25/05/2023
Xotira - millat tarixini , uning qadriyatlarini, madaniyati va ma’naviyatini millat o‘zligini mujassam etadigan buyuk qadriyatdir. Xalqimiz qadim-qadimdan o‘tgan avlodlarni munosib xotirlab kelgan. Yangiyo‘l shaxar axborot kutubxona markazida 9 may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Mardlar jasorati mangudir" deb nomlangan mavzuli kecha bo‘lib o‘tdi. Kechaga 9-sonli umumta’lim maktabi kutubxonachisi, ona tili va adabiyot o‘qituvchisi , IMMB targ‘ibotchisi 6-sinf o‘quvchilari tashrif buyurishdi. Shuningdek, Mudofaa ishlar boshqarmasi huzuridagi chaqiruvchilarni xarbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash markazi kutubxonachisi I. Sherkuzieva va markaz chaqiruvchilari ishtirok etishdi. Tadbirda AKM xodimlari tomonidan tayyorlangan slayd,kitob taqdimoti va video roliklar kelgan mexmonlarga namoyish etildi.Tadbir ko'tarinki ruxda bo'lib o'tdi.
https://t.me/yangiyolkutubxonasi
https://youtube.com/
25/05/2023
📚Yangiyo'l shahar Axborot kutubxona markazi xodimlari
⚡️1-kasb hunar maktabida "Men tanlagan kasb-kelajagim, faxrim mening" kasblar festivalida kitob kõrgazmasi bilan ishtirok etdi. Festivalda maktab õquvchilarga kasb hunar maktabidagi yõnalishlar tanishtirildi va tavsiya etildi. Festival kõtarinki ruhda õtdi.
https://t.me/yangiyolkutubxonasi
https://instagram.com/yangiyolshakm
25/05/2023
“Ozbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha davlat siyosatini 2023-yilda amalga oshirishga qaratilgan ishlar yuzasidan Yangiyo’l shahar axborot-kutubxona markazida 17.05.2023 yil “Kitobxon onalar” kuni munosabati bilan 6-umum ta’lim maktabning bir guruh onalari ishtirokida "Bilimli ona-farzand kamoli" nomli davra suhbati o’tkazildi. Suhbat davomida ishtirokchilar kitobning farzand tarbiyasidagi o’rni, uning yoshiga mos bo’lgan kitoblarni olib o’qish haqida fikr bildirdilar.
https://t.me/yangiyolkutubxonasi
https://istagram.com/yangyolshakm
25/05/2023
2023- yil 17- may kuni Yangiyõl shahar Axborot kutubxona markazi xodimlari 6-umumta'lim maktabi bilan xamkorlikda "Qadriyatlarimiz - bebaxo boyligimiz" mavzusida tadbir õtkazildi.Tadbirda Respublika Ma'naviyat va marifat Yangiyõl shahar bo'limmasi markazi raxbari M.G'ulomova Ichki ishlar xodimlari va maxalla faollari tashrif buyurdi.Tadbirda mexmonlar so'zga chiqib yoshlarga qadriyatlarimiz xaqida qimmatli maslaxatlar berishdi,o'quvchilar milliy liboslarni taqdim etdi, saxna ko'rinishlari va raqslari bilan ishtirok etishdi.Tadbir ko'tarinki ruxda o'tdi.
https://t.me/yangiyolkutubxonasi
https://instagram.com/yangiyolshakm
25/05/2023
Toshkent viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy – texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash markazida Axborot-kutubxona markazi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Yangiyo‘l shahar bo‘linmasi va Ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda “Zakovat” intelektual o‘yini o‘tkazildi. Tadbirda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Yangiyo‘l shahar bo‘linmasi rahbari M.G‘ulomova, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari va soha mutahassislari, Yangiyo‘l shahar axborot kutubxona markazi xodimlari Markaz boshlig‘ining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari B.Xasanov va markaz chaqiriluvchilari ishtirok etishdi. O‘zining intelektual salohiyatini namoyish etib yuqori natijalarga erishgan jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi va Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Yangiyo‘l shahar bo‘linmasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
https://t.me/yangiyolkutubxonasi
https://instagram.com/yangiyolshakm
25/05/2023
22 may sanasida Yangiyõl shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari va Respublika ma'naviyat va ma'rifat Yangiyõl shahar bo'linmasi bilan xamkorlikda 2 va 3-umum-talim maktablarida kitob savdo yarmarkasi bo'lib o'tdi. Yarmarkada maktab o'quvchilar faol ishtirok etishdi.O'quvchilar so'rovnomasi bo'yicha kitoblar tavsiya etildi.
https://t.me/yangiyolkutubxonasi
https://Instagram.com/yangiyolshakm
25/05/2023
⚡️23-may kuni
📚Yangiyõl shahar Axborot kutubxona markazi "Lazzat" MFY da kõchma kutubxona tashkil etildi. Abonement va foydalanuvchilarga xizmat kõrsatish bõlimi mutaxassisi Sh.Xasanova tomonidan kitobxonlarning sõrovlariga binoan kerakli addabiyotlar yetkazib berildi. MFY aholisi kutubxonaga a'zo bõldi.
https://t.me/yangiyolkutubxonasi
https://instagram.com/yangiyolshakm
25/05/2023
sevar millat
#10-maktab
#1-maktab
#4-maktab
#23 may
📘 Yangiyõl shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari va Respublika ma'naviyat va ma'rifat Yangiyõl shahar bo'linmasi bilan xamkorlikda kitob savdo yarmarkasi bo'lib o'tdi.Yarmarkada o'quvchilar,o'qituvchilar faol ishtirok etishdi.O'quvchilarga yangi adabiyotlar tavsiya etildi.
https://te.me/yangiyolkutubxonasi
https://Instagram.com/yangiyolshakm