03/06/2026
📌 Guliston shahrida yashirin iqtisodiyotning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish ishlari davom etmoqda.
Sirdaryo viloyati soliq organlari tomonidan tibbiyot sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalarda navbatdagi uchrashuvlar o‘tkazildi. Jumladan, "Nevro Med", "MDS", "Farrux Medio Servis", "Darmon" hamda "Doktor Abdumalik" klinikalari rahbarlari va xodimlariga yashirin iqtisodiyotning salbiy oqibatlari, qonunchilik talablari hamda faoliyatni shaffof yuritishning afzalliklari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
✅ Shaffof faoliyat — qonuniy biznes va barqaror rivojlanish garovi.
03/06/2026
Tushuntirish ishlari amaliy natija bermoqda
“Fayzli Barakali” MChJda olib borilgan o‘rganishlar davomida korxonaga biriktirilgan viloyat soliq boshqarmasi xodimi tomonidan amaldagi soliq qonunchiligi talablari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Natijada korxona tomonidan 35 million so‘m miqdorida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha qayta hisobot taqdim etildi.
Shuningdek, realizatsiya qilingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari aylanmasiga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘ining 0 foizlik stavkasini qo‘llash tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Soliq organlari tomonidan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va soliq majburiyatlarini to‘g‘ri bajarishga ko‘maklashish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
03/06/2026
Sirdaryoda norasmiy bandlik qisqarmoqda
Viloyat soliq boshqarmasida ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar ishtirokida "Ish o‘rinlari va daromad, aholi farovonligi uchun nimalar qilindi?" mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-fevraldagi PQ-49-son qarori ijrosi doirasida aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish hamda norasmiy bandlikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Mazkur qarorga muvofiq, soliq organlari oldiga 2026-yilda viloyat bo‘yicha minglab norasmiy ish o‘rinlarini rasmiy sektorga o‘tkazish vazifasi belgilangan. Bu borada soliq organlarining "mahallabay" tizimidagi xodimlari va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘linmalari tomonidan manzilli ishlar olib borilmoqda.
Natijada, Sirdaryo viloyatida 2026-yilning yanvar–may oylari uchun belgilangan 4 228 nafar fuqaroni rasmiy sektorga o‘tkazish rejasi amalda 4 444 nafarga yetkazilib, ko‘rsatkich 105 foizga bajarildi.
02/06/2026
Tizim muvaffaqiyatining bosh kapitali
Fargʻonada oʻz ishini boshlagan “HR: Saralashdan samaragacha” oʻquv-seminarida anʼanaviy maʼruzalardan voz kechib, mutlaqo yangicha — professional transformatsiya jarayoniga o'tish bo'yicha ekanligi bilan ahamiyatli bo'lmoqda.
Buni Soliq qoʻmitasi rahbariyati hamda ekspertlari ishtirokida 60 nafar mutaxassis uchun haqiqiy professional rivojlanish maydoni yaratilganligida ko'rishimiz mumkin.
HR-menejment: insoniy kapitalni toʻgʻri baholash.
Xalqaro KPI:quruq hisobotlar emas, aniq raqamlar va natijadorlik.
Eski uslubda ishlash davri oʻtdi. Maqsad — kadrlar boshqaruvini eng zamonaviy biznes andozalari asosida raqamlashtirish va samaradorlikni maksimal darajaga olib chiqish!
Seminar o'z ishini davom ettirmoqda.
01/06/2026
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni!
Bolajonlarimizning quvnoq kulgisi, xavfsiz va farovon kelajagi – har birimizning eng katta orzuyimiz va burchimiz. Biz bugun ularga qanday muhit yaratib bersak, ertaga ular shunday buyuk kelajakni barpo etishadi.
Toʻlanayotgan har bir soliq – bugungi kichkina fuqarolarimizning katta kelajagi uchun qoʻyilgan mustahkam poydevordir.
🏢Zamonaviy maktablar va bogʻchalar: Bolalarimiz sifatli taʼlim-tarbiya olishi uchun.
🏥Shinam shifoxonalar:Ularning sogʻlom oʻsib-ulgʻayishi uchun.
🎡🎢🏕️Yashil bogʻlar va oʻyin maydonchalari:Bolalik davri quvnoq va xavfsiz oʻtishi uchun.
Soliq toʻlash kelajakni qurishdir! Bugun toʻlangan soliqlar ertaga farzandlarimizning baxtli tabassumi boʻlib oʻzimizga qaytadi.
