29/05/2026
Yuksak maʼrifatli avlod-III Renessans poydevori
Gurlan tumanida ta’lim tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar amaliy natijalar bermoqda. Bugungi k***a 45 ta ta’lim muassasasida 28251 nafar o‘quvchiga 2869 nafar pedagog ta’lim-tarbiya bermoqda. Pedagoglarning 731 nafari oliy, 806 nafari birinchi hamda 648 nafari 2-toifaga ega.
Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha ham muhim natijalarga erishildi. 320 nafar xorijiy til o‘qituvchisining 283 nafari B2 va C1 darajadagi xalqaro sertifikatlarga ega bo‘ldi. Xalqaro va milliy sertifikatga ega o‘quvchilar soni 196 nafarga yetdi.
“Coursera” platformasi orqali joriy yilning 5 oyida 12,5 ming nafar o‘quvchi bepul kurslarda tahsil oldi. Muhammad al-Xorazmiy vorislari dasturida 350 nafar o‘quvchi IT va ingliz tilini chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganmoqda.
Oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichi 65,3 foizni tashkil etdi. Bugungi kungacha 18 nafar bitiruvchi muddatidan oldin talabalikka qabul qilindi.
Gurlan tumani hokimligi
Axborot xizmati
29/05/2026
Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ogohlantiradi!
Hurmatli fuqarolar ta'qiqlangan ochiq suv havzalarida cho‘milmang!
Farzandlaringizga suzishni, suvda cho'milish qoidalarini o'rgating!
Suvda cho‘kish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar qurboniga aylanib qolmang!
26/05/2026
Gurlan tumani hokimi va o'rinbosarlarining tuman xalq qabulxonasi binosida o'tkaziladigan shaxsiy qabullar jadvali
Shaxsiy qabul o'tkaziladigan joy
Tuman Xalq qabulxonasi binosi (davlat xizmatlari markazi)
Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati
21/05/2026
Payshanba — yoshlar kuni munosabati bilan Gurlan tumanida “Ilm-fan qizlar nigohida” mavzusida rahbarlar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi
Mazkur uchrashuv yosh qizlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni bilim olishga hamda kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishga undash maqsadida o‘tkazildi.
Unda Gurlan tumani hokimi Ruslan O‘razbayev, tuman prokurori Bahrom Salayev hamda tegishli tashkilot rahbarlari ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi.
Tadbir davomida qizlarning ta’lim olishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, zamonaviy kasb va ilm-fan yo‘nalishlaridagi yutuqlar hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
21/05/2026
Gurlan tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi
Unda tuman hokimi Ruslan O‘razbayev, tuman prokurori Bahrom Salayev hamda tegishli tashkilot rahbarlari ishtirok etib, yoshlar bilan suhbat olib bordi.
Shuningdek, “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining tuman bosqichi g‘oliblari taqdirlandi.
🏆 G‘oliblar:
🥇 6-maktab — 100 mln so‘mlik vaucher
🥈 7-maktab — 75 mln so‘mlik vaucher
🥉 32-maktab — 50 mln so‘mlik vaucher
G‘oliblarga esdalik sovg‘alari ham topshirildi.
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning xorijiy tillarni puxta o‘rganishi hamda bilimli va salohiyatli avlod bo‘lib voyaga yetishi yo‘lida amalga oshirilayotgan bunday rag‘batlantirish ishlari davom etadi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
21/05/2026
Gurlan tumanida “Ommaviy sportni rivojlantirish, sport maktablarida olib borilayotgan ishlar va galdagi vazifalar” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman hokimi Ruslan O'razbayev, Milliy olimpiya qo‘mitasi viloyat bo‘limi rahbari Usmonjon Jumagaldiyev, sport maktablari vakillari, mahalla raislari, yoshlar yetakchilari, tibbiyot va ta’lim sohasi mutasaddilari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida hududda ommaviy sportni rivojlantirish, yoshlarni sportga keng jalb etish, sport maktablarida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda sohaga oid mavjud masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, sport infratuzilmasini yaxshilash, mahallalarda sport tadbirlarini ko‘paytirish va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha galdagi vazifalar belgilab olindi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati