Navoiy viloyati statistika boshqarmasi

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi

Share

Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Navoiy viloyati statistika boshqarmasi, Government Building, Navoi.

26/05/2026

🌙 Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!

✨ Navoiy viloyati statistika boshqarmasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni Qurbon hayiti bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!

Xonadonlaringizdan tinchlik - osoyishtalik, mehr-oqibat va fayz-u baraka arimasin. Qalblaringizni quvonch, hayotingizni esa baxt va omad tark etmasin.

Photos from Navoiy viloyati statistika boshqarmasi's post 26/05/2026

✨Qurbon hayiti arafasida saxovat va mehr ulashildi

Qurbon hayiti – inson qalbini ezgulik, mehr-oqibat va saxovatga chorlaydigan ulug‘ ayyomdir. Ushbu muborak kunlar munosabati bilan Navoiy viloyat statistika boshqarmasi tomonidan ehtiyojmand oilalar, boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar hamda yolg‘iz yashovchi insonlarga xayriya yordamlari ko‘rsatildi.

Xayriya tadbiri davomida ularga zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari topshirilib, bayram shukuhi va e’tibori ulashildi.

Bunday ezgu tashabbuslar jamiyatda mehr-muruvvat, hamjihatlik va insoniy qadriyatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Photos from Navoiy viloyati statistika boshqarmasi's post 07/05/2026

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Joriy yilning 7- may kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan yurtimiz ravnaqi va taraqqiyoti yo‘lida fidokorona mehnat qilgan keksa avlod vakillari, nuroniylar va mehnat faxriylari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Faxriylar tadbir ishtirokchilari bilan o‘zlarining boy hayotiy tajribalari, yurt va xalq manfaati yo‘lida qilgan fidokorona xizmatlari hamda saboqli hayot yo‘llari haqida samimiy fikr va tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi. El-yurt ravnaqi uchun qilinayotgan har qanday mehnat – eng ulug‘ qadriyat ekani ta’kidlandi.
Samimiy muloqot va mehr-muruvvat ruhida o‘tgan tadbir barcha ishtirokchilarda ijobiy taassurot qoldirdi. Tadbir yakunida esa faxriylar bilan esdalik uchun umumiy suratga tushildi.

👇🏻
Rasmiy sahifalar
| Facebook (https://www.facebook.com/navstat.uz)
| Telegram (https://t.me/navstat_uz)
| Instagram (https://www.instagram.com/navstat.uz/)
| Youtube (https://www.youtube.com//videos)

29/04/2026

🏗 Navoiy viloyatida qurilish ishlari hajmi 25 foizga oʻsdi

🏢 Statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizda jami 3 164 mlrd soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

📈 Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 25 foizga oshgan.

Qurilish ishlari hajmi yillar kesimida quyidagicha (yanvar-mart):

— 2022-yil – 1 076,6 mlrd soʻm;

— 2023-yil – 1 240,3 mlrd soʻm;

— 2024-yil – 2 012,8 mlrd soʻm;

— 2025-yil – 2 405,5 mlrd soʻm;

— 2026-yil – 3 164 mlrd soʻm.

👇🏻

Rasmiy sahifalar

| Facebook (https://www.facebook.com/navstat.uz)
| Telegram (https://t.me/navstat_uz)
| Instagram (https://www.instagram.com/navstat.uz/)
| Youtube (https://www.youtube.com//videos)

28/04/2026

💰 Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi

🏢 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-mart oylarida Navoiy viloyatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 12,9 trln so‘mni tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,2 trln so‘mga yoki 62,9 % ga oshgan.

👇🏻

(https://www.youtube.com//videos)Rasmiy sahifalar

| Facebook (https://www.facebook.com/navstat.uz)
| Telegram (https://t.me/navstat_uz)
| Instagram (https://www.instagram.com/navstat.uz/)
| Youtube (https://www.youtube.com//videos)

28/04/2026

Navoiy viloyatida chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar qaysi sohalarda faoliyat yuritmoqda?

