19/06/2026
O‘zbekiston tajribasi xalqaro akademik maydonda namoyish etilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining istiqbolli tinglovchilari Yevropa Ittifoqining BRIDGE loyihasi doirasida Italiyaning nufuzli Bolonya universitetining School of Policy maktabida tashkil etilgan “Sustainable Agriculture” xalqaro dasturida ishtirok etmoqda.
Dastur davomida iqlim o‘zgarishi, barqaror qishloq xo‘jaligi, ekologik siyosat, oziq-ovqat xavfsizligi hamda ushbu yo‘nalishlarda davlat boshqaruvini takomillashtirish masalalari muhokama qilinmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan agrar islohotlar, 2030-yilgacha mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasi, suv tejovchi texnologiyalar hamda Orolbo‘yi hududini ekologik tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli ishlar xalqaro hamjamiyatga taqdim etildi.
Mazkur xalqaro stajirovka istiqbolli rahbar kadrlarning global boshqaruv tendensiyalari, barqaror rivojlanish tamoyillari va ilg‘or Yevropa tajribalarini o‘zlashtirishiga, xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirishga hamda davlat boshqaruvi tizimi uchun zamonaviy kompetensiyalarga ega rahbar kadrlarni tayyorlash va ularning salohiyatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
—
Опыт Узбекистана представлен на международной академической площадке
Перспективные слушатели Академии государственной политики и управления при Президенте Республики Узбекистан принимают участие в международной программе «Sustainable Agriculture», реализуемой в рамках проекта Европейского союза BRIDGE в Школе государственной политики (School of Policy) Болонского университета (Италия).
В ходе программы рассматриваются вопросы изменения климата, устойчивого сельского хозяйства, экологической политики, продовольственной безопасности, а также совершенствования системы государственного управления в указанных сферах. Наряду с этим узбекская делегация представила международному академическому сообществу опыт Узбекистана в реализации аграрных реформ, Стратегии развития до 2030 года, внедрении водосберегающих технологий и комплексных мерах по экологическому восстановлению региона Приаралья.
18/06/2026
Xalqaro stajirovka — istiqbolli rahbar kadrlarni tayyorlashning muhim bosqichi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi professor-o‘qituvchilari hamda iqtidorli tinglovchilari Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida “Xitoy va Markaziy Osiyo ma’muriy akademiyalari hamkorlik tarmog‘i” doirasida o‘tkazilayotgan xalqaro seminarda ishtirok etmoqda.
Seminar davomida davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilish, davlat xizmatchilarining kasbiy salohiyatini rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, yashil energetikani boshqarish hamda ilg‘or boshqaruv amaliyotlari yuzasidan tajriba almashildi.
Akademiya vakillarining mazkur xalqaro seminardagi ishtiroki ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, davlat boshqaruvi sohasida zamonaviy yondashuvlarni o‘zlashtirish, xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirish hamda davlat xizmati uchun professional kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini ilg‘or xalqaro amaliyotlar bilan boyitishga xizmat qilmoqda.
—
18/06/2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi hamda Boshqaruv samaradorligi agentligi hamkorligida Qoraqalpog‘iston Respublikasida hududiy davlat boshqaruvi organlari xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy rahbarlik kompetensiyalarini rivojlantirish, Akademiyada amalga oshirilayotgan ta’lim va ilmiy loyihalar hamda davlat xizmati uchun rahbar kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.
——
В Республике Каракалпакстан состоялась встреча с сотрудниками территориальных органов государственного управления, организованная Академией государственной политики и управления при Президенте Республики Узбекистан совместно с Агентством эффективности управления.
В ходе мероприятия были представлены презентации о проводимых реформах в системе государственного управления, развитии современных управленческих компетенций, образовательных и научных проектах Академии, а также о приоритетных направлениях системы подготовки, переподготовки и повышения квалификации руководящих кадров для государственной службы.
——
A meeting with employees of regional public administration bodies was organized in the Republic of Karakalpakstan through the cooperation of the Academy of Public Policy and Administration under the President of the Republic of Uzbekistan and the Management Efficiency Agency.
During the event, presentations were delivered on ongoing public administration reforms, the development of modern leadership competencies, the Academy’s educational and research projects, as well as the priority areas of training, retraining and professional development for managerial personnel in the civil service system.
