09/05/2024
Yurtimizda 9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk g‘alabaning 79 yilligi keng nishonlanmoqda.
Ushbu qutlug‘ kun arafasida urushda jasorat ko‘rsatib, bashariyatni fashizm balosidan saqlab qolgan qahramon ota-bobolarimiz hamda front ortida mardona mehnat qilib, g‘alabani ta’minlashga munosib hissa qo‘shgan mard yurtdoshlarimiz xotirasiga yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatilmoqda.
Jang maydonlaridan omon qaytib, mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, Qashqadaryo viloyatidagi 8 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bugungi k***a ezgu duolari bilan e’zozu ehtiromda umrguzaronlik qilib kelishmoqda.
https://t.me/uzb_yuksalish_qashqadaryo/166
07/04/2024
Qashqadaryoliklar peshqadam
2024-yil tashabbusli budjet loyihasi 1-mavsumida Yakkabog‘ tumani “Qo‘shchinor” mahallasi 14918 ta ovoz bilan respublikada birinchi bo‘ldi. Shuningdek, respublika bo‘ylab rekord darajadagi eng ko‘p ovoz to‘plangan hudud Qashqadaryo. Jami 1 562,3 mingta (44 foiz) ovoz to‘plandi.
Qashqadaryo viloyatiga 1-mavsumda 253 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi, 2188 ta loyihalar saralab olindi, 152 ta mahalla bo‘yicha 183 ta loyiha g‘olib bo‘ldi.
Qashqadaryo viloyati miqyosida tashabbusli budjetga doir asosiy ko‘rsatkichlar bilan tanishing.
“Yuksalish” harakati Qashqadaryo bo‘linmasi
25/03/2024
Sel kelish xavfi yuzaga kelganda qanday harakatlanish lozim?
Ma’lumki, Qashqadaryo viloyatining tog‘li hududlari sel kelishi xavfi yuqori bo‘lgan hududlardan hisoblanadi.
Shunga ko‘ra, “Yuksalish” harakati Qashqadaryo viloyati bo‘linmasi soha ekspertlarini jalb etgan holda sel xavfi bo‘lganda aholining harakati bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqdi.
❗️Sel xavfi mavjud hududlarda yashovchi fuqarolardan ushbu tavsiyalarga rioya qilishlarini so‘rab qolamiz!
“Yuksalish” harakati Qashqadaryo bo‘linmasi
08/03/2024
“Yuksalish” harakatining Qashqadaryo bo‘linmasi viloyatning boshqaruvdagi rahbar ayollari TOP-20 reytingini e’lon qilmoqda.
Reytingni shakllantirishda 100 nafardan ortiq nomzod faoliyati tahlil qilindi. Ularning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlar rivojiga salmoqli hissa qo‘shayotgani inobatga olindi.
Reytingga kiritilgan ayollar turli sohalarda faoliyat yuritadi, jumladan, hokimlikda - 3 nafar, idoralar va markazlarda – 9 nafar, ta’lim sohasida – 3 nafar, huquq-tartibot organlarida – 2 nafar hamda moliya, jurnalistika, tibbiyot sohalarida – 1 nafardan.
Reytingdagi rahbar ayollar tanlagan kasbida endigina faoliyatini boshlab, kelajagini davlat boshqaruvida ko‘rayotgan yoshlar uchun namunadir.
06/02/2024
Qashqadaryo viloyatida yashovchi turli millatlar tarkibi to‘g‘risida quyidagi infografikada tanishing.
30/01/2024
📣E'lon
Bugun global axborot makonida Markaziy Osiyo mamlakatlariga oid tarixiy va siyosiy ahamiyatli faktlar buzib koʻrsatilayotganiga, turli yolg'on axborotlar tez-tez tarqatilayotganiga guvoh boʻlmoqdamiz.
Tobora avj olayotgan axborot xurujlariga munosib javob berish, axborot suverenitetini ta'minlash va sifatli tahliliy axborotlar oqimini ko'paytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida “Yuksalish” harakati
“O'ZBEKISTONNING AXBOROT MAKONI: DOLZARB MASALALAR VA ULARNING YECHIMLARI" mavzusida jamoatchilik muhokamasini o'tkazadi.
Muhokama tadbirida tegishli davlat idoralari va tashkilotlari, fuqarolik jamiyati, OAV vakillari hamda milliy va xorijiy ekspertlar ishtirok etadi.
📍Vaqti va joyi:
2024-yil 30-yanvar, soat 15:00. Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi 1-uy, “NNTlar uyi” 0-qavat
⬆️ Ushbu tadbir AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtiriladigan "Markaziy Osiyodagi ijtimoiy innovatsiyalar" dasturi doirasida Yevroosiyo jamg'armasi ko'magida tashkil etiladi.
__________________________
📣Объявление
Сегодня мы становимся свидетелями того, как страны Центральной Азии часто сталкиваются с искажением исторически и политически важных фактов, а также наблюдаются различные виды дезинформации в информационном пространстве.
В целях конструктивного реагирования на возрастающие информационные атаки, а также разработки предложений и рекомендаций по вопросам обеспечения информационного суверенитета и увеличения потока качественной аналитической информации Движением «Юксалиш» планируется проведение общественного обсуждения на тему:
«ИНФОРМАЦИОННОЕ ПРОСТРАНСТВО УЗБЕКИСТАНА: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ И ПУТИ ИХ РЕШЕНИЯ».
В мероприятии примут участие представители соответствующих государственных органов и ведомств, институтов гражданского общества, СМИ, а также национальные и зарубежные эксперты.
📍Время и место:
30 января 2024 г., 15:00. Город Ташкент, улица Фурката 1, «Дом ННО» 0-й этаж.
⬆️ Данное мероприятие организуется при поддержке Фонда Евразия в рамках программы «Социальные инновации в Центральной Азии», финансируемой Агентством США по международному развитию (USAID).