Buxoro viloyati soliq boshqarmasi

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi

Share

Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Buxoro viloyati soliq boshqarmasi, Government Building, Muhammad iqbol ko`chasi 14 uy, Buxoro.

02/06/2026

Buxorolik tadbirkor Baxshulla Jo‘rayev PF-100-sonli Farmon bilan 2026-yil 1-iyundan boshlab umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun QQSni hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibi joriy etilganini mamnuniyat bilan qarshi oldi.

02/06/2026

Fargʻonada HR-sohasidagi zamonaviy yondashuvlarga bagʻishlangan seminar davom etmoqda

Seminar nafaqat tajriba almashish, balki inson resurslarini boshqarishning eng ilgʻor usullarini oʻrganish maydoniga aylandi.

Mazkur oʻquvlar kadrlar boshqaruvi samaradorligini oshirish, yuqori malakali mutaxassislarni aniqlash va rivojlantirish, shuningdek, davlat xizmati sifatini yanada yuksaltirishga mustahkam zamin yaratadi, — deb taʼkidladi Soliq qoʻmitasi inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi boshligʻi Toʻrabek Toʻrayev

Treninglar davomida ishtirokchilar xodimlarni saralash va baholashning zamonaviy metodlari, ularning salohiyatini aniqlash va rivojlantirish mexanizmlari, motivatsiyani kuchaytirishning samarali usullari hamda kadrlar bilan ishlashdagi xalqaro tajribalar bilan yaqindan tanishmoqda.

Photos from Buxoro viloyati soliq boshqarmasi's post 02/06/2026

Farg‘onada HR bo‘yicha seminar-trening boshlandi

Bugun Farg‘onada soliq organlarida inson resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan seminar-trening start oldi.

Tadbirda zamonaviy HR yondashuvlari, KPI tizimini joriy etish, kadrlar salohiyatini rivojlantirish va motivatsiya mexanizmlarini kuchaytirish masalalari muhokama qilinmoqda.

Shuningdek, yosh mutaxassislarni rahbarlikka tayyorlash, kadrlar zaxirasini shakllantirish hamda “ustoz–shogird” tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Seminar hududiy soliq organlari mutaxassislari uchun tajriba almashish va ilg‘or amaliyotlarni o‘rganish maydoniga aylandi.

01/06/2026

Buxoro viloyatida 28 000 dan ortiq qarzdor korxonalardan 348,5 milliard so‘mlik soliq qarzi undirildi

Buxoro viloyatida soliq xizmati organlari hamda Majburiy ijro byurosi hamkorligida soliq qarzdorligini qisqartirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Yil boshidan buyon o‘tkazilgan tadbirlar natijasida 28 mingdan ortiq qarzdor korxonalardan 348,5 milliard so‘mlik mablag‘ undirilib, davlat budjetiga yo‘naltirildi.

Ayni vaqtda soliq qarzi mavjud korxonalarning avtotransport vositalari va noturar obyektlarini xatlovdan o‘tkazish ishlari davom etmoqda.

Raqamlar bilan aytganda, joriy yil boshidan xatlovga olingan qariib 18,5 milliard so‘mlik avtotransport vositalari hamda noturar obyektlarni onlayn-auksion orqali sotish va tushgan mablag‘lar hisobiga qarzdorlikni qoplash choralari ko‘rilmoqda.

31/05/2026



Yashirin iqtisodiyotga qarshi samarali mexanizm

Buxoro viloyati soliq boshqarmasida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish, noqonuniy faoliyatlarning oldini olish hamda iqtisodiy jarayonlarda shaffoflikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyatdagi tegishli idora va tashkilotlar mutasaddilariga “Buxoro tajribasi” mexanizmlari tushuntirildi.

Xususan, unda xarid chekini talab qilish va savdo amaliyotlarini qonuniy asosda yuritish yashirin iqtisodiyotning qisqarishida muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.

27/05/2026



Qurbon Hayiti muborak bo‘lsin!

Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan Buxoro viloyati soliq xizmati organlari nomidan barcha yurtdoshlarimiz, tadbirkor va ishbilarmonlarni samimiy tabriklaymiz.

Qurbon hayiti xonadonlaringizga fayzu baraka, tinchlik va quvonch olib kirsin.

Yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi mehnatingiz uchun minnatdorlik bildirib, sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va barakali ishlar tilaymiz.

Bayram barchamizga ezgulik va mehr-muruvvat ulashsin!

Hurmat bilan,

Dilshod Yuldashev,
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i.

Photos from Buxoro viloyati soliq boshqarmasi's post 26/05/2026



Tadbirkorlar va fuqarolarning muammo va takliflarini o‘rganish va ularga joyida yechim topish maqsadida Buxoro viloyati soliq boshqarmasida Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Soliyevning sayyor qabuli o‘tkazildi.

Sayyor qabulda tadbirkorlar tomonidan soliq ma’murchiligi, imtiyozlarni qo‘llash, elektron xizmatlardan foydalanish hamda kadastr bilan bog‘liq bo‘lgan 30 ga yaqin muammolari tinglandi.

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, mas’ul mutaxassislar ishirokida ijrosi nazoratga olinishi bildirildi.

O‘rganish va vaqt talab etiladigan murojaatlar nazoratga olinib, ijrosi yuzasidan mutaxassislarga zarur topshiriqlar berildi.

Photos from Buxoro viloyati soliq boshqarmasi's post 26/05/2026

Buxoro viloyatida 28 000 dan ortiq qarzdor korxonalardan 348,5 milliard so‘mlik soliq qarzi undirildi

Buxoro viloyatida soliq xizmati organlari hamda Majburiy ijro byurosi hamkorligida soliq qarzdorligini qisqartirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Yil boshidan buyon o‘tkazilgan tadbirlar natijasida 28 mingdan ortiq qarzdor korxonalardan 348,5 milliard so‘mlik mablag‘ undirilib, davlat budjetiga yo‘naltirildi.

Ayni vaqtda soliq qarzi mavjud korxonalarning avtotransport vositalari va noturar obyektlarini xatlovdan o‘tkazish ishlari davom etmoqda.

Raqamlar bilan aytganda, joriy yil boshidan xatlovga olingan qariib 18,5 milliard so‘mlik avtotransport vositalari hamda noturar obyektlarni onlayn-auksion orqali sotish va tushgan mablag‘lar hisobiga qarzdorlikni qoplash choralari ko‘rilmoqda.

Photos from O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi's post 25/05/2026
25/05/2026



✅Hurmatli soliq toʻlovchilar❗️

🗓 2026-yil 26-may kuni 🕙 soat 11:00 da Buxoro viloyati soliq boshqarmasida soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari hamda viloyat soliq boshqarmasi rahbariyati ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti o‘tkaziladi.

🕙 Boshlanish vaqti - 11:00

Want your business to be the top-listed Government Service in Buxoro?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Telephone

Address


Muhammad Iqbol Ko`chasi 14 Uy
Buxoro

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00