18/06/2026
Yashil transformatsiya — zamonaviy davlat boshqaruvining muhim yo‘nalishi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida Davlat xizmatlari samaradorligini oshirishni ilmiy tadqiq etish laboratoriyasi tashabbusi bilan “Davlat siyosatida yashil transformatsiya: zamonaviy yondashuvlar va xalqaro tajriba” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Tadbirda Qozon federal universiteti Boshqaruv, iqtisodiyot va moliya instituti Iqtisodiy nazariya va ekonometrika kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari doktori, professor Nailya Gumerovna Bagautdinova yashil iqtisodiyot, ESG tamoyillari, “yashil” investitsiyalarni rivojlantirish hamda barqaror rivojlanishning zamonaviy yondashuvlari yuzasidan ma’ruza qildi.
Seminar davomida davlat boshqaruvida yashil transformatsiyani samarali amalga oshirishning xalqaro tajribasi va zamonaviy yondashuvlari muhokama qilindi. Yakunda ishtirokchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda ularni davlat boshqaruvi amaliyotiga tatbiq etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
—
Зелёная трансформация — стратегический приоритет современного государственного управления
В Академии государственной политики и управления при Президенте Республики Узбекистан по инициативе Лаборатории научных исследований повышения эффективности государственных услуг состоялся международный научно-практический семинар на тему «Зелёная трансформация в государственной политике: современные подходы и международный опыт».
С докладом выступила заведующая кафедрой экономической теории и эконометрики Института управления, экономики и финансов Казанского федерального университета, доктор экономических наук, профессор Наиля Гумеровна Багаутдинова, представив современные подходы к развитию зелёной экономики, внедрению принципов ESG, стимулированию «зелёных» инвестиций и обеспечению устойчивого развития.
17/06/2026
Tibbiyot tizimida zamonaviy rahbar qanday kompetensiyalarga ega bo‘lishi kerak?
Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida sog‘liqni saqlash tizimi rahbarlari uchun qisqa muddatli maxsus o‘quv kursi boshlandi.
Mazkur tashabbus joriy yil 13-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.
Prezident Administratsiyasi, Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, Prezidentning Xalq qabulxonasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan mashg‘ulotlarda 140 nafar sog‘liqni saqlash tizimi rahbari ishtirok etmoqda.
Kurs tinglovchilarning aholi murojaatlari bilan ishlash, korrupsiyaning oldini olish, samarali muloqot va zamonaviy rahbarlik kompetensiyalarini yanada rivojlantirishga qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil aprel oyida mazkur tashabbus doirasida ichki ishlar organlari tergov sohasi rahbarlari uchun ham qisqa muddatli maxsus o‘quv kursi tashkil etilgan edi.
—
16/06/2026
Istiqbolli kadrlarni aniqlash va rivojlantirishning yangi bosqichi: hududlarda ochiq muloqotlar boshlandi
Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi rektori tashabbusi bilan Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun hamkorlik uchrashuvlari tashkil etildi.
PF–78-son Farmoni bilan boshlangan transformatsion islohotlar doirasida Akademiyada andragogik ta’lim tizimi joriy etilib, xorijiy professor-o‘qituvchilar jalb etilmoqda hamda rahbar kadrlarni tayyorlashning zamonaviy mexanizmlari amaliyotga tatbiq qilinmoqda.
Akademiya, Boshqaruv samaradorligi agentligi va hududiy hokimliklar hamkorligida o‘tkazilgan uchrashuvlarda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, rahbarlik kompetensiyalarini rivojlantirish hamda inson kapitalini boshqarishning zamonaviy yondashuvlari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, hududiy davlat xizmatchilariga Akademiyada amalga oshirilayotgan transformatsion islohotlar, andragogik tamoyillarga asoslangan yangi o‘quv dasturlari, qayta tayyorlash va malaka oshirish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berilib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli javob va tushuntirishlar taqdim etildi.
Mazkur loyiha doirasidagi uchrashuvlar respublikaning boshqa hududlarida ham bosqichma-bosqich davom ettiriladi.
—
13/06/2026
🗒️ –2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi magistraturasiga hujjatni topshirib, to‘lovni ham amalga oshirgan nomzodning ish staji yetarli emasligi sababli hujjatlari qabul qilinmasa, to‘langan mablag‘ qaytariladimi?
