04/06/2026
📆2026-yil 4-iyun kuni Yunusobod tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan tumandagi 247-sonli umumta’lim maktabi qoshida faoliyat yuritayotgan “Happy Life” kunduzgi oromgohida “Biz kitoblar bilimdonlari” nomli viktorina o‘yinlari hamda ko‘chma kutubxona tashkil etildi.
✅ Tadbirning asosiy maqsadi bolalarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bilim saviyasini kengaytirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat bo‘ldi.
📌Tadbir davomida ko‘chma kutubxona faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ishtirokchilarga turli mavzulardagi qiziqarli kitoblar taqdim etildi.
🔸Bolajonlarning bilimdonligi,topqirligi va zukkoligini aniqlash maqsadida turli savol-javoblar,viktorina bahslari hamda qiziqarli o‘yinlar tashkil etildi.Faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantirilib,tadbir ularda kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirdi.
📖 Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, ishtirokchilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.
Facebook|Instagram
Telegram|Youtube|Twitter
04/06/2026
Ushalmaydigan orzu yaxshi, uning aybi ham yoʻq, javobgarligi ham yoʻq,dilingni allalab yashayveradi Ammo ushaladigan orzular koʻpincha alam bilam tugaydi. Sen dohiyona shoir boʻlolmasang, bu - bir pav, oʻtar-ketar... lekin koʻngil qoʻyganing qoʻshni qiz erga chiqib ketsa, bir umr kuyasan.
✍ Asqar Muxtor
📚 "Uyqu qochganda" (Tundaliklar) kitobidan
18-bet
📲Rasmiy sahifalarimizga obuna boʼling.
Facebook |Instagram
Telegram |Youtube|Twitter
03/06/2026
📆2026-yil 3-iyun kuni Yunusobod tuman axborot-kutubxona markazida “Yo‘l xaritasi”ning 38-bandi ijrosini ta’minlash hamda “Kitobxon onalar” loyihasini amalga oshirish maqsadida “Kutubxona–nurxona” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
✅ Mazkur tadbir tumandagi “Astrobod” va “Bobodehqon” mahallalarida istiqomat qiluvchi uy bekalari hamda kitobxon onalarni kutubxonaga jalb etish, ularning farzandlari bilan birgalikda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratildi.
🔰 “Kutubxona–nurxona” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati davomida ishtirokchilarga kutubxonaga a’zo bo‘lish tartibi,undan samarali foydalanish imkoniyatlari hamda kitoblarga buyurtma berish jarayonlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
📚 Shuningdek,kutubxona fondida mavjud bo‘lgan turli yo‘nalishdagi adabiyotlar bilan tanishtirilib, kitob mutolaasining inson ma’naviyati va farzandlar tarbiyasidagi o‘rni alohida ta’kidlandi.
📲Rasmiy sahifalarimizga obuna boʼling.
Facebook|Instagram
Telegram|Youtube|Twitter
03/06/2026
Fondda saqlanib kelinayotgan ensiklopedik atamalardan namunalar
Shaxmat
♟ Shaxmat nomining o‘zi qayerdan kelib chiqqan?Bu juda oddiy:Sharqda hokim, podsho shoh deb atalgan, "mot" esa "o‘ldi" ma’nosini anglatgan."Shaxmat" so‘zi "Raqib shohini mot qilish" deb tarjima qilinadi.O‘yin mohiyati armiya-"oq" va "qora" larning- 64 katakka bo‘lingan tekis to‘rtburchak taxtada maxsus donalar bilan bir- biriga hujum qilishidan iborat.
✅ Har bir armiya tarkibida 8 piyoda, 2 ot, 2 fil, 2 rux, farzin, shoh bo‘ladi.Har bir donalar kuchi uning bir yurishda qancha katakka surilishi,uning urib olishi mumkin bo‘lgan yo‘lida qancha maydon borligi, raqib donalari uchun qanchalik xavfli ekanligi, raqib tomoniga tez va oson o‘tib olishi va raqib shohini xavf ostida qoldirishi bilan aniqlanadi.
🔰Farzin va rux kuchli donalar hisoblanadi. Ot boshqa donalar ustidan sakrab o‘ta oladigan yagona donadir.
📚Bolalar ensiklopediya 641-bet
📲Rasmiy sahifalarimizga obuna boʼling.
Facebook |Instagram
Telegram |Youtube|Twitter