WAYU Korea

Call Directions Website Contact the organization

WAYU Korea O’zbekiston yoshlar umumjahon assotsiatsiyasi “Janubiy Korea filiali”

📚 “O‘ZBEK ADABIYOTI” — KITOBXONLAR UCHRASHUVI YAKUNLANDI!3-oktyabr kuni Seoul Forest Parkda kitobxonlik, bilim va jamoav...
07/10/2026

📚 “O‘ZBEK ADABIYOTI” — KITOBXONLAR UCHRASHUVI YAKUNLANDI!

3-oktyabr kuni Seoul Forest Parkda kitobxonlik, bilim va jamoaviy ruhni birlashtirgan navbatdagi uchrashuvimizni muvaffaqiyatli o‘tkazdik.

Tadbir davomida ishtirokchilar 6 ta jamoaga bo‘linib, o‘zbek adabiyotiga oid turli intellektual va ijodiy shartlarda o‘zaro bellashdilar. Quiz, mantiqiy topshiriqlar va jamoaviy o‘yinlar orqali ishtirokchilar nafaqat o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar, balki yangi do‘stlar orttirdilar va maroqli vaqt o‘tkazdilar.

🏆 Tadbirning faxrli 1-o‘rinini “Yangi Avlod” jamoasi qo‘lga kiritdi!

G‘olib va faol ishtirokchilar munosib ravishda kitoblar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Biz uchun bu uchrashuv shunchaki musobaqa emas, balki o‘zbek adabiyoti, kitobxonlik va hamjihatlikni birlashtirgan samimiy uchrashuv bo‘ldi.

Tadbirda ishtirok etgan barcha jamoalar, mehmonlar va tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Sizlarning ishtirokingiz tadbirimizni yanada mazmunli va unutilmas qildi.

📖 Kitoblar bizni birlashtiradi. Adabiyot esa bizni yaqinlashtiradi.

Hamkorlikda:
WAYU Korea × Bir Ilm × Cuzbek × Sanoattor × coinshot

   📢 O‘zimiznikilar Ovozi — 31-sondan. Koreyadagi o‘zbeklar jamiyati va diasporasi haqida “O‘zimiznikilar” 31-son nomzod...
06/10/2026



📢 O‘zimiznikilar Ovozi — 31-sondan.

Koreyadagi o‘zbeklar jamiyati va diasporasi haqida “O‘zimiznikilar” 31-son nomzodlaridan bir nechta savollarimizga javob oldik.
Shulardan ayrimlarini siz bilan bo‘lishamiz 👇

1. Sizningcha Janubiy Koreyadagi O‘zbeklar jamiyatida qanday muammolar bor?

— “Menimcha, asosiy muammolardan biri — IT yoki boshqa yuqori malakali sohalarda ishlayotgan, o‘qiyotgan yurtdoshlar bilan boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan o‘zbeklar o‘rtasida tajriba almashinuvi yetarli emas.”

—“Ish, viza va kundalik hayotga oid ishonchli ma’lumotlar ham kerak.”

2. Siz yuqoridagi muammolarga qanday yechim bera olasiz?

— “Jadal rivojlanayotgan AI davrida tez o‘zlashtira olishimiz mumkin. Buning uchun tajribali insonlar o‘z bilim va tajribalarini boshqalar bilan bo‘lishishi muhim.”

— “Turli sohalardagi tajribali o‘zbeklar bilan bog‘lanish, tajriba almashish va networking imkoniyatlarini ko‘paytirish kerak.”

— “AI va texnologiyalar rivojlanayotgan bir paytda bu yo‘nalishlarga qiziqayotgan o‘zbek yoshlarini qo‘llab-quvvatlash kerak.”

3. Koreyada sifatli va samarali O‘zbeklar diasporasi bor deb o‘ylaysizmi? Sizningcha diaspora kerakmi?

— “Albatta, diaspora kerak. Koreyada yashayotgan o‘zbeklar bir-biriga foydali ma’lumot, tajriba va imkoniyatlarni ulashsa, bu jamiyat rivojiga katta hissa qo‘shadi.”

— “Bor deb o‘ylayman, va bu juda kerak.”

Sizning fikringizcha-chi?

