Samarqand viloyati Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar boshqarmasi

Samarqand viloyati Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar boshqarmasi

Share

Oliy taʼlim va professional taʼlim tizimidagi yangiliklar va bajarilayotgan ishlar haqidagi maʼlumotlarni olishingiz mumkin.

Photos from Samarqand viloyati Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar boshqarmasi 's post 10/11/2025

Koreya Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida kasbiy ta’lim sohasida hamkorlik uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi

Shu kuning o‘zida xalqaro WorldSkills amaliy seminari doirasida Koreya Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida kasbiy ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan rasmiy uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvda Kasbiy ta’lim agentligi direktori Azimjon Xusanov, Samarqand viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Nasimov, shuningdek, HRD Korea vakillari — miss Kim Su-Bxin va ekspertlar ishtirok etdilar.

Muzokaralarda tomonlar ishlab chiqarish ta’limi ustalarining malakasini oshirish, K-STAR Partnership Program for Skills Development dasturini samaradorligini oshirish, shuningdek, kasbiy ta’lim sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish masalalarini muhokama qildilar.

Tadbir doirasida ramziy daraxt ekish marosimi o‘tkazilib, mazkur amal do‘stlik, o‘zaro hamjihatlik va samarali hamkorlikning ramzi sifatida e’tirof etildi.

Photos from Samarqand viloyati Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar boshqarmasi 's post 10/11/2025

Samarqandda xalqaro WorldSkills amaliy treninglari boshlandi

Samarqand viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi tashabbusi bilan 2025-yil 10-noyabr kuni Samarqand shahrida K-STAR Partnership Program for Skills Development dasturi doirasida xalqaro WorldSkills amaliy seminar-treninglari boshlandi.
Tadbirning asosiy maqsadi — 11 ta kasb bo‘yicha kasbiy ta’lim tizimida xalqaro tajribani o‘rganish, o‘qitish metodikasini takomillashtirish va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining malakasini oshirishdan iboratdir.

Ochilish marosimida Kasbiy ta’lim agentligi direktori Azimjon Xusanov dastur O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kasbiy ta’limni rivojlantirishga oid farmon va qarorlarida belgilangan vazifalarni amaliy ijroga yo‘naltirilganini ta’kidladi.

Shuningdek, boshqarma boshlig‘i Azizbek Nasimov xalqaro tajriba asosida o‘qitish usullarini yangilash, Korea vakilli miss Kim Su-Bxin mazkur dastur o‘zaro hamkorlik va kasbiy aloqalarni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Photos from Samarqand viloyati Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar boshqarmasi 's post 27/09/2025

“O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” – fidoyi pedagoglarga munosib e’tirof!

✅1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan 27-sentyabr kuni Samarqand viloyatida faxriy ko‘krak nishonlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

✅Tadbirda Samarqand viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i A.Nasimov ishtirok etib, sharafli mehnati yurtimiz kelajagi uchun beqiyos ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi hamda fidoyi pedagoglarni samimiy tabrikladi.

✅Bayram tadbirida o‘z kasbiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan professor-o‘qituvchilar, ilm-fan rivojiga hissa qo‘shayotgan olimlar hamda tajribali pedagoglarning bir guruhini munosib taqdirlandi.

Photos from Samarqand viloyati Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar boshqarmasi 's post 29/08/2025

Samarqand viloyatidagi kasbiy ta’lim muassasalari rahbarlari va xodimlari ishtirokida an’anaviy “Avgust kengashi” yig‘ilishi o‘tkazildi

✅Tadbirda viloyati hokimi o‘rinbosari X.Tuxtaev, Professional taʼlimni rivojlantirish instituti bosh mutaxassisi M.Muzaffarov, Worldskills Uzbekistan assosatsiyasi direktor o‘rinbosari D.Xushmurodov, kasbiy ta’lim muassasalari rahbarlari, pedagoglar hamda keng jamoatchilik qatnashdi.

