02/06/2026
IT Networking Event: Tajriba almashish va yangi imkoniyatlar davri!
Sizni Product Camp formatidan ilhomlangan, IT hamjamiyati uchun maxsus tashkil etilgan bir kunlik intensiv nevorking va ma’ruzalar tadbiriga taklif etamiz! Bu shunchaki uchrashuv emas — bu tajribali mutaxassislar bilan muloqot, dolzarb mavzulardagi 3 ta ekspertlik ma’ruzasi va yangi hamkorliklar maydonidir.
📍 Vaqt va Manzil:
• Sana: 2026-yil 6-iyun (Shanba)
• Vaqt: 12:00 dan boshlanadi
• Tashkilotchi va Hamkor: Habsida jamoasi
• Joy: O’zbekiston elchixonasi
• Ro’yxatdan o’tish: https://forms.gle/oGAdXJ6imNiQVTbW8
• Ishtirokchilarga mazali osh tarqatiladi va coffee break ham tashkil qilinadi.
Spikerlar va Mavzular:
1️⃣ Abdurashid Akbarov - Team Lead, AI Product dev team (CleviCS)
Mavzu: “From Zero to Shipped: Building a Side Project in a Weekend with AI” (AI yordamida dam olish kunlarida pet-loyiha yaratish).
2️⃣ Mushtariybonu Shodikulova - AI software engineer (Noogi Inc)
Mavzu: “Junior Dev Survival Guide: Skills That Still Matter When AI Writes the Code” (AI kod yozayotgan davrda Junior dasturchilar nimalarni o’rganishi kerak?).
3️⃣ Alex Kim - Lead Software Engineer (Salmon)
Mavzu: “IT job in Korea vs World: differences and culture” (Koreya va dunyodagi IT ish bozori: farqlar va madaniyat).
Tadbir maqsadi: IT mutaxassislari o’rtasida tajriba almashish muhitini yaratish, amaliy bilimlar ulashish va uzoq muddatli professional aloqalarni o’rnatish. Joylar soni cheklangan!
02/06/2026
🎙 WAYU Debate | Ilk offline debat bo‘lib o‘tdi
WAYU Korea tomonidan tashkil etilgan ilk offline debatda 4 ta jamoa ishtirok etib, dolzarb mavzular yuzasidan o‘z pozitsiyalarini himoya qildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Mezon” jamoasi g‘olib deb topildi.
Tadbir davomida:
• Eng yaxshi munozarachi
• Eng yaxshi fikr bildiruvchi
• Eng yaxshi suhandon
nominatsiyalari bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.
G‘oliblar va faol ishtirokchilarga turli kuponlar hamda sovg‘alar topshirildi.
Debat yakunida moliyaviy savodxonlik mavzusida foydali nutq tashkil etildi.
Barcha ishtirokchilar va hamkorlarga minnatdorchilik bildiramiz!
01/06/2026
Chunchonda Zakovat intellektual turniri muvaffaqiyatli o‘tkazildi
WAYU Korea va Chunchon O‘zbeklar Jamiyati hamkorligida tashkil etilgan Zakovat intellektual turniri bilim, tafakkur va jamoaviy hamjihatlik ruhida bo‘lib o‘tdi.
Turnirda jami 9 ta jamoa ishtirok etib, qiziqarli va murosasiz bahslar orqali o‘z bilim hamda mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini namoyish etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇 “ShedevR”
🥈 “Muqobala”
🥉 “Ozod Falastin” jamoalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, nominatsiya sohiblari va volontyorlar ham taqdirlanib, barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ushbu turnir Janubiy Koreyadagi vatandoshlarimizni birlashtirgan, yangi tanishuvlar va intellektual muhitni rivojlantirishga xizmat qilgan navbatdagi muvaffaqiyatli tadbirlardan biri bo‘ldi.
Barcha hamkorlar, tashkilotchilar va ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz!
