Yaxshilik Karvoni

Yaxshilik Karvoni

Share

Oʻrta Osiyodan ummatga yordam

Photos from Yaxshilik Karvoni's post 11/05/2026

🌙 Qurbonlik – saxovat va mehr ulashishdir

🇳🇪 Afrikaning Niger davlatida sizlarning omonat qilgan qurbonliklaringiz uchun hayvonlar xarid qilish ishlari davom etmoqda. Xarid qilinayotgan barcha jonliqlar shariat talablariga to‘liq muvofiq holda tanlanmoqda.

Qurbon hayitiga sanoqli kunlar qoldi. Siz ham o‘z qurbonligingizni Afrikadagi muhtoj va faqir oilalarga ulashib, ularning qalbiga quvonch olib kiring.

🤲 Qurbonlik – nafaqat ibodat, balki minglab insonlarga mehr va yordam yetkazish imkonidir.

📲Ishtirok etish uchun biz bilan bog‘laning: +22782757575

08/05/2026

• 2026 - yilgi Qurbonlik narxlari quyidagicha 👇

🏳️ Afg‘oniston:
🐏 Qo‘chqor — 180$
🐄 Sigir — 750$
🐂 Buqa — 1000$

🇳🇪 Niger:
🐑 Qo‘y — 130$
🐏 Qo‘chqor — 180$
🐂 Mol — 500$

🇲🇷 Mavritaniya:
🐏 Qo‘chqor — 200$
🐫 Tuya — 1000$ – 1500$

🇹🇩 Chad:
🐏 Qo’chqor — 150$
🐂 Mol — 600$

🤝Katta molga hissadorlik: — 120$

✅ Qurbonliklar shariat asosida amalga oshiriladi.
✅ Go‘shtlar haqiqiy ehtiyojmandlarga yetkaziladi.
📹Har bir jarayon foto va video hisobot bilan taqdim etiladi

📲Ishtirok etish uchun biz bilan bog‘laning: +22782757575

29/04/2026

2️⃣0️⃣2️⃣6️⃣ - yilgi Qurbonlik Dasturimiz boshlandi.

Yaxshilik yo‘lida bardavom bo‘lib kelayotgan “Yaxshilik Karvoni” jamoasi bu yil ham muborak qurbonlik amalini ado etish maqsadida o‘zining navbatdagi dasturini boshlaganini e’lon qiladi.
Ushbu dastur orqali ehtiyojmand oilalar, beva-bechoralar va kam ta’minlangan insonlarga qurbonlik go‘shtlarini yetkazish, ularning qalbiga quvonch ulashish niyatidamiz. Har bir ulashilgan go‘sht — bu faqatgina yordam emas, balki mehr, birdamlik va insoniylik ifodasidir.
Siz ham ushbu savobli ishda ishtirok etib, uzoqlarda yashayotgan ehtiyojmand birodarlarimizga quvonch hadya etishingiz mumkin. Birgalikda ko‘proq insonlarga yetib boramiz, ko‘proq duolar olamiz.

• Qurbonlik narxlari:
📍 Afg‘oniston:
🐏 Qo‘chqor — 180$
🐄 Sigir — 750$
🐂 Buqa — 1000$

📍 Niger:
🐑 Qo‘y — 130$
🐏 Qo‘chqor — 180$
🐂 Mol — 500$

📍 Mavritaniya:
🐏 Qo‘chqor — 200$
🐫 Tuya — 1000$ – 1500$

🤝Katta molga hissadorlik: — 120$

✅ Qurbonliklar shariat asosida amalga oshiriladi.
✅ Go‘shtlar haqiqiy ehtiyojmandlarga yetkaziladi.
📹Har bir jarayon foto va video hisobot bilan taqdim etiladi

📲Ishtirok etish uchun biz bilan bog‘laning: +22782757575 ,

Photos from Yaxshilik Karvoni's post 15/04/2026

🌍 Afrika qit’asining
🇳🇪Niger davlatida ochgan bazi quduqlarimiz. Siz ham shunday quduqlar ochtirishni istasangiz biz bilan bog’lanishingiz mumkin:
📲 +22782757575

19/03/2026

Aziz yurtdoshlar!
Sizlarni muborak Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etamiz. 🎉

Alloh taolo tutgan ro‘zalaringizni, qilgan ibodatlaringizni va ehsonlaringizni dargohida qabul aylasin. Ushbu ulug‘ kun barchamizga tinchlik, xotirjamlik va qalb quvonchini olib kelsin.

Yurtimizda mehr-oqibat, saxovat va birdamlik yanada mustahkam bo‘lsin. Har bir xonadonga baraka, har bir qalbga nur va umid ato etsin.