✅Kengashda 2024–2025 o‘quv yili davomida viloyatdagi texnikum va politexnikumlarda amalga oshirilgan ishlar, o‘quv jarayoniga kiritilgan yangiliklar, yoshlarni bandlikka jalb qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish, o‘quvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini worldskills standartlari asosida rivojlantirish, ularni mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash kerakligi ta'kidlandi.

✅Raqamli ta’lim resurslarni ishlab chiqishda o‘rin egallagan ta’lim muassasa o‘qituvchilari vazirlikning Faxriy Yorliq bilan taqdirlandilar.

Photos from Samarqand viloyati Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar boshqarmasi 's post 28/08/2025


Yoshlar bilan ishlash bo'yicha direktor o'rinbosarlari uchun AVGUST KENGASHI tashkil etildi

✅Seminar doirasida 2024-2025 o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi, shuningdek, yangi o‘quv yili uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi

✅Tadbir davomida ota-onalar va mahalla bilan hamkorlik qilish kerakligi ta'kidlandi, hamda nogironligi bo‘lgan va kam ta'minlangan o‘quvchilarga e'tiborni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi

✅Yakunda ishtirokchilar o‘zlariga qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi

Photos from Samarqand viloyati Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar boshqarmasi 's post 06/07/2025

OʻZBEKISTON - QOZOGʻISTON

Oʻzbekistondan kelgan delegatsiya aʼzolarining Qozogʻistonga boʻlgan tashrifi oʻz yakuniga yetib Oʻzbekistonga qarab yoʻlga chiqishdi

Photos from Samarqand viloyati Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar boshqarmasi 's post 06/07/2025

Avval xabar berganimizdek Samarqanddan kelgan delegatsiya aʼzolari Qozogʻistonning Turkiston viloyatining tarixiy diqqatga sazovor joylariga sayohatlar ham tashkil etdi.

Dastlab delegatsiya aʼzolari Ahmad Yassaviyning maqbarasini ziyorat qilib maqbaraning tarixi hamda Ahmad Yassaviy haqida to‘liqroq ma'lumotlarga ega bo‘ldi.

05/07/2025
Photos from Samarqand viloyati Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar boshqarmasi 's post 05/07/2025



4-iyul kuni Delegatsiya aʼzolarini Qozogʻistonning Turkiston viloyatidagi kollejlarga tashrifi tafsilotlari

- Turkiston Ahmad Yassaviy kolleji bitiruvchilariga diplom topshirish marosimida ishtirok etdi.
- Turkiston yuqori koʻptarmoqli kollejiga amaliy tashrif
- Turkiston koʻptarmoqli sanoat kollejiga tashrif.
- Turkiston kelajak koʻptarmoqli kollejiga amaliy tashrif va uchrashuvlar, memorandum imzolash
- Turkiston Ahmad Yassaviy kollejiga tashrif va memorandum imzolash jarayonli boʻlib oʻtdi.

Photos from Samarqand viloyati Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar boshqarmasi 's post 04/07/2025



Qozogʻistonga boʻlgan tashrifdan Samarqand kasbiy taʼlim tizimiga yangi yoʻllarni ochmoqda.

Turkiston Ahmad Yassaviy kollejiga oʻtkazilgan tadbirlar davomida mazkur kollej bilan Samarqand viloyatining 1 ta texnikum va 10 ta politexnikumlari oʻrtasida hamkorlik memarandumlari imzolandi.

Photos from Samarqand viloyati Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar boshqarmasi 's post 04/07/2025



Qozogʻistonga boʻlgan tashrifdan Samarqand kasbiy taʼlim tizimiga yangi yoʻllarni ochmoqda.

"Turkiston Kelajak" koʻp tarmoqli kollejiga oʻtkazilgan tadbirlar davomida mazkur kollej bilan Samarqand viloyatining 2 ta texnikum va 5 ta politexnikumlar oʻrtasida hamkorlik memarandumlari imzolandi.

Want your business to be the top-listed Government Service in Samarkand?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Telephone

Address

Oʻzbekiston
Samarkand
140100