Koreyadagi o‘zbeklar jamiyatini yanada kuchli qilish uchun nimalar kerak?
Siz qanday community, loyiha yoki tashabbus bo‘lishini xohlardingiz? 💭

Loyiha hamkori IMAN.
Ongli moliyaviy qarorlar qiling — IMAN × Korea
https://t.me/+uIf81n2kzkoyMzZi

WAYU DEBATE | Yangi bahsga tayyormisiz?“Siz qaysi tomondasiz?”HA yoki YO‘Q? O‘z fikringizni himoya qiling, dalillaringiz...
06/10/2026

WAYU DEBATE | Yangi bahsga tayyormisiz?

“Siz qaysi tomondasiz?”
HA yoki YO‘Q?

O‘z fikringizni himoya qiling, dalillaringizni keltiring va qizg‘in bahsda o‘zingizni sinab ko‘ring!

📅 Sana: 24-oktabr, 2026
⏰ Vaqt: 11:00
📍 Manzil: O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi Elchixonasi
👥 Joylar: 32 ta
💰 Ishtirok to‘lovi: 12,000 won

Ro‘yxatdan o‘tish uchun ilova:https://forms.gle/SQgxJZBWRM4dC4W7A

O‘yla. Gapir. Ishontir!

Ushbu uchrashuv o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgani munosabati bilan o‘tkazilmoqda!

WAYU KOREA OKTYABR OYI TADBIRLAR DASTURIOktyabr oyida WAYU Korea jamoasi tomonidan yoshlar, ta’lim, madaniyat, intellekt...
05/10/2026

WAYU KOREA OKTYABR OYI TADBIRLAR DASTURI

Oktyabr oyida WAYU Korea jamoasi tomonidan yoshlar, ta’lim, madaniyat, intellektual rivojlanish, jamoaviylik va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida qator tadbirlar tashkil etiladi.

3-oktyabr — WAYU Readify — Offline uchrashuv

9-oktyabr — Seoul Foreign Resident Center bilan hamkorlikdagi festival

10-oktyabr — Boshqaruv samaradorligi agentligi vakillari bilan uchrashuv

10-oktyabr — WAYU Trip

11-oktyabr — WAYU Hiking — tabiat qo‘ynida jamoaviy sayr va faol dam olish

18-oktyabr — O‘zbekiston madaniyati ko‘rgazmasi

21-oktyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat tili bayrami

24-oktyabr — WAYU Debat — yoshlar o‘rtasida fikr almashish, munozara madaniyati va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan debat

WAYU Korea jamoasi bilan birgalikda mazmunli, foydali va yangi imkoniyatlarga boy oktabr oyini o’tkazing.

Kuzning go‘zal kunlarini tog‘ bag‘rida, ajoyib taassurot va biroz adrenalinni his qilgan holda o‘tkazishga nima deysiz?B...
02/10/2026

Kuzning go‘zal kunlarini tog‘ bag‘rida, ajoyib taassurot va biroz adrenalinni his qilgan holda o‘tkazishga nima deysiz?

Bu galgi manzil — 수락산 Kichabawi (기차바위). Bu safar bizni odatiy sayrdan ko‘ra biroz hayajonli va o‘ziga xos marshrut kutmoqda. Tik qoyalar, kuzgi tabiat va tog‘ cho‘qqisidan ochiladigan ajoyib manzara ushbu sayohatni yanada unutilmas qiladi.

Sana: 2026.10.11, Yakshanba
Vaqti: 08:00
Manzil: 수락산 Kichabawi (기차바위)
Ishtirokchilar soni: 25 nafar (ketma-ketlik asosida)

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfi6tXwpazNHmWhWN3oJ6YLt39i9eVSFoOVzUh_rHNIJJ49tQ/viewform

Eslatma:
WAYU Korea tadbir davomida ishtirokchilarning shaxsiy xavfsizligi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi. Marshrutning xususiyatidan kelib chiqib, har bir ishtirokchi o‘z jismoniy holati, salomatligi va xavfsizligini mustaqil ravishda hisobga olishi hamda shaxsan javobgar bo‘lishi lozim.