Allohim!
Barchamizni yana ko‘p Ramazonlarga yetkazgin, qilgan yaxshiliklarimizni ko‘paytirgin, yuragimizni iymon va shukr bilan to‘ldirgin.

Ramazon hayiti muborak bo‘lsin! 🌛

©️

19/03/2026

🇲🇷Ilm yurti Mavritaniyaga so‘ngi iftorligimizni berdik.

Alhamdulillah, ushbu muborak oyda shunday ehson qilish nasib etdi.

Allohim!
Qilgan ehsonlarimizni O‘zing qabul aylagin, uni bizlar uchun ulkan ajr va savoblarga aylagin.

Allohim!
Bu iftorlikdan bahramand bo‘lgan ilm talabalariga ilmda baraka, qalblariga nur, hayotlariga fayz ato etgin.

Allohim!
Bizlarni ham doimo yaxshilik qilishdan to‘xtatma, qo‘llarimizni ehsondan, qalblarimizni rahm-shafqatdan ayirma.

Allohim!
Rizqimizga baraka ber, gunohlarimizni mag‘firat qil, qilgan har bir yaxshiligimizni o‘z dargohingda qabul etgin.

Allohim!
Bu amalimizni sadaqai joriya qilgin, oxiratimiz uchun nur va najot sababchisi aylagin.

Amin, ya Robbal ‘alamin.

©️

Photos from Yaxshilik Karvoni's post 18/03/2026

🇵🇸G’azoda so‘nggi iftor ehsonimizni ham amalga oshirdik.

🤲 Ushbu xayrli ishda qatnashgan barcha ehson egalari va ko‘mak bergan insonlardan Alloh rozi bo‘lsin. Parvardigor qilgan sadaqalaringizni o‘z dargohida qabul aylab, sizlarga baraka va rahmat ato etsin.

©️

06/03/2026

💰Zakot — bu moliyaviy ibodat va ehtiyojmandlarning haqqidir. Ayniqsa, muborak Ramazon oyida qilingan zakot va sadaqalar savobi yanada ulug‘dir. Shu fazilatli kunlarda zakotlaringizni berishga shoshiling va uni ishonchli tarzda haqiqiy egalariga yetkazing.

Biz Ramazon oyida zakot mablag‘larini yig‘ib, ularni kam ta’minlangan oilalar, yetim-yesirlar va yordamga muhtoj insonlarga yetkazamiz. Har bir ehson o‘z manziliga yetishi uchun shaffof va mas’uliyatli faoliyat yuritamiz.

Zakotlaringizni topshirish va batafsil ma’lumot olish uchun murojaat qiling:
📱Murojaat raqami: +22782757575

Ramazon — saxovat va mehr-oqibat oyi. Zakotingiz bilan ko‘plab oilalarning qalbiga quvonch ulashing.

05/03/2026

Ramazon – saxovat va mehr-oqibat oyidir. Ushbu muborak kunlarda ehtiyojmandlar uchun turli davlatlarda iftorlik tashkillashtirish imkoniyatini taqdim etamiz.

🌐 Afrika davlatlari:
• Mavritaniya — 220$ (100kishilik)
• Uganda — 220$ (100kishilik)
• Niger — 350$ (100kishilik)

🏳️Afg‘oniston — 350$ (100kishilik)
🕊 G‘azo — 700$

Har bir ajratilgan mablag‘ bevosita iftorlik dasturxonlarini tashkil qilish uchun sarflanadi. Siz o‘z ehsoningizni o‘z nomingizdan, yaqinlaringiz yoki marhumlar nomidan ham berishingiz mumkin.

02/03/2026

🇳🇪 Nigerda ochgan quduqlarimizdan bazilari. 250-255

17/02/2026

Muhtaram yurtdoshlar!

Muqaddas Ramazon oyi kirib kelgani munosabati bilan barchangizni xayriya fondimiz nomidan samimiy muborakbod etamiz. 🌙

Ushbu muborak oy mehr-oqibat, saxovat va bag‘rikenglik timsolidir. Ramazon qalblarimizni poklab, bir-birimizga yanada yaqinlashtirsin. Ezgu amallar, qilinayotgan xayr-sadaqalar va ko‘rsatilayotgan mehr-muruvvatlar Alloh dargohida qabul bo‘lishini tilaymiz.

Har bir xonadonga tinchlik, baraka va fayz, yuraklarga iymon va sabr ato etsin. Muhtojlarga ko‘mak berish yo‘lida birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz yanada samarali va bardavom bo‘lsin.

Ramazon oyi muborak bo‘lsin! ✨

Want your business to be the top-listed Government Service in Istanbul?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Category

Address


Istanbul