04/06/2026
📍Toshkent viloyatida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirokida navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi.
Onlayn formatda tashkil etilgan uchrashuvda sohada uchrayotgan amaliy masalalar, tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar va ish jarayonlaridagi ayrim to‘siqlar atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, qurilish hujjatlarini kelishish, muhandislik tarmoqlariga ulanish, loyiha ishlarini muvofiqlashtirish, ko‘p qavatli uy-joylar bilan bog‘liq jarayonlar hamda kommunal xizmatlar sohasidagi qator murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Mutasaddilar tomonidan har bir masala yuzasidan izoh va tushuntirishlar berildi. Shuningdek, tadbirkorlar faoliyatida uchrayotgan ayrim muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.
04/06/2026
📍 Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar diqqatiga!
Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari qurilish sohasi tadbirkorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazadi.
💬 Muloqot davomida:
— sohadagi mavjud muammolar;
— tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar;
— taklif va tashabbuslar muhokama qilinadi.
Manzil:Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi binosi
🕖Vaqt: 18:00
📞Ro’yxatdan o’tish uchun aloqa: (99) 301 08 80
Sohadagi barcha tadbirkorlar taklif etiladi!
04/06/2026
🇺🇿 Karimov Bahodir Pulatovich - Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Davlat arxitektura nazorati departamenti boshlig‘i etib tayinlandi.
Tayinlovga qadar u vazirlikda Uy-joylar qurilishini rivojlantirish va maqsadli dasturlarni monitoring qilish boshqarmasi boshlig’i sifatida faoliyat yuritgan.
📊 Vazirlik jamoasi Bahodir Karimovning yangi lavozimdagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
04/06/2026
🎦
Yarmarka doirasida yoshlar ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilib, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha mavjud vakant o‘rinlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Shuningdek, kelgusidagi mehnat faoliyatini rejalashtirish, amaliy tajriba orttirish va sohaga mos ish topish bo‘yicha tavsiyalar berilyapti.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mehnat yarmarkasida respublikaning turli hududlaridan 100 dan ortiq tashkilot va korxonalar ishtirok etib, jami 450 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni taklif etilmoqda.
⏺Xususan, “Toshuyjoy LITI” AJ, “O‘zog‘irsanoatloyiha” AJ, “O‘zshaharsozlik LITI” DM, “ToshkentboshplanLITI” DM, “Kommunal LITI” DM, shuningdek, viloyatlardagi loyiha tashkilotlari va qurilish kompaniyalari o‘z vakant o‘rinlari bilan qatnashyapti. Yarmarkada qurilish muhandisligi, arxitektura, loyiha-smeta ishlari, kommunal infratuzilma va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislarga ehtiyoj mavjudligi qayd etildi.
04/06/2026
🎦
📍Ayni paytda Toshkent arxitektura-qurilish universitetida mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur tashabbus avvalroq “Vazir va yoshlar” uchrashuvi davomida TAQU talabalari tomonidan ilgari surilgan taklif asosida tashkil etildi. Tadbir iyun oyi "Yoshlar oyligi" hamda payshanba "Yoshlar kuni" doirasida o‘tkazilmoqda.
🔴 Mehnat yarmarkasida qurilish, arxitektura, loyihalash, kommunal xo‘jalik va turdosh yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan vazirlik tizimidagi tashkilotlar, loyiha institutlari hamda xususiy kompaniyalar ishtirok etmoqda.
Tadbir davomida talaba va bitiruvchilarga bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot va stajirovka imkoniyatlari haqida ma’lumot berilib, ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyati yaratilmoqda.
03/06/2026
📍 Bugun Sirdaryo viloyatida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Videokonferensiyaaloqa shaklida tashkil etilgan tadbirda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mas’ullari hamda sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirok etdi.
Muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan yer maydonlaridan foydalanish, obyektlarning funksional toifasini o‘zgartirish, qurilish hujjatlarini rasmiylashtirish, bosh rejaga oid masalalar hamda turar joy qurilishi bilan bog‘liq qator taklif va murojaatlar ko‘tarildi.
🔴 Har bir murojaat yuzasidan mas’ullar tomonidan tegishli tushuntirishlar berildi hamda masalalarni qonunchilik doirasida ko‘rib chiqish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
03/06/2026
📍 Sirdaryolik qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasi tadbirkorlari diqqatiga!
Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari qurilish sohasi tadbirkorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazadi.
💬 Muloqot davomida:
— sohadagi mavjud muammolar;
— tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar;
— taklif va tashabbuslar muhokama qilinadi.
Manzil: Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi binosi
🕖Vaqt: 18:00
📞 Ro’yxatdan o’tish uchun aloqa: (67) 227-88-06
Sohadagi barcha tadbirkorlar taklif etiladi!
03/06/2026
🔺SAYYOR QABUL — AHOLI MUAMMOLARIGA AMALIY YECHIM
Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, ularning murojaatlarini tinglash hamda mavjud muammolarni joyida hal etish davlat organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda hududlarda sayyor qabullar tashkil etilib, fuqarolarning dolzarb masalalariga tezkor va samarali yechim topish amaliyoti izchil davom etmoqda.
📍Andijon viloyati Marhamat tumanida viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Bosh boshqarmasi boshlig‘i Fazliddin Alijonov rahbarligida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
🔺Qabul jarayonida fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan uy-joy ta’minoti, kommunal xizmatlar sifati, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari holati, infratuzilmani rivojlantirish hamda qurilish sohasiga oid bir qator murojaatlar bildirildi.
🔺Kelib tushgan masalalar mas’ullar ishtirokida atroflicha o‘rganilib, ularning har biriga alohida e’tibor qaratildi. Ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan masalalar bo‘yicha esa tegishli tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi hamda ijro muddatlari belgilandi.
🔺Shuningdek, qabul davomida aholi bilan ochiq va samimiy muloqot o‘rnatilib, fuqarolarning taklif hamda mulohazalari ham tinglandi. Bu esa davlat organlari va aholi o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlashga, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, sayyor qabullar bu muammolarni qog‘ozda emas, balki amalda joyida hal etish, aholi dard-u tashvishini to‘g‘ridan-to‘g‘ri esh*tish va tezkor yechim topishning samarali mexanizmidir.