Xonobod shahrida ichki turizmni rivojlantirish, shuningdek shaharda nransport logistikasini jadallashtirish hamda aholi va talabalarga qulaylik yaratish maqsadida olib kelingan, jami 19 o‘rindiqli 22 kishiga mo‘ljallangan “Gazel Next” nomli 5 dona mikroavtobuslari
Андижон вилояти транспорт бошқармаси
Вилоятда транспорт соҳасини ривожлантириш ва халқ билан мулоқот
Факт 24 | Россия Федерациясининг Москва, Қозон ва Санкт-Петербург шаҳарларига автобус қатновлари қайта тикланди
Йўловчилар оқимидан келиб чиққан ҳолда “Uzautotrans service” корхонаси томонидан Тошкент – Омск, Тошкент – Пермь, Тошкент – Уфа йўналишларида ҳам қатновларини босқичма-босқич қайта тиклаш режалаштирилган.
Шунингдек, Транспорт вазирлиги томонидан “Тошкент – Краснодар” янги мунтазам халқаро автобус йўналиши ҳужжатлари тайёрланиб, келишиш учун Россия Федерацияси Транспорт вазирлигига юборилган.
ANDIJON AXBOROTI |ANDIJON MAHALLA KO‘CHALARI OBOD BO‘LMOQDA
02/07/2022
1992 yil 2 iyul - Davlat gerbi qabul qilingan kun
Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida “O‘zbekiston” deb yozib qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli ko‘rinishida: Humo qushi va daryolar — kumush rangida; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va “O‘zbekiston” yozuvi — oltin rangida; g‘o‘za shoxlari va barglari, tog‘lar va vodiy — yashil rangda; chanoqlardagi paxta — oq rangda; lenta — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda; sakkizburchak — oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda havo rangda; yarim oy va yulduzlar — oq rangida tasvirlangan.
28/06/2022
Konstitutsion islohotlar mavzusida muhokama-munosabat tadbiri
Bugun Viloyatdagi transport sohasi va yo‘l xo‘jaligi tizimida “Konstitutsion islohotlar” mavzusida muhokama-munosabat tadbiri zoom platformasida tashkil etildi.
🔰 Muhokama-munosabat tadbirida O‘zbekiston temir yo‘llari AJ Qo‘qon MTU UK Andijon mintaqasi bekat rahbarlari, Yo‘l xo‘jaligi boshqarmasi, andijon temir yo‘l vokzali, Andijon AYHBB hamda Z.M.Bobur nomidagi Andijon halqaro aeroporti xodimlari ishtirok etdi.
♻️ BATAFSIL (http://andijon.mintrans.uz/news/2022060066) ni bosing.
Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI
🤩Aziz yoshlar, viloyatimiz aholisi!
Xabaringiz bor, iyun oyi "Yoshlar oyligi" sifatida butun mamlakatimiz boʻylab keng nishonlanmoqda. Sizlarni oylik doirasida viloyatimizda tashkil etilayotgan "Andijon yoshlar forumi-2022" gala-konsertiga taklif etamiz. "Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostidagi konsertda yurtimizning mashhur sanʼatkorlari, estradamiz yulduzlari ishtirok etadi. Barchangizni 27-iyun soat 18:00da Andijon shahridagi Navoiy shoh koʻchasi Alisher Navoiy bogʻi yonida kutamiz.
Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI
18/05/2022
⚽️ Bugun viloyatimizda mini futbol bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori kubogi” uchun viloyat bosqich uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
🔸 Andijon viloyati transport boshqarmasi xodimlari ham ushbu musobaqada faol ishtirok etdi.
Transport boshqarmasi xodimlari o‘rtasida muntazam ravishda sport musobaqalari o‘tkazilib turiladi albatta bu boshqarmaning sog‘lom turmush tarzini tashkil etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralari hisoblanadi.
Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI
ANDIJON AXBOROTI | YANGI AVTOBUSLAR ANDIJONGA KELDI
Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI
04/05/2022
Xabaringiz bor viloyatda jamoat transportni rivojlantirish aholiga sifatli, qulay, hamyonbop jamoat transporti harakatini tashkil etish bo‘yicha transport boshqarmasi tadbirkorlik subyektlari bilan ishlar tashkil etib, Andijon shahrida zamonaviy jamoat transporti harakatlarini tashkil etib kelmoqda.
Bugun Andijon shahriga 14 ta yangi “ZHONG TONG” rusumdagi zamonaviy avtobuslar Andijonga olib kelindi. Ushbu avtobuslardan viloyatga jami 70 ta olib kelindi.
🚌 Andijon shahridagi zamonaviy rusumdagi avtobuslar soni 80 taga yetdi.
Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI
30/04/2022
☘️HASHAR-ELGA YARASHAR
🌳🌲🌿🍀🌴🌱
Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI
Click here to claim your Sponsored Listing.
Location
Category
Contact the business
Telephone
Website
Address
Andijan
Opening Hours
| Monday | 09:00 - 18:00 |
| Tuesday | 09:00 - 18:00 |
| Wednesday | 09:00 - 18:00 |
| Thursday | 09:00 - 18:00 |
| Friday | 09:00 - 18:00 |
