26/05/2026
📚Bir asar tarixi
"Faol yoshlar – barqaror kelajak kafolati"
Urganch tumani Axborot-kutubxona markaziga Urganch davlat universitetining Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi talabalari tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida markaz mutaxassislari talabalarni markaz faoliyati bilan yaqindan tanishtirib, bu yerda yaratilgan imkoniyatlar, foydalanuvchi chiptasi olish tartibi hamda markazda tashkil etilgan bo‘limlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, AKT va raqamlashtirish xizmati tomonidan kitoblarning elektron variantlarini yaratish jarayoni hamda ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanish usullari haqida amaliy tushunchalar berildi. Suhbat doirasida yangi adabiyotlar taqdimoti ham tashkil etilib, unda Nur Ahmadning "Xorazm nemislari" kitobi kitobxonlarga tanishtirildi hamda talabalar kutubxonaga a'zo etildi.
Mazkur uchrashuv talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirib, ularning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.
26/05/2026
Kutubxonachilarga e’tirof
Urganch tumani Axborot-kutubxona markazida “Kutubxonachilar kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda tumanimizdagi barcha kutubxona xodimlarini muborakbod etish maqsadida Urganch tumani “Maxsus ko‘zi ojizlar” ko‘chma kutubxonasi mutaxassisi S. Ramatova tashrif buyurdi. U barcha kutubxonachilarni kasb bayrami bilan samimiy tabriklab, ularning fidokorona mehnatini yuksak e’tirof etdi hamda kelgusi faoliyatlarida zafar va muvaffaqiyatlar tiladi. Tadbir davomida kutubxonachilik kasbining jamiyat ma’naviy hayotidagi o‘rni, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, kutubxona xodimlariga bildirilgan ezgu tilaklar va samimiy e’tibor bayramga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Barcha kutubxona xodimlarini ushbu qutlug‘ kasb bayrami bilan yana bir bor muborakbod etamiz. Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik va sharafli mehnatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
26/05/2026
Tadbir yakunida kutubxonaga kitobxonlarni jalb qilishning qiziqarli usullari va interaktiv dasturlar yuzasidan o‘zaro tajriba almashildi hamda kutubxonamiz zamonaviy texnologiyalar bilan hamnafas holda kitobxonlarga sifatli va innovatsion xizmat ko‘rsatishda ma'sullarga tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, markaz rahbari M. Yusupova tomonidan “Kutubxonachilar kuni” munosabati bilan barcha maktab kutubxonachilariga esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar topshirildi.
💐Barcha kutubxona xodimlarini “Kutubxonachilar kuni” bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz!
26/05/2026
Maktab kutubxonachilari uchun seminar
“Ziyo maskanining xazinabonlari”
Urganch tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda Axborot-kutubxona markazi hamkorligida maktab kutubxonachilari ishtirokida "Ziyo maskanining xazinabonlari" mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar dasturi doirasida soha mutaxassislari tomonidan kutubxona faoliyatini rivojlantirishning eng dolzarb masalalari muhokama qilindi va yutuqlar tahlili, maktab kutubxonachilari faoliyatidagi yutuq va kamchiliklari ko‘rib chiqilib, mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, hujjatlar bilan ishlash, birlamchi hujjatlar orqali ishni tartibga solish va to‘g‘ri yuritish, Innovatsiya va ijtimoiy tarmoqlar, o'quvchilar kitobxonligini oshirishda zamonaviy innovatsion usullar hamda ijtimoiy tarmoqlarning o‘rni va samaradorligi, raqamlashtirish kitobxonlarga onlayn xizmat ko‘rsatish, elektron resurslardan samarali foydalanish va raqamli xizmatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar o‘rgatildi.
26/05/2026
Urganch tumani axborot-kutubxona markazida siyosiy-ma'rifat soatining navbatdagi 20-soni boʻlib oʻtdi.
Ushbu Siyosiy-ma'rifat soatida bugungi k***a jamiyatimizda izchillik bilan olib borilayotgan keng ko‘lamli siyosiy jarayonlar va islohotlarning mazmun-mohiyati atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, tariximizning og‘riqli sahifalaridan biri bo‘lgan qatag‘on qurbonlarining xotirasini yod etish, ularning ko‘rsatgan jasorati va qoldirgan boy ma’naviy merosi haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shu bilan birga, „Jadid adabiyoti“ gazetasida chop etilgan yangi nashrlar, ulardagi dolzarb mavzular hamda milliy ma’rifatparvarlarimizning g‘oyalari yig‘ilganlar o‘rtasida qizg‘in muhokama qilindi. Siyosiy-ma’rifat soatida nafaqat ijtimoiy-siyosiy mavzular, balki xodimlarning nutq madaniyati va savodxonligini oshirish maqsadida o‘zbek tili imlo qoidalariga rioya qilish borasidagi muhim tavsiyalar ham berildi.
26/05/2026
"Adabiyot farzandi"
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xotin-qizlar kengashi tomonidan shoira Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 79 yilligi munosabati bilan “Halima Xudoyberdiyeva ijodida ayol ruhiyati” mavzusida adabiy uchrashuv tashkil etildi.
Adabiy uchrashuvda Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Z. Saidova, tuman “Arboblar” va “Shodlik” mahalla fuqarolar yig‘inlari xotin-qizlar faoli G. Dushamova hamda Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ishtirok etdilar.Tadbir davomida shoira ijodidan sara she’rlar o‘qilib, uning hayoti va ijod yo‘liga nazar tashlandi. Shuningdek, markaz faoliyati, kitobxonlar uchun yaratilgan qulayliklar va xizmatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Mazkur uchrashuvdan asosiy maqsad shoira Halima Xudoyberdiyevaning sermazmun ijodiy merosi orqali talaba-qizlarda ayollikka xos nozik tuyg‘ularni, badiiy-estetik didni shakllantirish, shuningdek, ayol ruhiyatini chuqur anglash orqali ularning ma’naviy dunyosini boyitishdan iborat bo‘ldi.
26/05/2026
Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” doirasida Urganch davlat universitetining “Kimyo texnologiyalari” fakulteti talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida talaba-yoshlarga Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar hamda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, ularga yangi badiiy hamda mutaxassisliklariga oid adabiyotlar tavsiya etildi. Tadbir doirasida yoshlar ishtirokida “Omadli kitobxon” viktorina o‘yini ham tashkil etilib, faol qatnashgan talabalar markaz tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Mazkur uchrashuv yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, bilim va tafakkurini boyitishga xizmat qilmoqda.