07/02/2023
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi
✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha fevral oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.
📆 Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 12-fevral kuni, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 9-10-, 13-16-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
📌 Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.
👨🏻💻 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” (https://my.gov.uz/oz/request) bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
❗️ Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.
📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-02-06
Chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihoni o‘tkaziladigan joylar
Test sinovining yozma qismi 12-fevral kuni, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 9-10-, 13-16-fevral kunlari o‘tkaziladi. Talabgorlar qachon, qayerda imtihonda ishtirok etishini my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumk...
03/02/2023
Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari qanday o‘tdi?
📋 YUNISEFning “U-Report” loyihasi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan hamkorlikda so‘rovnoma o‘tkazildi.
📌 So‘rovnoma yoshlarning oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari jarayoniga munosabatini o‘rganish maqsadida tashkil etildi.
👨🏻🎓 So‘rovnomada eng ko‘p Qashqadaryo viloyatida yashovchi fuqarolar ishtirok etdi. Ishtirokchilarning 44 foizi 15-19 yosh, 25 foizi 20-24 yosh, 17 foizi 25-30 yosh oralig‘idagi yigit-qizlardir.
✅ So‘rovnoma ishtirokchilarining 68 foizi joriy yilgi OTMlarga kirish imtihonlari shaffof o‘tganini e’tirof etdi.
👉 Batafsil: https://uzbekistan.ureport.in/opinion/3171/
03/02/2023
Nostrifikatsiya va apostil xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’lumot
🔰 Ma’lumki, Prezidentning 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son farmoni bilan Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tugatilib, uning vazifa va funksiyalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi orasida taqsimlanishi belgilangan.
📌 Shu sababli Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan vazirlik huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligiga nostrifikatsiya va apostil xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha funksiyalarni qabul qilib olish choralarini ko‘rish topshirig‘i berilgan.
✅ Hozirgi k***a Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan nostrifikatsiya va apostil xizmatlarini ko‘rsatish uchun axborot bazasini qabul qilib olish, u asosida axborot tizimi ishlab chiqish va uni tegishli axborot tizimlari bilan integratsiya qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
📋 Mazkur jarayonlar ma’lum vaqt talab etishini inobatga olgan holda ushbu xizmatlarni mart oyida ishga tushirish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qilamiz.
02/02/2023
This post is for Telegram. I want to get the username
Bilim va malakalarni baholash agentligi
You can view and join right away.