02/06/2026
Kasb — kelajak poydevori
Yoshlarning kasb-hunar egallashga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislar sifatida shakllanishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” Respublika kasbiy mahorat tanloviga start berildi.
Mazkur tanlov Besh tashabbus olimpiadasining “Kasblar tanlovi” yo‘nalishi doirasida tashkil etilib, uning Guliston tumani bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi. Tanlovda yoshlar elektromontaj, yengil avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, kompyuter grafikasi va dizayni hamda modalar texnologiyasi yo‘nalishlarida o‘z bilim va mahoratlarini namoyish etdilar.
Musobaqa yoshlarning kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi. G‘oliblar tanlovning keyingi bosqichiga yo‘llanma oldilar.
01/06/2026
“Yangi Oʻzbekistonning baxtiyor bolalari” — Guliston tumanida bayram shodiyonalari
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Guliston tumani markazidagi “Yoshlar bog‘i”da “Yangi Oʻzbekistonning baxtiyor bolalari” shiori ostida keng ko‘lamli bayram tadbiri tashkil etildi.
Bayram dasturi doirasida bolajonlar uchun konsert chiqishlari, qiziqarli o‘yinlar, ijodiy tanlovlar, sport musobaqalari hamda turli ko‘ngilochar sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Tadbirda Guliston tumani hokimi Olimjon Jo‘rayev faxriy nuroniylar bilan birgalikda ishtirok etib, bayram shukuhiga yanada fayz bag‘ishladi.
Tadbir davomida bolajonlarga muzqaymoqlar ulashilib, ularning quvonchiga quvonch qo‘shildi. Bayram ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan sahna chiqishlari, milliy va zamonaviy raqslar, sport bellashuvlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
01/06/2026
Yangi Oʻzbekistonning baxtiyor bolalari
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Guliston tumanida “Yangi Oʻzbekistonning baxtiyor bolalari” shiori ostida o'tkazilgan bayram konsert dasturidan fotolavhalar
01/06/2026
Guliston tumanida bolajonlar bayramida ikkita yangi DMTT foydalanishga topshirildi
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida Guliston tumanida bolajonlar uchun unutilmas bayram tuhfasi taqdim etildi. Tumandagi “Soyibobod” mahallasida joylashgan 12-sonli hamda Ahmad Yassaviy mahallasidagi 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun qurilgan yangi binolar tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Mazkur maskanlarning ochilish marosimida tuman hokimi Olimjon Jo‘rayev, nuroniylar, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarning zamonaviy va qulay sharoitlarda ta’lim-tarbiya olishini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuksak samaralar berayotganini alohida ta’kidladilar.
Ma’lumot o‘rnida, Davlat dasturi doirasida 12-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun 4 milliard 600 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Shuningdek, 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining yangi binosini qurish uchun qariyb 5 milliard 500 million so‘m mablag‘ sarflandi.
Yangi ta’lim maskanlarining Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida foydalanishga topshirilishi bolajonlar va ularning ota-onalari uchun munosib bayram sovg‘asi bo‘ldi.
30/05/2026
📣 E’LON
Qadrli tumanimiz fuqarolari diqqatiga!
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Guliston tumanida “Yangi Oʻzbekistonning baxtiyor bolalari” shiori ostida bayram konsert dasturi tashkil etiladi.
📅 Tadbir sanasi: 1-iyun
🕙 Boshlanish vaqti: soat 9:00
📍 Manzil: Tuman markazidagi “Yoshlar bogʻi”
Tadbir davomida:
🎵 Kuy-qo‘shiqlar va konsert dasturlari
🎭 Badiiy chiqishlar
🍦 Bolajonlar uchun bepul “Muzqaymoq party” tashkil etiladi.
Barcha tumanimiz ahlini mazkur bayram tadbiriga taklif etamiz.