17/05/2025
Graduated: endi ular magistr!
Ular orzu qilishdi va shunga yarasha harakatda ham bo‘lishdi.
Va nihoyat 16-may - qo‘llarda diplom, qalbda ishonch va oq yo‘l!
Bu bitiruv yakun emas – boshlanish!
30/04/2025
Universitet kengashining 5-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Kengashda universitet faoliyatiga oid muhim masalalar ko‘rildi.
Jumladan, ITI va IPI nizomiga muvofiq ta’lim mutaxassisliklarining o‘quv dasturlari hamda normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish va ular ijrosini yuqori saviyada tashkil etish to‘g‘risida masʼullarning hisobotlari tinglandi.
Kengashda universitetda faoliyat olib borayotgan doktorant, tayanch doktorant hamda mustaqil izlanuvchilarning choraklik monitoringi natijalari to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, TasIMO-2025 mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, dastur va yo‘l xarita asosida vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.
Kengash doirasida universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan adabiyotlar muhokamasi o‘tkazildi. Universitetda faoliyat olib borayotgan tadqiqotchilarga doir masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Kengashda xushxabarlar - Nordik fidoyilari Zafar Abdullayevga professorlik, Zulfiya Hamidovaga dotsentlik diplomlari topshirildi. Biznesni boshqarish yo‘nalishi talabasi Asilabonu Hamidovaga Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi Guvohnomasi taqdim etildi va samimiy tabriklandi.
13/02/2025
Nordik universitetida xalqaro hamkorlik sari yangi qadamlar
Nordik universitetiga YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Antti Karttunen va Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Duyshonkul Chotonovlarning tashrifi bo‘lib o‘tdi.
04/02/2025
Pedagogik kadrlar tayyorlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha kichik loyiha guruhi majlisi o‘tkazildi
Respublika oliy taʼlim kengashi huzuridagi “Pedagogik kadrlar tayyorlashni muvofiqlashtirish” bo‘yicha tuzilgan kichik loyiha guruhining vebinar (video-chat) ko‘rinishidagi majlisi o‘tkazildi.
24/01/2025
Opera yulduzi - Nordik sahnasida!
22/01/2025
🇺🇿🇫🇮 II O‘zbekiston - Finlandiya biznes forumi: istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikning yangi bosqichi
Bugun Xalqaro Nordik universiteti tomonidan II “O‘zbekiston-Finlandiya xalqaro biznes-forumi”ning “Zamonaviy va innovatsion qurilish texnologiyalari” mavzusidagi xalqaro anjumani tashkil etildi.
21/11/2024
Doktorantura, tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar uchun imtihon o‘tkazildi
Imtihon Xalqaro Nordik universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sherzod Mustafakulov raisligidagi komissiya tomonidan o‘tkazildi.
Kirish imtihonida talabgorlarning mutaxassislikka oid bilimi, innovatsion yondashuvi va ilmiy salohiyati sinovdan o‘tkazildi.
20/11/2024
EURONEWS | UZREPORT | NORDIC
🌏 “Euronews” media xoldingi - Nordik Jurnalistika akademiyasining yaqin hamkori
Nordik universiteti “Uzreport jurnalistika, media va kommunikatsiyalar akademiyasi” va “Euronews” media xoldingi hamkorligi bo‘yicha qizg‘in muzokara bo‘lib o‘tdi.