25/03/2023
O‘zbekiston tumanida yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmunini tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning 24 mart kuni tuman hokimligi majlislar zalida Oliy majlis qonunchilik palatasi deputati, mehnat qo‘mitasi raisi Xadjayeva Mavludaxon, xalq deputatlari tuman kengashi kotibiyat mudiri N.Eshmatov hamda Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Shohruxbek Shokirov ta’lim va tarbiya tizimida rahbarlik qilayotgan tumandoshlarimizga tushuntirish ishlarini olib borishdi.
Ma’ruzachilar Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar va to‘ldirishlar bo‘yicha yig‘ilganlarga batafsil tushuntirishlar berishdi.
25/03/2023
Xalq deputatlari O`zbekiston tumani Kengashi kotibiyat mudiri N.Eshmatov va M.Sobirov bilan birgalikda joriy yilning 24-mart kuni tumandagi 2-sonli kasb hunar maktabida yangilanayotgan Konstitusiyaning mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha yoshlar bilan uchrashuv o'tkazildi. Ucharashuv davomida yangilanayotgan Konstitutsiyada yoshlar masalasi alohida bob darajasiga olib chiqilishi, Yangi O‘zbekistonda yoshlar siyosati ustuvor ekanligi, yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta’minlash, jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantirish, ularning ma’naviy, intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan rivojlanishi, o‘z huquqlarini amalga oshirishi uchun shart-sharoitlarni yaratish majburiyatini davlat o‘z zimmasiga olishi yoshlar hayotda o‘zlarini to‘laqonli namoyon etish imkoniyatini ta’minlashi ta’kidlandi.
01/03/2023
2023 yil 28 fevral kuni O‘zbekiston tumani Eski yaypan MFYda "Deputat maxallada", "Maxallada kambag‘al oilalar sonini kamaytirish" loyixasini amalga oshirish maqsadida tuman XDP kengashi raisi Y.Shokirov, xalq deputatlari viloyat kengashi deputati N.Siddiqova xamda tuman kengashi deputati M.Kimsanovlar ishtirokida xonadonlarga tashrif buyurib o‘rganish jarayonida muammolar aniqlandi, aniqlangan muammolar bo‘yicha deputatlik so‘rovlari yuboriladigan bo‘ldi.
24/02/2023
Xalq deputatlari O'zbekiston tuman Kengashining navbatdagi 64-sessiyasi bo'lib o'tdi. Kun tartibiga kiritilgan masalalar ko'rib chiqildi.Sessiyada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Xadjayeva Mavluda Islamovna , tuman deputatlari , partiya rahbarlari ,masalaga aloqador muassasa rahbarlari ishtirok etdi.
22/02/2023
2-sektor hududida o‘tkazilgan mehnat yarmarkasi amaliy natijalarga boy o‘tdi.Tumandagi 26- Oxunqaynar okrugi deputati Mamajonova Muxabbatxon Erkinjonovna ham ushbu tadbirda faol ishtirok etib o'z saylov okrugidagi ishsiz fuqarolarning bandligini ta'minlashda yaqindan ko'maklashdi.
O‘zbekiston tumani prokuraturasi tashabbusi bilan 2-sektorda mas’ul tashkilotlar hamkorligida mehnatga layoqatli ishsiz fuqarolar, “Ayollar va yoshlar daftarlari”ga kiritilgan xotin-qizlar va yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi" tashkil etildi.
21/02/2023
10-Namuna saylov okrugi deputati Tolibjonov Azizbek Xusanboy o'g'li Kichik oqmachit MFY ga qarashli "Oqmasjid" jome masjidida hashar yo‘li bilan olib borilayotgan qurilish jarayonlarida faol ishtirok etmoqda.
14/02/2023
Халқ депутатлари Ўзбекистон туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди .