18/05/2026
“Севимли кутубхонамга туҳфалар”
Жорий йилнинг 15-май куни Абу Али Ибн Сино номидаги Бухоро вилоят ахборот кутубхона маркази фондига Россия Ёзувчилар уюшмасининг Москва вилояти ташкилоти аъзоси, ёзувчи ва тадқиқотчи Рим Субхонкулович Юсупов томонидан 2 дона китоб тақдим этилди.
Жумладан, муаллифнинг “Бухара” номли китоби Бухоро шаҳрининг 2500 йиллик тарихи, маданий мероси ва Шарқ цивилизациясида тутган ўрнига бағишланган бўлиб, унда қадимий шаҳарнинг тарихий обидалари, маънавий қадриятлари ҳамда бой маданияти ҳақида қизиқарли маълумотлар келтирилган.
Шунингдек, “Потерянные жизни” номли китобда инсон тақдири, ҳаёт синовлари ва жамиятдаги турли воқеалар бадиий ва таъсирчан услубда ёритилган. Асар китобхонларни ҳаёт ҳақида мушоҳада юритишга, инсон қадри ва маънавий қадриятларни англашга ундайди.
Тақдим этилган китоблар китобхонлар, тадқиқотчилар ва ёшлар учун муҳим маънавий-маърифий манба бўлиб хизмат қилади.
Муассасамиз жамоаси номидан Рим Субхонкулович Юсуповга ушбу қимматли китоблар учун самимий миннатдорчилик билдирамиз.
18/05/2026
"Hamdo‘stlik kutubxonalarining ta'lim sohasidagi hamkorligi"
“Hamdoʻstlik kutubxonalarining taʼlim sohasidagi hamkorligi” xalqaro loyiha boʻlib, MDH davlatlari, Abxaziya va Janubiy Osetiyadan kelgan yosh kutubxonachilar (20-40 yosh) bilan tajriba almashish va malakasini oshirishga qaratilgan. Loyiha Rossiyada (xususan, 2026 yil 16-21 may kunlari Yekaterinburgda va avvalroq Moskvada) amalga oshirilmoqda va turli kutubxona muassasalaridan 50 ga yaqin mutaxassislarni birlashtirgan.
Tadbir “Yangi avlod” dasturi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, Hamdo‘stlik mamlakatlari yosh kutubxonachilarining malakasini oshirish, shuningdek, Rossiya va hamkor davlatlar o‘rtasidagi professional aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan.
Loyihada ishtirok etish bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich o'quv dasturini yakunlash va sertifikat olishni o'z ichiga oladi. Keyin, saralash bosqichidan o'tgandan so'ng, ishtirokchilar loyihaning Rossiya bo'ylab saytlarida bo'lib o'tadigan asosiy bosqichida ishtirok etishga taklif qilinadi.
2026-yil 20-apreldan 2026-yil 30-aprelgacha Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat Axborot-kutubxona markazi xodimi Lukmanova Taxmina Subxonovna Rossiya Davlat kutubxonasi (Yekaterinburg) tomonidan tashkil etilgan “Emosional charchash va kasbiy stressni bartaraf etish strategiyalari” mavzusidagi o‘quv dasturini yakunladi.
Treningni muvaffaqiyatli tugatib, yakuniy imtihonni topshirgach, unga sertifikat berildi.
18/05/2026
Ko‘chma kutubxona
Abu Ali ibn Sino nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan Buxoro shahar “Avshor” mahallada ko‘chma kutubxona tashkil etildi. Bu tashabbus mahalla aholisining, ayniqsa yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi. Kitob o‘qishga imkon t**a olmaydigan fuqarolar ham bemalol adabiyotlardan foydalanishmoqda.
“Avshor” mahallada yo‘lga qo‘yilgan ko‘chma kutubxona ma’naviyatni yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
13/05/2026
Kitob shunday narsaki, u o‘qigan odam uchungina bor. O‘qilmagan kitob bu — foydalanilmagan imkoniyat, yeyilmagan non, kiyilmagan kiyimga o‘xshash narsa. Kitobni o‘qish kerak.
- Qozoqboy Yo‘ldoshev
13/05/2026
Erkin Vohidovning "Ruhlar isyoni" dostoni shunchaki tarixiy hikoya emas — bu erkinlikka bo'lgan kuchli intilish va haqiqat uchun kurashning yuksak she'riy ifodasidir!
Asar bosh qahramoni, olovqalb bengal shoiri Nazrul Islom timsolida har bir davrning vijdoni uyg'oq insoni duch keladigan murakkab savollar va ruhiy izlanishlar tasvirlanadi.
Nima uchun bu asarni o'qish kerak?
🔹 Erkinlik: Inson qadr-qimmati va hurligi haqida chuqur mushohada yuritish uchun;
🔹 Go'zallik: Sharqona falsafa va sehrli she'riyatdan bahra olish uchun;
🔹 Jasorat: Haqiqiy ijodkor qismati qanchalik murakkab va sharafli ekanini his qilish uchun.
13/05/2026
Fan va turmush jurnalining 1997 -yil 3-sonida "XX asr boshlarida yashab o‘tgan yirik ma’rifatparvar, jadid harakatining rahnamosi Mirzo Abdulvohid Burhonov - Munzim faoliyati haqida so‘z yuritiladi.
13/05/2026
Fan va turmush jurnalining 1997 - yil 2-sonida "Cho‘lpon akamni xotirlab" maqola chop etilgan. Maqolada Cho‘lpon tavalludining 100-yilligiga bag‘ishlanadi.
13/05/2026
Fan va turmush jurnalining 1997 - yil 5 - sonida "Jadidlar qoldirgan meros" maqola chop etilgan. Maqolada Turkiston jadidchilik faoliyati haqida so‘z yuritiladi.