Barcha bolajonlarimizni bugungi bayram bilan tabriklaymiz! Dunyodagi barcha bolalarning yuzi hamisha kulib tursin.
Facebook | Youtube | Web-site
26/05/2026
Chempionlarini kashf etishda muhim ahamiyatga ega musobaqa
Xabaringiz bor joriy yilning 15-may kunidan boshlab “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” hamda “Prezident Olimpiadasi” sport musobaqalarining 2-bosqichi ya’ni “Hokim Olimpiadasi”ga start beriladi.
Mazkur bosqichda tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoa sportchilar ishtirok etishadi. Musobaqalar 19 ta sport turi bo‘yicha tashkil etilib, stol tennis bo‘yicha musobaqalar bugun Shirin shahrida ko‘tarinki ruh va yuqori saviyada o‘tkazilmoqda.
Tashkil etilgan musobaqalarda viloyatning barcha shahar va tumanlaridan saralab olingan iqtidorli sportchilar ishtirok etib, g‘oliblik uchun murosasiz bahs olib bormoqdalar.
Mazkur sport tadbiri yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, stol tennis sport turini yanada ommalashtirish, yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda. “Hokim Olimpiadasi” kelajak chempionlarini kashf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayni daqiqalarda musobaqa davom etmoqda.
23/05/2026
Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi, xalqqa tayanch!
Bugun mamlakatimiz soliq tizimida tub burilish davri kechmoqda. Sohaga tatbiq etilayotgan “Tekshiruvdan — servisga” tamoyili shunchaki shior emas, balki har bir soliq xodimining kundalik ish mezoniga aylandi.
Shirin shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i Munira Abduqayumova lavozimga tayinlangan ilk kunlardanoq hududdagi aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlari bilan bevosita, yaqindan muloqot qilishni o‘zining eng oliy maqsadi deb bildi.Biznes vakillari bilan kechayotgan samimiy suhbatlarda soliq qonunchiligiga qat’iy rioya etgan holda ish yuritishning afzalliklari, bu borada soliq idoralari har qadamda ularga yaqin maslahatgo‘y va ko‘makchi ekanligi alohida ta’kidlanmoqda.
Yaqinlashib kelayotgan ulug‘ ayyom — Qurbon hayiti munosabati bilan shahar aholisining kayfiyatini ko‘tarish, ularning dasturxonlari to‘kinligini ta’minlash bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir. Shu maqsadda arzonlashtirilgan oziq-ovqat savdo yarmarkalari tashkil etilmoqda. “Daladan dasturxonga” shiori ostida sarhil meva va sabzavotlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri, vositachilarsiz savdosi yo‘lga qo‘yilmoqda. M.Abduqayumova mazkur yarmarkalardagi sharoitlarni shaxsan ko‘zdan kechirib, narx-navoning barqarorligini o‘rgandi.
Bayram kunlarida bozorda sun’iy narx oshirilishining oldini olish maqsadida hamkor tashkilotlar vakillari bilan birgalikda doimiy tushuntirish va nazorat tadbirlarini olib borish belgilab olindi.
22/05/2026
Choʻntagingizdagi smart-yordamchi!
Bugungi raqamli davrda soliq majburiyatlarini bajarish va davlatdan keshbeklarni qaytarib olish har qachongidan ham osonlashdi. Bularning barchasi "Soliq" mobil ilovasi tufaylidir!
Xarid cheklarini skaner qiling va umumiy summaning 1 foizini hamyoningizga qaytarib oling. Bu shunchaki tejamkorlik emas, balki yashirin iqtisodiyotga qarshi birgalikda kurashishdir!
Mol-mulk va yer soliqlarini navbatda turmay, uydan chiqmasdan toʻlang.
Shaxsiy hisobingiz orqali soliqlardan qarzdorligingiz bor yoki yoʻqligini istalgan vaqtda tekshiring.
Agar sizga chek berishmasa yoki plastik karta qabul qilmasa, ilova orqali qonuniy huquqingizni himoya qilishingiz mumkin.
"Soliq" mobil ilovasi — bu shunchaki majburiyat emas, balki fuqarolik madaniyati va shaxsiy budjetingizni aqlli boshqarish vositasi.
Siz hali ham ushbu ilovadan foydalanmayapsizmi?
Hoziroq yuklab oling va zamonaviy soliq toʻlovchiga aylaning!
Soliq — kelajak sarmoyasi Biz toʻlayotgan soliqlar mamlakatimiz taraqqiyoti, yoʻllar obodligi, maktab va shifoxonalar qurilishi demakdir.