23/06/2022
Buxoro shahar "Ishga marhamat" monmarkazida Turkiyalik mohir oshpaz Mehmet Onur Tur hamda Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi Umumiy ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish yo'nalishi o'qituvchi va talabalari bilan hamkorlikda mahorat darslari tashkil etildi.
27/05/2022
O'zbekiston-Fransiya: Ta'lim yo'nalishida Bitim imzolandi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro univeristeti qoshidagi Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi va Fransiyaning Ruan Normandiya universiteti o’rtasida talabalar almashinuvi borasida hamkorlikni kuchaytirish va rivojlantirishga ko‘maklashish bo'yicha almashinuv Bitimi imzolanadi
Bitim 3 bo’limdan iborat bo’lib:
Birinchi, ushbu loyiha doirasida Ruan Normandiya universiteti Buxoro turizm va madaniy meros texnikumining o‘n (10) nafar talabasini qabul qilishni o‘z zimmasiga oladi.
Tanlov Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi va Normandiya Ruan universiteti o‘rtasida hamkorlikda o‘tkaziladi.
Tanlov hay’ati Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi va Normandiya Ruan universitetining Evryo texnologiyalar instituti o‘qituvchilaridan iborat bo‘lib, ular tanlangan hujjatlarni o‘rganishadi va arizalar natijalarini e’lon qiladi.
Tanlov yakunida yuqori ko'rsatkichlarga ega talabalar ta’limni Ruan universitetida davom ettirishadi.
Ikkinchi bo’lim Amaliyot almashinuvi:
Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi mehmondo‘stlik, umumiy ovqatlanish, turizm sohasida amaliyot o‘tash doirasida Evryo texnologiyalar institutidan uch (3) nafar talabani qabul qiladi.
Bunda Evryo texnologiyalar instituti Buxoro turizm va madaniy meros texnikumida amaliyot o'tash uchun saralangan talabalar ro‘yxatini shakllantiradi.
Tanlangan talabalar O‘zbekistonda amaliyot o‘taydi.
Amaliyot ham Ruan universiteti tomonidan tasdiqlanadi.
Uchinchi bo’lim, o‘qituvchilar almashinuvi bo’lib, ushbu hamkorlik doirasida, tanlov va intizomiy qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirish uchun Evryo texnologiyalar institutidan besh (5) nafar o‘qituvchi Buxoro turizm va madaniy meros texnikumiga safarbar qilinadilar.
O‘zbekistonga safarbar qilingan har bir o‘qituvchi o‘n (10) soat dars berishi kerak.
Evryo texnologiyalar instituti o‘qituvchilarining darslari Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi tomonidan olib boriladigan darslarga hamohang tarzda o‘tiladi.
Ularning mazmuni Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi va safarbar qilingan o‘qituvchilari tomonidan o‘zaro kelishuv asosida belgilanadi.
Viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi
27/05/2022
24-may kuni Ruan Normandiya universiteti prorektori Frank Le Derf va o'qituvchilar Lo'meth Lorans Verjine Janin, Lo'blond Carol Veroniklar Buxoro turizm va madaniy meros texnikumiga tashrif buyurishdi.
Mehmonlar texnikum rahbar xodimlari va talabalar tomonidan iliq kutib olindi. Shundan so'ng texnikumdagi so'ngi yangiliklar olib borilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar haqida o'zaro fikrlar almashildi.
Tashrif doirasida mehmonlar texnikumning Ruan universitetida o'qishini davom ettiradigan talabalar bilan mashg'ulotlar o'tkazib ularning tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishadilar.
Shuningdek kelgusida Ruan universitetida o'qish istagini bildirgan texnikum talabalari bilan uchrashuvlar va seminar-treninglar olib boradilar.
Fransiyaning Ruan Normandiya universiteti professor o'qituvchilari hozirda Buxoro shahrida o'tkazilayotgan "Xalqaro Zargarlik va zardo'zlik" festivaliga bag'ishlangan katta gala konsertda ishtirok etdilar.