13/12/2022
✅ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Guliston shahridagi Prezident maktabi bitiruvchilari xorijiy universitetlardan qabul xatlarini olishda davom etishmoqda:
🔷Abdutolipova E‘zoza -
University of Minesota in Twin cities universitetida 100 000 AQSH dollari;
🔷Abdusattorov Jasur -
University of Arizona universitetidan 88 000 AQSH dollari miqdoridagi grantlarni qo‘lga kiritishdi.
💫O‘quvchilarimizni ushbu yutuqlari bilan tabriklab, kelgusidagi o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
27/10/2022
🔰Bugun 26-oktabr kuni Guliston shahridagi Prezident maktabida, Prezident ta'lim muassasalari agentligi Sirdaryo viloyati hududiy bo'limi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridagi kutubxonachilar uchun seminar mashg‘uloti tashkil etildi.
Seminar davomida "Nomeklatura bo‘yicha hujjatlarni yuritish" va "Kutubxona bibliografik klaffikatsiya bo‘yicha kitob fondini tartiblashni o‘rgatish" mavzularida ma‘lumotlar berdi.
📚Seminarda qatnashgan maktab kutubxona xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi va qo‘shimcha ma‘lumotlarga ega bo‘lishdi.
22/10/2022
Guliston shahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida Prezident ta'lim muassasalari agentligi Sirdaryo viloyati hududiy bo'limi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarining "O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari uchun seminar mashg'ulotlari bo'lib o'tdi.
Unda yangi metodlar, yangi formativ va summativ baholash tizimi, STEAM hamda kreativ boshqaruvchilik mavzularida yangi bilim va ko'nikmalarni o'rganish asnosida tajribalar almashishdi
19/10/2022
📑 O‘quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik MEMORANDUMI imzolandi
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 apreldagi “Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi PF-106-son Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida o‘zaro Memorandum imzolandi.
Memorandumdan ko‘zlangan asosiy maqsad 10-11-sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish va amaliy mashg‘ulot sohasida o‘zaro hamkorlik qilish bo‘lib, kun davomida maktab-internatining 10-11-sinf o‘quvchilari ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishib chiqdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.