Koreyada faoliyat yuritayotgan faol vatandoshlar uchun muhim uchrashuvO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Bos...
02/10/2026

Koreyada faoliyat yuritayotgan faol vatandoshlar uchun muhim uchrashuv

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi Koreyada faoliyat yuritayotgan faol vatandoshlarning takliflarini o’rganib Mamlakatimiz rivoji uchun tadbiq qilmoqchi!

10-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkaziladi.

Quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, tadbirkorlar va loyiha asoschilari uchun ushbu uchrashuv muhim imkoniyat bo‘lishi mumkin:

• Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar
• Ta’lim va fan
• Tadbirkorlik va startaplar
• FinTech
• Tibbiyot
• Muhandislik
• Raqamli transformatsiya

Ishtirokchilar o‘zlarining loyihalari va tashabbuslarini qisqa taqdimot shaklida namoyish etishlari yoki ularni Koreya hamkorlari ko‘magida O‘zbekistonda amaliy jihatdan amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilishlari mumkin.

Uchrashuv yakunida tanlangan tashabbuslar bo‘yicha umumlashtirilgan ro‘yxat shakllantiriladi. Unda loyiha tashabbuskorlari, potensial koreyalik hamkorlar, O‘zbekistondagi manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari hamda keyingi amaliy qadamlar belgilanishi rejalashtirilmoqda.

Manzil: O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi
Vaqt: 10-oktyabr, soat 11:00da
Ishtirokchilar soni: 30 nafar
Ro’yxatdan o’tish: https://forms.gle/c5Av1vmPvSY1ivRi6

📩 Agar siz Koreyada faoliyat yuritayotgan mutaxassis, tadbirkor, olim, IT-ekspert yoki texnologik/innovatsion loyiha asoschisi bo‘lsangiz va O‘zbekiston uchun amaliy ahamiyatga ega tashabbusingiz mavjud bo‘lsa, ishtirok etish uchun murojaat qilishingiz mumkin.

🍂 WAYU Trip | 4-son: Kuz sayliKuzning go‘zal manzaralari, Han daryosi bo‘yida samimiy suhbatlar va birgalikdagi maroqli ...
02/10/2026

🍂 WAYU Trip | 4-son: Kuz sayli

Kuzning go‘zal manzaralari, Han daryosi bo‘yida samimiy suhbatlar va birgalikdagi maroqli vaqt sizni kutmoqda!

📅 10-oktabr, 2026
⏰ 15:00
📍 Yeouinaru bekati (여의나루역)
👥 Joylar soni: 25 kishi
💰 Ishtirok to‘lovi: 15,000 won

Birgalikda piknik qilamiz, yangi tanishuvlar orttiramiz va kuzgi kunni chiroyli xotiralarga aylantiramiz.

Ro’yxatdan o’tish uchun ilova:
https://forms.gle/ggg5P3dXgEcvDquB8

📌 Shuningdek, kanalimizdagi so‘rovnomada Nami Island eng ko‘p ovoz to‘plagan edi. Nami Island sayohati haqida batafsil ma’lumotlar tez orada kanalimizda e’lon qilinadi!

WAYU Trip bilan kuzni birga kutib olamiz!

O‘zbek adabiyoti, kitoblar va yaxshi kayfiyatni birlashtiradigan navbatdagi Kitobxonlik uchrashuviga sizni taklif qilami...
01/10/2026

O‘zbek adabiyoti, kitoblar va yaxshi kayfiyatni birlashtiradigan navbatdagi Kitobxonlik uchrashuviga sizni taklif qilamiz!

•O‘qiymiz. O‘ynaymiz. O‘rganamiz.

-Bu safar sizni:
•Qiziqarli savol-javoblar
•Jamoaviy o‘yinlar
•O‘zbek adabiyotiga oid topshiriqlar
🏆 Qimmatli sovrinlar va maxsus chegirmalar kutmoqda!

-Asosiy sovrinlar:
•1-o‘rin — Sano Attor tomonidan kitoblar
•2-o‘rin — Bir Ilm tomonidan kitoblar
•3-o‘rin — Coinshot tomonidan esdalik sovg‘alar

Bundan tashqari, faol ishtirokchilar va kitobxonlar uchun maxsus sovrinlar va chegirmalar ham mavjud!