27/05/2026
WAYU Trip | 2-son: Yoz sayli
WAYU Trip’ning navbatdagi uchrashuvi bu safar tabiat qo‘ynida, samimiy va quvnoq atmosfera ostida bo‘lib o‘tadi
Turli xil o‘yinlar, yangi tanishuvlar, kulgu va unutilmas xotiralar sizni kutmoqda. Birgalikda maroqli vaqt o‘tkazib, yozni chiroyli xotiralar bilan boshlaymiz!
📅 Sana: 5-iyun, 2026
🕔 Vaqt: 17:00
•Manzil: Olympic Park (올림픽 공원)
👥 Joylar soni: 30 kishi
💰 To‘lov: 15,000 won
•Joylar soni cheklangan.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:
https://forms.gle/WjJyDjswmEAACpHL6
26/05/2026
28-son: “Koreyada keng ko‘lamli biznesga ega O‘zimiznikilar”
— Alhiddin Teshaboev
— Kambarali Rizaev
Ko‘pchilik Koreyaga faqat ish yoki o‘qish uchun keladi. Lekin yuqoridagi O‘zimiznikilar oddiy ishchi vizasi bilan kelib, bugungacha katta biznes va imkoniyatlar shakllantirish darajasigacha chiqa oldi.
Kimdir avtomobillar eksporti, logistika va motor moylari biznesini yo‘lga qo‘ydi. Yana kimdir Janubiy Koreyadan oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilib, yirik distribyutorlik tizimini shakllantirishdi.
Eng qizig‘i — ular nafaqat o‘z biznesini qurdilar, balki ko‘plab insonlarga ham ish va imkoniyat berishmoqda.
Bu mavzuda Koreyada yana o‘nlab munosib nomzodlar topiladi. Lekin bir oy davomida qilgan murojaatlarimizga javob berib, o‘z tajribasi va ma’lumotlarini ulashgan O‘zimiznikilar aynan yuqoridagilar bo‘ldi.
Oddiy yo‘ldan yurish oson.
Katta fikrlash esa — jasorat.
Loyiha hamkori IMAN kompaniyasi
Ongli moliyaviy qarorlar qiling — IMAN x Korea bòyicha ga murojat qilishingiz mumkin.
25/05/2026
🏔 Wayu bilan birga navbatdagi hiking!
Bu safar biz birgalikda Buramsan sari yo‘l olamiz!
Tabiat, toza havo, yangi tanishuvlar va unutilmas atmosfera sizni kutmoqda
📍 Manzil: Buramsan tog‘i
📅 Sana: 2026.06.07
⏰ Vaqt: 9:00~15:00
Ishtirokchilar soni: 25 kishi
(ketma-ketlik asosida)
*Yig‘ilish manzili: Sanggye metro bekati,1-chiqish eshigi.(상계역,1번 출구) https://kko.to/sC1svoA08H
📩 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola
https://forms.gle/LL67rUgF9pStPkpc6
❗️Muhim eslatma: Wayu Koreya ishtirokchilarning shaxsiy xavfsizligini ma’suliyatiga olmaydi
* O‘zingiz bilan qulay oyoq kiyim, suv va yaxshi kayfiyat olib kelishni unutmang!
22/05/2026
WAYU DEBATE | Ilk Offline Debate
Wayu Korea tomonidan ilk bor offline formatdagi Wayu Debate tashkil etilmoqda!
Sizni qiziqarli bahslar, kuchli dalillar va intellektual fikrlar maydoniga taklif qilamiz. Ushbu musobaqa orqali siz o‘z fikringizni erkin ifoda etish, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalaringizni rivojlantirish hamda yangi tajriba orttirish imkoniga ega bo‘lasiz.
💡 Eng faol spikerlar, kuchli jamoalar va kreativ fikr egalari aynan shu debat maydonida jam bo‘ladi!
