Viloyat hokimligi xodimlarining farzandlari ota-onalarining ish joyida mehmon bo‘lishdi
Sampress.uz
Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Sampress.uz, Government Website, Самарқанд вилояти, Самарқанд шаҳри, Кўк-сарой майдони/1, Samarkand.
https://t.me/samviloyatihokimligi;
https://instagram.com/adiz_boboyev
www.samarkand.uz
https://youtube.com/@samarqandviloyatihokimligi?si=BYqWoH_gOZytXiPa
Ishonch telefoni (Ишонч телефони): 1177
Дети сотрудников хокимията области побывали на работе у родителей
Samarqand shahrida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanadi: Tong ko‘chasidagi muammolar bartaraf etiladi
Samarqandda qurilayotgan yangi istirohat bog‘i aholining sevimli maskaniga aylanadi
Madaniyat, san'at va adabiyot sohasi namoyandalari yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
Prezident qarori bilan minglab yurtdoshlarimiz uchun bepul davolash va jarrohlik amaliyotlari o'tkazilmoqda
Urgut tumanida zamonaviy sihatgoh barpo etilmoqda
Viloyat hokimi Adiz Boboyev Urgut tumanida olib borilayotgan o‘rganishlar davomida “Omonqo‘ton” mahallasida 1,4 gektar maydonda barpo etiladigan 200 o‘ringa mo‘ljallangan sihatgoh loyihasi bilan tanishdi.
Mazkur loyiha hududning tabiiy-iqlim salohiyatidan samarali foydalanishda muhim ahamiyatga ega.
Omonqo‘ton hududining toza havosi, musaffo tabiati va qulay iqlimi bu yerda tashkil etilayotgan sihatgohning jozibadorligini yanada oshiradi. O‘rganish jarayonida sihatgohda dam olish uchun keladiganlar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish, zarur infratuzilmani shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Urgutdagi “Bahora” oromgohi: yozgi mavsumga tayyorgarlik nazoratda
Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev Urgut tumanida joylashgan “Bahora” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida bo‘lib, yozgi dam olish mavsumiga tayyorgarlik jarayonini ko‘zdan kechirdi. Xususan, oromgoh hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, bolalar uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda infratuzilma holati atroflicha o‘rganildi.
O‘rganishlar jarayonida bir qator kamchilik va bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarga alohida e’tibor qaratildi. Hududni yanada obodonlashtirish, bolalar yotoqxonalarida zarur qulayliklarni yaratish, shuningdek, oromgohga olib boruvchi yo‘lni tartibga keltirish va ayrim ichki maydon va yo‘laklarini asfaltlashtirish yuzasidan mas’ullarga aniq va qat’iy topshiriqlar berildi.
Viloyat rahbari bolalarning xavfsiz va mazmunli dam olishini ta’minlash, ular uchun zamonaviy sharoitlar yaratish ustuvor vazifa ekanini alohida ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, joriy yozgi mavsumda viloyat bo‘ylab 71 ta bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida jami 21 ming 515 nafar bolani sog‘lomlashtirish rejalashtirilgan.
Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev Urgut tumanining "Omonqo‘ton" mahallasi hududida amalga oshirilayotgan yangi “Afsonaviy tosh” dam olish maskani loyihasi bilan tanishdi.
Mazkur loyiha hududda tadbirkorlikni rivojlantirish hamda turizm salohiyatini oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda. 50 sotix maydonda barpo etilayotgan maskan zamonaviy infratuzilma asosida tashkil etilib, bu yerda mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun qulay dam olish sharoitlarini yaratish ko‘zda tutilgan.
“Omonqo‘ton” mahallasiga turizm qishlog‘i maqomi berilgach, hududning jozibadorligini oshirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash hamda yangi turizm obyektlarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada “Afsonaviy tosh” dam olish maskani kabi loyihalar muhim o‘rin tutadi.
Loyiha taqdimoti davomida viloyat rahbariga sayyohlar oqimini ko‘paytirish, xizmatlar turini kengaytirish va zamonaviy servisni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Viloyat hokimi dam olish maskanida tashrif buyuruvchilar uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish, sifatli xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, hududda yashovchi yoshlar bandligini ta'minlash masalalariga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.
30/05/2026
Urgutda yangi turizm loyihalari amalga oshiriladi
Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev Urgut tumanida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayoni hamda istiqbolli loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
Dastlab viloyat rahbariga tumanning Qoratepa mahallasida joylashgan suv ombori sohilida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan turizm ob’yektlari loyihasi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Mazkur loyiha hududning tabiiy salohiyatidan unumli foydalanish, zamonaviy turizm infratuzilmasini shakllantirish hamda mahalliy aholi uchun yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Viloyat hokimi ushbu hududda aholi bandligini ta’minlash, ularning barqaror daromad manbalarini shakllantirishga xizmat qiladigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, loyihalarni puxta rejalashtirish va ularni bosqichma-bosqich amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Click here to claim your Sponsored Listing.
Location
Contact the business
Telephone
Website
Address
Samarkand
ИШОНЧТЕЛЕФОНИ:1177
Opening Hours
| Monday | 09:00 - 18:00 |
| Saturday | 09:00 - 18:00 |
