Namangan suv ta'minot AJ

Namangan suv ta'minot AJ

Share

Namangan suv taʼminot AJ rasmiy sahifasi

Photos from Namangan suv ta'minot AJ's post 06/06/2026

Namangan viloyat prokurorining oʻrinbosari A.Nurmatov rahbarligida ichimlik suvidan boʻlgan debitor qarzdorliklarni qisqartirish va aholini ichimlik suvi bilan taʼminlashda yuzaga kelayotgan masalalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.

Xususan, oʻtkazilgan yigʻilishda «Namangan suv taʼminoti» AJ hamda uning hududiy filial rahbarlari, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi rahbariyati va sohaga masʼul inspektorlari hamda ichimlik suvidan qarzdorligi mavjud yirik isteʼmolchilar ishtirok etdilar.

Tahliliy va tanqidiy ruhda oʻtkazilgan yigʻilishda yoʻl qoʻyilayotgan xato va kamchiliklar borasida masʼul xodimlarning izohlari tinglanib, mavjud debitor qarzdorliklarni qisqartirish, undiruv ishlarini jadallashtirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi hamda yirik qarzdorlar bilan nomma-nom suhbatlashilib, kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan ishlar belgilab olindi.

Photos from Namangan suv ta'minot AJ's post 05/06/2026

Qarzdorliklarni undirish bo‘yicha reyd tadbirlari davom etmoqda

“Namangan suv ta’minoti” AJ tomonidan ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari uchun mavjud debitor qarzdorliklarni kamaytirish, iste’molchilar o‘rtasida to‘lov intizomini mustahkamlash hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlarning uzluksizligini ta’minlash maqsadida reyd tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Joriy yilning iyun oyi boshidan buyon jamiyatning shahar va tuman filiallari tomonidan aholi iste’molchilari bilan ishlash borasida qator amaliy choralar ko‘rildi. Xususan, 282 ta holat bo‘yicha jami 256,1 million so‘m qarzdorligi mavjud bo‘lgan iste’molchilarga ogohlantirish talabnomalari topshirildi.

https://t.me/uzsuvnamangan/15604 To'liq 👈

Photos from Ўзсувтаъминот Акциядорлик Жамияти's post 05/06/2026
Photos from Namangan suv ta'minot AJ's post 26/05/2026

Qurbon hayiti munosabati bilan ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olindi

Qurbon hayiti bayrami arafasida “Namangan suv ta’minoti” AJ tomonidan ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida xayriya tadbirlari tashkil etilmoqda.

Xususan, jamiyat direktori Uchqo‘rg‘on tumanining “Yog‘du” mahallasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar xonadonlarida bo‘lib, ularning holidan xabar oldi hamda muammo va ehtiyojlari bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, oilalarga bayram dasturxoni uchun oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

“Namangan suv ta’minoti” AJ Axborot xizmati

Photos from Namangan suv ta'minot AJ's post 25/05/2026

“Namangan suv ta’minoti” AJ direktori 41-umumiy o‘rta ta’lim maktabida so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirida ishtirok etdi

Bugun yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablarida o‘quv yili yakunlanib, “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Namangan viloyatidagi 720 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarini bu yil qariyb 40 ming nafarga yaqin o‘quvchi-yoshlar tamomlamoqda. Ularning orasida yuzlab oltin va kumush medal sohiblari, shuningdek, muddatidan oldin oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan iqtidorli yoshlar borligi barchamiz uchun faxr va iftixordir.

“Namangan suv ta’minoti” AJ direktori Muxtorjon Xodjiyev Namangan shahridagi 41-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etib, Prezidentimizning bitiruvchi yoshlar uchun bildirilgan tabrik yo‘llovini o‘qib esh*ttirdi.

Shuningdek, maktabda namunali xulqi, a’lo baholari hamda turli yutuqlari bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelgan bitiruvchilar va ularning ota onalari munosib ragʻbatlantirildi.

Yoshlarning kelajakdagi ulkan muvaffaqiyatlari, yurt ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlarida omad va zafarlar tilandi.

“Namangan suv ta’minoti” AJ Axborot xizmati

Want your business to be the top-listed Government Service in Namangan?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Address


Namangan Shahar, Xurriyat Ko'chasi, 66-uy
Namangan
160100