Mavzular:
1. Sun’iy intellekt va mustaqil fikrlash
2. Onlayn ta’lim vs an’anaviy ta’lim
3. Talabalar uchun part-time ishning ta’siri
4. Universitetlarda majburiy davomat
5. Video o‘yinlarning yoshlar hayotiga ta’siri
📅 31.05.2026
⏰ 10:00 – 13:00
👥 Joylar soni: 16 ta
☕️ Cofee break & networking
📍 Seoul Foreign Support center (서울외국인주민센터)
서울특별시 영등포구 도신로 40
Ro‘yxatdan o‘tish: qrto.org/YNILws
21/05/2026
Janubiy Koreyadagi IT o’rganishni istagan yoshlar uchun ajoyib yangilik!
School of IT-Habsida va Wayu Korea o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangani haqida xabar bergan edik.
Hamkorlik doirasida Fullstack Developer maxsus kursiga o‘zbek tilida chegirma taqdim etiladi.
Aksiya shartlari:
• har oylik 50 000 von chegirma
• aksiya faqat yangi o‘quvchilar uchun amal qiladi
• chegirma faqat o‘zbek tilidagi Fullstack Developer maxsus kursiga taalluqli
Bugungi k***a Fullstack Developer eng talab yuqori bo‘lgan IT kasblardan biri hisoblanadi.
Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://habsida.com/uz/promo/fullstack
Aloqa va savollar uchun: https://t.me/habsida_uzbot
30/04/2026
***aliklaridan
Koreya— pul topish joyimi yoki ilm olish?
Koreyada bir necha yildan beri tahsil olib kelaman. O‘z ustimda ishlash, darslar va imtihonlar bilan vaqt qanchalik tez o‘tib ketayotganini ham bilmay qolaman. Albatta, ko‘pchilik qatori, o‘zimning k***alik xarajatlarimni qoplash uchun darslardan bo‘sh vaqtimda ishlayman. Lekin bu uyga pul yuborish uchun emas, balki o‘z xarajatlarimni qoplash uchungina, xolos. Chunki uyimdagilar meni tushunishadi, pul so‘rashmaydi. Nafaqat mening, balki atrofimdagi ko‘p dugonalarimning ham ota-onalari ulardan pul so‘rashmaydi — “Faqat o‘qi, o‘z ustingda ishla”, deb dalda berishadi.
Ammo tan olish kerak: chet eldagi hamma qizlarning ham sharoiti bir xil emas. Koreyada ayol-qizlarimiz juda ko‘p va ularning maqsadi turlicha — kimdir faqat ishlash uchun kelgan, dars qilay, nimadir o‘rganay demaydi. Yana kimdir esa o‘qishini bitirib, yaxshi joyda ishlay deydi. Masalan, bir tanishim bor: talaba, lekin aslida talaba emas. Faqat ishlaydi va uyiga pul yuboradi, hatto o‘ziga ham tayinli sarflamaydi. Yaqinda darsda uxlab o‘tirgani uchun professor hammaning oldida uni juda qattiq urishdi. Bechora yig‘lab, dardini to‘kdi. Ota-onasiga har safar “Pul yubora olmayman” desa, uni Koreyaga yuborguncha qilingan xarajatlarni qayta-qayta eslatarkan. Qiz bechora: “Mashina oldik, uy remont qildik, endi ukamni ham o‘qitishim kerak” - deb yig‘ladi. Ko‘z yoshlarini ko‘rib ichim achib ketdi.
Aslida menga ham bu his begona emas. Qarindoshlarim bilan gaplashib qolsam, darslarim qanaqaligi, nimalarni o‘rganayotganim emas, qancha pulim borligi yoki qanaqa mashina ko‘zlab yurganimga qiziqishib, qaysidir qo’shnisining Koreyada ham o’qib ham ishlab uylariga pul yuboradigan qizi bilan solishtirishadi. Tag‘in qarz so‘rashlari odamni qiynaydi. Go‘yoki biz bu yerga ilm olib, shaxs sifatida shakllanish uchun emas, balki uydagilar va qarindoshlarning qarashlariga binoan yashash uchun kelgandekmiz.
Davomi izohlarda…⬇️