✅ Javob:
Ha, qaytariladi. Hujjat topshirish uchun to‘lovni amalga oshirgan, ammo belgilangan talablarga muvofiq kelmaganligi (jumladan, ish staji yetarli emasligi) sababli hujjatlari qabul qilinmagan nomzodlarga to‘langan mablag‘ qaytarib beriladi.
Buning uchun nomzod O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi rektori nomiga ariza bilan murojaat qilishi lozim bo’ladi.
Ariza asosida mablag‘ kelib tushganligi o‘rganilib 3 kundan 5 bank ish kunigacha bo‘lgan muddatlarda mablag‘lar to‘lovchiga qaytarib beriladi.
13/06/2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿🇨🇳 Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida davlat boshqaruvi, kadrlar tayyorlash, malaka oshirish hamda ilmiy-tadqiqot sohalaridagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, Akademiyaning Xitoyning turdosh ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorligi, qo‘shma ta’lim dasturlari, akademik almashinuv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
——
В Академии государственной политики и управления при Президенте Республики Узбекистан состоялась встреча с представителями Посольства Китайской Народной Республики в Республике Узбекистан.
🇺🇿🇨🇳 В ходе встречи были обсуждены текущее состояние и перспективы сотрудничества между Узбекистаном и Китаем в сферах государственного управления, подготовки кадров, повышения квалификации и научно-исследовательской деятельности.
Также состоялся обмен мнениями по вопросам развития сотрудничества Академии с профильными образовательными и научно-исследовательскими учреждениями Китая, реализации совместных образовательных программ, академической мобильности и научных проектов.
По итогам встречи стороны выразили готовность к дальнейшему развитию взаимовыгодного сотрудничества.
——
13/06/2026
🗒️ –2026
❓O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi magistraturasiga kirish imtihonini topshirish uchun til sertifikati talab etiladimi?
✅ Javob:
Nomzodlardan xorijiy til sertifikati talab etilmaydi.
❗️ Biroq magistraturaga kirish test sinovlarida ingliz, fransuz yoki nemis tillaridan imtihon topshirish nazarda tutilgan.
CEFR standarti bo‘yicha kamida B2 darajadagi xorijiy tilni bilishini tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega nomzodlar xorijiy til bo‘yicha test sinovlaridan ozod etiladi.
Bunday nomzodlarga xorijiy til fani bo‘yicha maksimal ball beriladi.
13/06/2026
Sharq mutafakkirlari merosi va zamonaviy boshqaruv tamoyillari muhokama qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining Samarqand hududiy filiali hamda Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida “Sharq mutafakkirlarining boshqaruvga doir qarashlari” mavzusida ilmiy davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirni Akademiya ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Raima Shirinova ochib berib, Sharq mutafakkirlarining davlat va jamiyat boshqaruviga oid ilmiy merosi bugungi boshqaruv amaliyoti uchun ham muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Davra suhbatida Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Amir Temur, Nizomulmulk va Kaykovusning rahbarlik madaniyati, adolat, mas’uliyat, boshqaruv etikasi hamda davlat boshqaruvining ma’naviy-axloqiy asoslariga oid qarashlari muhokama qilindi.
Tadbir davomida Sharq mutafakkirlari merosini chuqur o‘rganish, uni zamonaviy davlat boshqaruvi tizimiga tatbiq etish hamda boshqaruv kadrlarini tayyorlash jarayonida undan samarali foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
—
Обсуждены управленческие идеи мыслителей Востока и их значение для современного государственного управления
В сотрудничестве Самаркандского регионального филиала Академии государственной политики и управления при Президенте Республики Узбекистан и хокимията Самаркандской области состоялся научный круглый стол на тему «Взгляды восточных мыслителей на управление».
Открывая мероприятие, проректор Академии по научной работе и международным связям Раима Ширинова подчеркнула, что богатое научное наследие восточных мыслителей в области государственного и общественного управления сохраняет свою теоретическую и практическую значимость и в современных условиях.
В ходе круглого стола были рассмотрены взгляды Абу Насра Фараби, Юсуфа Хоса Ходжиба, Амира Темура, Низамульмулька и Кайковуса на культуру управления, качества руководителя, справедливость, ответственность, управленческую этику, а также духовно-нравственные основы государственного управления.