining samimiy, ta’sirchan va mazmunli she’rlari bilan o‘zbek she’riyatida munosib o‘rin egallagan. Shoira asarlarida Vatanga muhabbat, ona siymosi, ayol qalbi, insoniy fazilatlar va milliy qadriyatlar yuksak badiiy mahorat bilan kuylanadi.
Halima Xudoyberdiyevaning she’rlari kitobxonlarni ezgulikka, mehr-oqibatga va vatanparvarlikka chorlaydi. Uning ijodi nafaqat o‘z davrida, balki bugungi k***a ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Shu bois Halima Xudoyberdiyeva haqli ravishda “O‘zbek she’riyatining betakror malikasi” deya e’tirof etiladi. Uning boy adabiy merosi yosh avlodni ma’naviy kamolot sari yetaklashda muhim o‘rin tutadi.Ma'ruza savol javoblarga boy tarzda boʻlib oʻtdi. Unda 13 nafar kitobxon ishtirok etdi.
01/06/2026
Bolalar – har bir oilaning baxti, jamiyatning tayanchi va Vatanimizning kelajagidir. Shu bois ham dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bolalarning huquqlari, sog‘ligi va ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratiladi. Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni ham aynan bolalarning manfaatlarini himoya qilish, ularning baxtli va farovon hayot kechirishlarini ta’minlash maqsadida nishonlanadi.1-iyun kuni Axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan 5-MTTda tarbiyachi hodimlari hamkorlikda 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Biz Vatan farzandlari – umid nihollarimiz” mavzusidagi adabiy ertalik tashkil etildi.Tadbir koʻtarinki kayfiyatda bayramona tarzda oʻtdi.
01/06/2026
1-iyun – Xalqaro bolalar kuni
Bolalik – beg‘uborlik, quvonch va orzular olami. Ushbu sana munosabati bilan 2026 yil 1 iyun kuni tashkil etilgan kitob ko‘rgazmasiga tashrif buyurib, bolalar uchun yaratilgan eng sara ertaklar, hikoyalar va qiziqarli adabiyotlar bilan tanishing. Kitoblar orqali bilim va ezgulik sari yangi qadamlar qo‘ying!
Farzandlarimiz baxti va kelajagi uchun kitob mutolaasi – eng yaxshi sovg‘adir.
31/05/2026
Kompyuter boshqa mebellarga qaraganda tezroq chang to'playdi.
30/05/2026
✨ Eng yomon kishilar ilmga amal qilmaydigan kishilardir. Agar tarbiya qiluvchi muallim olim bo'lib amalsiz bo'lsa, bu shogirdlar axloqiga yomon ta'sir ko'rsatadi.
Abdulla Avloniy
30/05/2026
🧠 Bugungi mashq:
Bugun o‘qiyotgan asaringizdagi bitta sahifani tanlang. Uni o‘qiyotganda:
Atrof-muhitni: Hidlar, tovushlar va havo haroratini his qilishga harakat qiling.
Qahramonni: Uning qadam tashlashini, kiyimining g‘ijimlanishini ko‘z oldingizga keltiring.
Tasavvuringiz qanchalik kuchli ekanini tekshiring:
🎬 "Men kitob o‘qiyotganda doim film ko‘rgandek bo‘laman" – deydiganlar bormi?
💭 "Tasavvurimni yanada rivojlantirishni istayman" – deydiganlar-chi?
30/05/2026
📖 Dunyo bestselleri: "To seni topgunimcha"
Ba’zan bir inson sizning butun dunyongizni o‘zgartirib yuborishi mumkin. Jojo Moyesning ushbu shoh asari millionlab qalblarni zabt etgan hikoyadir. 🌟
Bu kitob — jasorat haqida. O‘zgalar baxti uchun o‘zidan kechish yoki sevgan insoningning qarorini hurmat qilish haqida.
✨ Jojo Moyesning ushbu asari mutolaadan so‘ng sizni uzoq vaqt o‘yga toldiradi. Agar siz his-tuyg‘ularga boy, samimiy va haqiqiy asar qidirayotgan bo‘lsangiz — "To seni topgunimcha" aynan siz uchun. 📕
25/05/2026
Sirli olam sari sayohatga tayyormisiz?
Nabijon Hoshimovning “Povulgʻon voqeasi” kitobi sizni kutilmagan sarguzashtlar, jumboqli hodisalar va tasavvur chegarasidan oshib ketuvchi voqealar olamiga olib kiradi. Asardagi gʻaroyib mavjudotlar, sirli uchrashuvlar va hayajonli lavhalar kitobxonni bir zum ham zeriktirmaydi.
Agar siz fantastika, sarguzasht va qiziqarli hikoyalarni sevuvchi kitobxonlardan boʻlsangiz, ushbu kitob aynan siz uchun! Har bir sahifada yangi sir, yangi hayrat va yangi taassurot sizni kutmoqda.
✨ “Povulgʻon voqeasi” — bu oddiy hikoya emas, balki tasavvur va hayrat olamiga ochilgan eshikdir!
📖 Kitobni oʻqing va sirli voqealarning guvohiga aylaning!
21/05/2026
Mingbuloqda Yoshlar kuni doirasida Tuman kutubxonasida bayram tadbir o’tkazildi
Mingbuloq tuman prokurori Nigina Gaibbayeva tomonidan “Kutubxonachilar kuni” munosabati bilan soha vakillari samimiy muborakbod etildi.
Tadbir davomida kutubxonachilarning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish hamda jamiyatda ma’rifatni rivojlantirishdagi fidokorona mehnati alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh kutubxona xodimlariga esdalik sovg‘alari topshirildi.