10/02/2026
Kitob tavsiyasi: “Jinoyat huquqi”
“Jinoyat huquqi” — huquqiy bilimlarni chuqur egallashni istaganlar uchun muhim va zarur qo‘llanmadir. Ushbu kitobda jinoyat huquqining asosiy tushunchalari, prinsiplari, jinoyat tarkibi, jazo turlari hamda ularni qo‘llash tartibi batafsil yoritilgan.
Asarda jinoyat qonunchiligining mazmun-mohiyati sodda va tushunarli tilda bayon etilib, amaliy misollar orqali mustahkamlangan. Kitob huquqshunoslik yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, pedagoglar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamda huquqiy savodxonligini oshirishni istagan keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan.
“Jinoyat huquqi” — adolat, qonun ustuvorligi va huquqiy ongni shakllantirishga xizmat qiluvchi muhim manbadir.
Ushbu kitob Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida mavjud!
04/02/2026
Kutubxona — bilim va ma’rifat maskani
Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, aholi, ayniqsa yoshlar orasida mutolaaga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida kutubxona bo‘ylab keng qamrovli ekskursiya tashkil etildi. Mazkur tadbirda markazning faol va tashabbuskor kitobxonlari ishtirok etdilar.
Ekskursiya jarayonida ishtirokchilar kutubxonaning asosiy bo‘limlari, kitob fondlari, elektron va axborot-resurslari, zamonaviy xizmat turlari hamda foydalanuvchilar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Tadbir Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi Akt rahbari ishtirokida bo‘lib o‘tdi hamda kutubxona faoliyati, uning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida batafsil tushunchalar berildi.
Mazkur ekskursiya kitobxonlarda bilimga intilish, mustaqil mutolaa qilish va axborotdan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirildi.
04/02/2026
KO‘RGAZMA
Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida buyuk mutafakkirlar — Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud ayyomlari munosabati bilan
“Millat ma’naviyatining ikki siymosi” nomli ko‘rgazma tashkil etildi.
Mazkur ko‘rgazmada Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti, ilmiy-ma’rifiy faoliyati hamda boy adabiy merosini yorituvchi badiiy va ilmiy adabiyotlar, tadqiqot ishlari hamda tarixiy manbalar namoyish etildi.
Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi — milliy ma’naviy merosni targ‘ib etish, yoshlar ongida buyuk ajdodlarimiz ijodiga nisbatan hurmat va e’tiborni kuchaytirish, kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishdan iborat.
04/02/2026
Yosh kitobxon – kelajak poydevori!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2024-yil 28-dekabr kuni Yangi Toshkent hududidagi ayrim obyektlar qurilishi bilan tanishish jarayonida berilgan topshiriqlari asosida tasdiqlangan 7-sonli bayonning 5.5-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, 2025-yil 2-fevral kuni Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida eng faol kitobxonlar uchun “Yosh kitobxon burchagi” nomli fotogalareya burchagi tashkil etildi.
Mazkur burchak yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, mutolaa madaniyatini targ‘ib etish hamda faol kitobxonlarni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
04/02/2026
Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 47-maktab o‘quvchilari ishtirokida kitob targ‘iboti tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilar qiziqarli va foydali adabiyotlar bilan tanishtirilib, mutolaa madaniyatini rivojlantirish, bilim va dunyoqarashni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan ushbu tadbir yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirishga xizmat qildi.
04/02/2026
Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etishga bag‘ishlangan “Milliy qadriyatlar – ma’naviyat asosi” nomli ko‘rgazma tashkil etildi.
Ko‘rgazmada xalqimizning boy tarixiy merosi, urf-odat va an’analari, milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy kamolotga oid adabiyotlar hamda turli ko‘rgazmali manbalar namoyish etildi. Ushbu ko‘rgazma yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladi.
Milliy meros – kelajak poydevori!
Barchangizni ko‘rgazma bilan yaqindan tanishishga chorlaymiz.
02/02/2026
Bugun Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov tavallud topgan kun munosabati bilan “Xotirangiz doim dillarda” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
02/02/2026
Samarqand tuman axborot - kutubxona markazida navbatdagi bibliografik sharh bòlib otdi.
Bibliografik sharhda Samarqand tuman Favqulotda vaziyatlar bòyicha xodimlar bir joyga yiģilib, hafta davomida fondimizga kelib tushgan yangi adabiyotlar yuzasidan bibliografik sharh òtkazildi.
02/02/2026
Jozef Romm – Iqlim o‘zgarishi: har kim bilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar
Bu kitob iqlim o‘zgarishining sabablari, uning qanday sodir bo‘layotgani, insoniyat va tabiat uchun oqibatlari, hamda toza energiya va yechimlar yo‘llari haqida eng zamonaviy, ilmiy asosli va tushunarli tahlilni beradi. Romm bu mavzuni har bir o‘quvchi uchun sodda til bilan tushuntiradi, shuningdek hayotimizga qanday ta’sir etishini ko‘rsatadi va kelajakda nima qilinishi kerakligini muhokama qiladi.