29/04/2026
РАСМИЙ МУНОСАБАТ
Телеграм ижтимоий тармоғи орқали Бағдод туманидаги 47-ДМТТ иситиш тизимидаги муаммолар юзасидан эълон қилинган танқидий мақола бўйича қуйидагиларни маълум қиламиз.
Мазкур ҳолат тегишли ташкилотлар — туман Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги бўлими, туман ҳокимлиги ҳамда туман мактабгача ва мактаб таълими бўлими масъул ходимлари томонидан жойига чиққан ҳолда ўрганиб чиқилди.
Ўрганишлар натижасида аниқланган камчиликлар қисқа муддатда бартараф этилди ҳамда иситиш тизими тўлиқ ишчи ҳолатига келтирилди.
Шу билан бирга, келгусида бундай ҳолатларнинг олдини олиш мақсадида тегишли чора-тадбирлар белгиланди.
21/04/2026
📌 RASMIY MUNOSABAT
Farg‘ona shahar “Mehribonlik” MFY, Shifokorlar ko‘chasi 14-sonli ko‘p kvartirali uy mulkdorlari tomonidan yo‘llangan murojaat yuzasidan Farg‘ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi Farg‘ona shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida fuqarolar tomonidan amaldagi boshqaruv servis kompaniyasi — Kirgili Kravs Servis MChJ faoliyatidan norozilik bildirilib, mazkur ko‘p kvartirali uyni boshqa boshqaruv tashkiloti — Bek Asr Servis MChJ tasarrufiga o‘tkazish bo‘yicha amaliy yordam so‘ralgan.
Mazkur masala yuzasidan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi O‘RQ-581-sonli Qonuni talablari asosida huquqiy tushuntirish berildi. Unga ko‘ra, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish usuli mulkdorlarning umumiy yig‘ilishi qarori bilan istalgan vaqtda o‘zgartirilishi mumkin.
Shuningdek, amaldagi boshqaruv tashkiloti tomonidan ushbu uyda kirish yo‘laklari, tom qismi, yerto‘la hududidagi muhandislik kommunikatsiyalari hamda elektr sh*tlari joriy ta’mirlangani, jami 45 million 503 ming so‘m mablag‘ sarflangani ma’lum qilindi.
Fuqarolarga tushuntirilishicha, uy boshqa boshqaruv tashkilotiga o‘tkazilishi uchun amaldagi va yangi boshqaruv organlari o‘rtasida belgilangan tartibda topshirish-qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtirilishi lozim. Ushbu jarayonda texnik hujjatlar, moliyaviy qoldiq mablag‘lar, umumiy foydalanishdagi mulklar kalitlari hamda zarur texnik vositalar topshirilishi talab etiladi.
Agar amaldagi boshqaruv tashkiloti mazkur talablarni bajarmasa yoki topshirish-qabul qilish jarayonidan bosh tortsa, fuqarolarga qonunchilikda belgilangan tartibda sud organlariga murojaat qilish mumkinligi tushuntirildi.
06/04/2026
“ЖАМОАТ НАЗОРАТИ” телеграм ижтимоий мессенжери орқали Марғилон шаҳри, Саховат МФЙ, Бурхониддин Марғилоний кўчаси 76-сонли кўп квартирали турар-жой биносининг ертўла қисми ичимлик суви билан тўлиб кетганлиги ҳақидаги хабар тарқалган.
Мазкур ҳолат юзасидан Марғилон шаҳар Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги бўлими қуйидагиларни маълум қилади.
Ушбу кўп квартирали турар-жой биносига “Мар Обод Зеромах” МЧЖ бошқарув сервис компанияси томонидан хизмат кўрсатилади. 2026 йил 1 апрель куни Бурхониддин Марғилоний кўчаси 76-уйда яшовчи фуқаролар томонидан бошқарув сервис компаниясининг 24/7 диспетчерлик хизматига мурожаат келиб тушган.
