🌙Hayit namozi vaqtida fuqarolar xavfsizligi to'liq ta'minlandi
Barcha yurtdoshlarimizni Ramazon hayiti bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz!
Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati
Namangan viloyati IIB YHXB
Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy burchimiz!
30/03/2025
🌙Ramazon hayiti muborak
Hayit namozi vaqtida Namangan shahar, Davlatobod va Yangi Namangan tumanlaridagi masjidlar atrofida yo‘l harakati xavfsizligi hamda jamoat tartibi ishonchli taʼminlandi.
Barcha yurtdoshlarimizni Ramazon hayiti bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz!
Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati
E'LON
☪️ Hurmatli hamyurtlar, Ramazon hayiti namozi o‘qilishi munosabati bilan viloyatimiz hududidagi ayrim yo‘llarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi
Batafsil videoda
Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati
29/03/2025
E'LON
☪️ Hurmatli hamyurtlar, Ramazon hayiti namozi o‘qilishi munosabati bilan viloyatimiz hududidagi ayrim yo‘llarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi
📌Namangan shahar hokimining 2025-yil 27-mart kungi farmoyishiga asosan “Hayit namozi” vaqtida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash hamda ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida 30-mart kuni tungi soat 02:00dan tonggi 10:00gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida
📍Namangan shahri, Davlatobod va Yangi Namangan tumanlarining Q.Otamirzayev, Marg‘ilon, Qo‘qon, G'irvonsoy, To‘raqo‘rg‘on, Axsi, Minora, G‘alaba, Chortoq, Hamroh, Oromgoh, Yangiqo‘rg‘on va Sohibkor ko‘chalari bo‘ylab avtomashinalar harakati vaqtincha cheklanishini maʼlum qilamiz.
🕌Viloyat hududidagi boshqa masjidlar oldida ham zarurat tugʻilganda transport vositalarining harakati cheklanadi.
🌙Namangan viloyati IIB JXX YHXB jamoasi barcha yurtdoshlarimizni Ramazon hayiti bilan muborakbod etadi hamda hayit namozini o‘qish uchun masjidlarga kelib-ketish vaqtida harakat xavfsizligiga va jamoat tartibini saqlashga rioya qilib, imkon qadar shaxsiy transport vositalaridan foydalanmaslikni so‘raydi.
Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati
Yo‘l harakati qoidalarini buzish jazosiz qolmaydi
Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati
Driftchining avtomashinasi jarima maydonida
Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati
Haydovchilar YPX inspektorlari tomonidan to'xtatilganidan xursand
Navro'z umumxalq bayrami munosabati bilan Namangan viloyati IIB JXX xodimlari haydovchilarga maxsus tabriknomalar ulashishdi
Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati
21/03/2025
Navro‘z bayrami munosabati bilan yo‘llarda bayramona kayfiyat
21-mart — Navro'z umumxalq bayrami munosabati bilan Namangan viloyati IIB JXX xodimlari haydovchilarga bayram tabriklarini yetkazishdi.
Shahar ko‘chalarida xizmat olib borayotgan inspektorlar haydovchilarni to‘xtatib, ularga maxsus tayyorlangan bayram tabriknomalarini ulashishdi.
Samimiy tilaklar bildirib, yo‘llarda xavfsiz harakatlanish muhimligini haydovchilarga yana bir bor eslatib o‘tishdi.
Bayram tadbirlari davom etmoqda.
Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati
Navro‘z bayrami bolajonlar uchun unutilmas bo‘ldi
Davlatobod tumani 23-sonli DMTTda Navro‘z bayrami katta shodiyonaga aylandi. Bayramona bezatilgan bog‘chada bolajonlar kuy-qo‘shiq aytib, raqs tushib, bahor nafasini his etdilar. Ularning beg‘ubor tabassumi va jo‘shqin chiqishlari barchaga bayram kayfiyati ulashdi.
Bayramning eng qiziqarli qismi YHXB xodimlari tomonidan tashkil etilgan yo‘l harakati qoidalariga oid o‘yinlar bo‘ldi. Inspektorlar bolalarga yo‘l belgilari, xavfsizlik qoidalari haqida qiziqarli ma'lumotlar berishdi. Bolajonlar esa savollarga chaqqonlik bilan javob berib, o‘z bilimlarini namoyish etdilar. Ularning faolligi va zukkoligi inspektorlarni ham quvontirdi.
Ta'kidlash joizki, bu kabi tadbirlar bolalarning milliy qadriyatlarimizga bo'lgan mehrini oshirish bilan birga, ularda yo‘l harakati madaniyatini shakllantirishda ham muhim rol o‘ynaydi.
Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti mutaxassislari tomonidan Namangan viloyati IIB JXX YHXB shaxsiy tarkibi uchun sayyor o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi
Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati
Click here to claim your Sponsored Listing.
Location
Category
Website
Address
Islom Karimov
Namangan
Opening Hours
| Monday | 09:00 - 17:00 |
| Tuesday | 09:00 - 17:00 |
| Wednesday | 09:00 - 17:00 |
| Thursday | 09:00 - 17:00 |
| Friday | 09:00 - 17:00 |
| Saturday | 09:00 - 17:00 |