📅 3-oktyabr | 10:00
•Seoul Forest Park

Do‘stlaringizni chaqiring va o‘zbek adabiyoti olamida birgalikda vaqt o‘tkazing!

Ishtirok etish uchun quyidagi formani to‘ldiring.
https://forms.gle/KUFnM6sHQHS3LE9A9

O‘zbek adabiyoti — bizni birlashtiradi!

 31-son: “Koreyada AI/ML Senior Developer bo‘lib ishlayotgan O‘zimiznikilar”— Jamshid Tursunboyev— Eldor Fozilov— Ismoil...
30/09/2026



31-son: “Koreyada AI/ML Senior Developer bo‘lib ishlayotgan O‘zimiznikilar”

— Jamshid Tursunboyev
— Eldor Fozilov
— Ismoiljon Abduraimov
— Behzod Olimov
— Xurshedjon Farhodov
— Shohruh Rakhmatov
— Jumabek Alixonov

Sun’iy intellekt endi shunchaki kelajak texnologiyasi emas. AI bugunning o‘zida iqtisodiyot, biznes, ilm-fan va kundalik hayot qanday ishlashini o‘zgartirmoqda.

Machine Learning, Generative AI, Computer Vision, NLP va boshqa AI yo‘nalishlari dunyodagi eng tez rivojlanayotgan texnologik sohalardan biriga aylanib, minglab yangi imkoniyatlar va kasblarni shakllantirmoqda. Bugun esa bu texnologiyalarni yaratadigan va rivojlantiradigan mutaxassislar global texnologik o‘zgarishlarning markazida turibdi.

Janubiy Koreya ham bu jarayonning eng faol markazlaridan biri. Samsung Electronics kabi texnologik gigantlardan tortib, AI startaplari va ilmiy tadqiqot markazlarigacha bo‘lgan keng ekotizimda O’zimiznikilar ham o‘z o‘rnini topmoqda.

Ularning yo‘llari turlicha

Ularning hikoyalari faqat karyera haqida emas.

Bu — dunyoni o‘zgartirayotgan texnologiyani shakinlantirish haqida.

Bu — bugungi bilim bilan cheklanmay, ertangi texnologiyani o‘rganish haqida.

Bu — global texnologik muhitda o‘zbek mutaxassisi sifatida o‘z o‘rningni egallash haqida.

O‘zimiznikilar dunyoning eng ilg‘or texnologik muhitlarida o‘z izini qoldirmoqda.

Loyiha hamkori IMAN.
Ongli moliyaviy qarorlar qiling — IMAN x Korea
https://t.me/+uIf81n2kzkoyMzZi

Sizni WAYU Readify × Bir Ilm × Chuncheon Bookclub hamkorligida tashkil etilayotgan “O‘zbek adabiyoti” Kitobxonlar uchras...
28/09/2026

Sizni WAYU Readify × Bir Ilm × Chuncheon Bookclub hamkorligida tashkil etilayotgan “O‘zbek adabiyoti” Kitobxonlar uchrashuviga taklif qilamiz!

•3-oktyabr, 2026-yil
•11:00–14:20
•Seoul Forest Park ochiq maydonida

* Ishtirok etish puli 10 ming won faqat tushlik uchun ishlatiladi

Tadbir davomida sizni:

•Tanishuv o‘yini
•Brain Ring
•Qog‘ozli Puzzle
•“Kitobingni sot”
•Stavkali savollar
•Taqdirlash marosimi kabi qiziqarli jamoaviy va intellektual faoliyatlar kutmoqda.

Tadbirning maqsadi — o‘zbek adabiyotini targ‘ib qilish, kitobxonlar o‘rtasida fikr va bilim almashish hamda yangi tanishuvlar uchun samimiy muhit yaratish.
Bosh homiy “Har sahifada yangi his” va Coinshot Uzbekistan online pul o’tkazmasi hamkorligida o’tkazilmoqda

Ishtirok etish uchun quyidagi formani to‘ldiring.
https://forms.gle/KUFnM6sHQHS3LE9A9

Address

Seoul

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when WAYU Korea posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to WAYU Korea:

Shortcuts

Share