🏢 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-aprel holatiga viloyatimizda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 314 ta korxona faoliyat yuritmoqda.

Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha soni quyidagicha:

− sanoat sohasida – 178 ta;

− savdo sohasida – 43 ta;

− qurilish sohasida – 25 ta;

− qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 18 ta;

− axborot va aloqa sohasida – 15 ta;

− tashish va saqlash sohasida – 8 ta;

− sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 3 ta;

− yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 2 ta;

− boshqa sohalarda – 22 ta.

👇🏻

(https://www.youtube.com//videos)Rasmiy sahifalar

| Facebook (https://www.facebook.com/navstat.uz)
| Telegram (https://t.me/navstat_uz)
| Instagram (https://www.instagram.com/navstat.uz/)
| Youtube (https://www.youtube.com//videos)

Photos from Navoiy viloyati statistika boshqarmasi's post 27/04/2026

📌 O‘RQ–1135-son Qonuni yuzasidan huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Joriy yilning 27-aprel kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida tizim xodimlari ishtirokida O‘RQ–1135-son Qonuni mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida navbatdagi huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida boshqarma bosh yuriskonsulti tomonidan mazkur qonunning asosiy yo‘nalishlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Xususan, qonunda kam ta’minlangan shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish, ularning huquqlarini kengaytirish hamda huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan normalar bandma-band yoritib berildi.

Mazkur huquqiy targ‘ibot tadbiri xodimlarning huquqiy bilim va savodxonligini oshirish, qonunchilik hujjatlari mazmunini chuqur anglash hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi.
👇🏻

(https://www.youtube.com//videos)Rasmiy sahifalar

| Facebook (https://www.facebook.com/navstat.uz)
| Telegram (https://t.me/navstat_uz)
| Instagram (https://www.instagram.com/navstat.uz/)
| Youtube (https://www.youtube.com//videos)

24/04/2026

Korxonalar va tashkilotlar soni bo‘yicha qaysi hududlar yetakchi?

🏢 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-aprel holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar va tashkilotlar soni 21 565 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashil etdi.

📊 Ularning soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 262 taga yoki 11,7 foizga oshgan.

Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni:

🔸 Navoiy shahri – 5 433 ta

🔸 Zarafshon shahri – 1 462 ta

🔸 G‘ozg‘on shahri – 471 ta

🔸 Konimex tumani – 1 017 ta

🔸 Qiziltepa tumani – 2 838 ta

🔸 Navbahor tumani – 1 996 ta

🔸 Karmana tumani – 3 527 ta

🔸 Nurota tumani – 1 440 ta

🔸 Tomdi tumani – 495 ta

🔸 Uchquduq tumani – 716 ta

🔸 Xatirchi tumani – 2 170 ta.

👇🏻

(https://www.youtube.com//videos)Rasmiy sahifalar

| Facebook (https://www.facebook.com/navstat.uz)
| Telegram (https://t.me/navstat_uz)
| Instagram (https://www.instagram.com/navstat.uz/)
| Youtube (https://www.youtube.com//videos)

23/04/2026

📊 To‘qimachilik mahsulotlari eksport hajmi

🏢 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Navoiy viloyati 2026-yilning yanvar-fevral oylarida xorijga 6,3 mln AQSH dollarilik to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilgan.

📈 Ushbu ko‘rsatkich umumiy eksportning 2,5 foizini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 37,4 foizga oshgan.

✨ Toʻqimachilik mahsulotlari eksportida yuqori ulush kiyim-kechak mahsulotlari (87,0 %) hamda sintetik, jun tolalar (9,0 %) hissasiga toʻgʻri kelgan.

👇🏻

(https://www.youtube.com//videos)Rasmiy sahifalar

| Facebook (https://www.facebook.com/navstat.uz)
| Telegram (https://t.me/navstat_uz)
| Instagram (https://www.instagram.com/navstat.uz/)
| Youtube (https://www.youtube.com//videos)

Want your business to be the top-listed Government Service in Navoi?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Telephone

Address


Navoi

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00