Мурожаат асосида бошқарув сервис компанияси ходимлари зудлик билан воқеа жойига етиб бориб, ўрганиш ишларини олиб боришган. Ўрганишлар натижасида аниқланишича, мазкур кўп квартирали уй олди қисмида жойлашган марказий ичимлик суви қувурида авария ҳолати юзага келган бўлиб, унинг оқибатида ертўла қисмига ичимлик сувлари сизиб кирган.
Мазкур авария ҳолати бошқарув сервис компаниясининг ваколат доирасига кирмаслиги сабабли, тегишли тартибда масъул ташкилот — Марғилон шаҳар “Ўзсувтаъминот” АЖга мурожаат қилинган.
Шундан сўнг “Ўзсувтаъминот” АЖ ходимлари зудлик билан авария жойига етиб келиб, носозликни бартараф этишган.
30/01/2026
Расмий муносабат
Ferganamedia.uz таҳририяти томонидан Қўқон шаҳар «Хўқанд обод» МЧЖ Бошқарув сервис компанияси раҳбари Нодиржон Нематов фаолияти юзасидан эълон қилинган танқидий мақола юзасидан қуйидагиларни маълум қиламиз.
Мазкур мурожаатни ўрганиш мақсадида, бошқарманинг БСК фаолиятини мувофиқлаштириш бўлими бошлиғи А.Ахмаджонов бошчилигида ишчи гуруҳ ташкилланиб, ўрганиш ишлари олиб борилмоқда.
Ўрганиш натижалари юзасидан қўшимча ахборот тақдим этилади.
Ахборот хизмати
31/12/2025
🎄Kirib kelayotgan Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!
Qadrli vatandoshlar, Siz azizlarni, butun xalqimizni kirib kelayotgan Yangi 2026-yil bilan chin qalbimdan tabriklayman. Barchangizga yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.
Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojida, xalqimiz turmush farovonligini oshirishda Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasining ham munosib hissasi borligi biz va tizimda faoliyat olib borayotgan ahil jamoamizga ulkan faxr bag‘ishlaydi.
Butun jamoa quruvchilar, arxitektorlar, loyihachilar, ekspertlar, boshqaruv kompaniyasi, issiqlik va suv ta'minoti xodimlari yangi yilda ham jonajon Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimizni rozi qilish yo‘lida bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etadi.
Fursatdan foydalanib, barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, oilaviy baxt-saodat tilayman. Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin.
Farg'ona viloyat Qurilish va Uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi boshlig'i,
Bekzod Raximov
19/11/2025
РАСМИЙ МУНОСАБАТ
Телеграм ижтимоий тармоғи орқали Фарғона шаҳар Мотурудий кўчаси 62-кўп қаватли уйда яшовчилар номидан мурожаат эълон қилинди.
Мурожаат Фарғона шаҳар қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги бўлими томонидан назоартга олиниб, мазкур уйларга хизмат қилувчи Фарводий гранд биллур сервис БСК томонидан мазкур муаммони бартараф этиш чоралари кўрилди.
15/11/2025
Farg‘ona va Marg‘ilonda urbanizatsiya jarayonlari jadallashtiriladi
📍Hududlarni iqtisodiy rivojlantirish, urbanizatsiya salohiyatini oshirish va drayver yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida Farg‘ona hamda Marg‘ilon shaharlarida zamonaviy master-rejalar ishlab chiqiladi.
💠Farg‘ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Raximov Xitoylik arxitektorlar va mahalliy hamkorlar bilan amaliy muloqot o‘tkazdi. Muloqotda Xitoylik yetakchi arxitektorlar ishtirokida, mahalliy mutaxassislar bilan hamkorlikda xizmat ko‘rsatish majmualari, turar joylar, savdo-ko‘ngilochar markazlari kabi ob’ektlarni joylashtirishni nazarda tutuvchi master-rejalar tayyorlash, bo‘sh yer uchastkalaridan samarali foydalanish, yuqori daromadli faoliyat turlarini tashkil qilish va infratuzilma loyihalarini master-rejalarga muvofiq tatbiq etish ishlari asosiy vazifa sifatida belgilab berildi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
https://t.me/fjko_uz (https://t.me/minstroyuz)