Parkent tuman axborot-kutubxona markazi

Parkent tuman axborot-kutubxona markazi

Share

Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Parkent tuman axborot-kutubxona markazi, Library, Toshkent viloyati, Parkent tumani, A. Navoiy ko'chasu, Parkent.

Photos from Parkent tuman axborot-kutubxona markazi's post 21/05/2026

Kutubxonamizga tashrif
Bugun 21-may kuni Parkent tuman Axborot-kutubxona markaziga 57-umumta’lim maktabining 3-"b"sinf o‘quvchilari va o‘qituvchisi boshchiligida sayohat uchun tashrif buyurdi.
Ilm ostonasiga ilk qadamlarini qo‘ygan kichik kitobxonlar kutubxona olami, uning boy kitob fondi va o‘quv zallari bilan yaqindan tanishdi.
Sayohat davomida kutubxona xodimlari o‘quvchilarga kitobxonlik madaniyati, kitoblarni asrab-avaylash qoidalari haqida qiziqarli ma’lumotlar berdi.
Ilk bor kutubxonaga kelgan ushbu kichik kitobxonlarning ko‘zidagi quvonch va kitobga bo‘lgan qiziqishi barchamizni quvontirdi.
Kelajagimiz egalari bo‘lgan ushbu bilimdon o‘quvchilarga va ularning ustoziga tashrif uchun minnatdorchilik bildirildi.

Photos from Parkent tuman axborot-kutubxona markazi's post 21/05/2026

2026-yil 20-may
⏰ Tadbir Kutubxona bu ma’naviyat maskani, tafakkur chirog’i va qalblarni ezgulikka chorlovchi mo’tabar dargohdir.Ana shu maskanda fidoyilik bilan xizmat qilayotgan insonlar esa ma’rifatning chinakkam posbonlaridir. 21 - may "Kutubxonachilar kuni" munosabati bilan Parkent tumani axborot - kutubxona markazi xodimlari hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida " Ma'rifat maskani fidoyilari" nomli tadbir bo'lib o'tdi. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi - kitobxonlik madaniyatini targ'ib qilish, ma'rifat yo'lida fidokorona xizmat qilayotgan kutubxonachilar mehnatini e'tirof etishdan iborat bo'ldi. Tadbirni Parkent tumani axborot - kutubxona markazi direktori Muhayyo Ahmedova ochib berib, kutubxonachilarni ushbu ayyom bilan chin qalbdan muborak etib, yoshlar qalbiga ezgulik urug'ini qadovchi fidoyi insonlar ekanini alohida ta'kidlab o'tdilar. Toshkent viloyati "Turon" axborot -kutubxona markazidan tashrif buyurgan xizmat rahbarlari ham kutubxonachilarning zahmatli va sharafli mehnatini a'lohida e'tirof etib, kitoblar sovg'a qildi. Tadbirga tashrif buyurgan hamkor tashkilotlar Parkent tumani Ma'naviyat bo'limi hamda Parkent tumani Iste'molchilarni himoya qilish jamiyati rahbarlarining kutubxonachilar uchun bildirgan tilaklari hamda sovg'alari alohida e'tirofga loyiqdir. Tadbir davomida hamkor maktab o‘quvchilari tomonidan turli badiiy chiqishlar, she’rlar va go‘zal raqslar namoyish etildi. Tadbirning taqdirlash qismida ushbu sohada ko'p yillardan beri faoliyat yuritgan faxriylar hamda barcha Parkent AKM xodimlari tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi. Tadbir so'ngida esa tuman Madaniyat markazi xodimlari tomonidan ijro etilgan ajoyib taronalar barchaga ko'tarinki kayfiyat baxsh etib, raqsga chorladi. Ushbu tadbir kutubxona xodimlari uchun unutilmas onlarga aylandi desak adashmagan bo'lamiz

21/05/2026
21/05/2026

Parkent tumani axborot-kutubxona markazi axborot-bibliografiya xizmati bibliografi O'ktamova Husnora tomonidan Bolalar qalbining sevimli adibi Safar Barnoyev tavalludiga bag'ishlangan kitob ko'rgazmasi🌟

Photos from Parkent tuman axborot-kutubxona markazi's post 21/05/2026

Davra suhbati
✍️ Parkent tumani axborot-kutubxona markaziga faol kitobxon onalar tashrif buyurishdi.
"Ma'rifatli ayol-ma'rifatli oila" shiori ostida "Kitobxon onalar" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Photos from Parkent tuman axborot-kutubxona markazi's post 21/05/2026

Davra suhbati

Photos from Parkent tuman axborot-kutubxona markazi's post 21/05/2026

‘l-yo‘lakay_kitob_o‘qiymiz

Photos from Parkent tuman axborot-kutubxona markazi's post 21/05/2026

O'rganish Kutubxona - inson qalbini nurga, tafakkurini yuksaklikka yetaklovchi muqaddas maskandir. Bugungi k***a kutubxona nafaqat kitob o'qiladigan joy, balki yoshlarning dunyoqarashi kengayadigan, ijodiy fikrlashi rivojlanadigan maskan sifatida ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Joriy yilning 13 - may kuni Parkent tumani axborot - kutubxona markaziga Parkent tumani XDP dan Ubaydullayeva Yulduz, Parkent tumani O'zLiDeP dan Mahmudova Baxtinisa, Parkent tumani EPdan Yoqubova Husnoralar kutubxonaga tashrif buyurdi. Oʻrganish davomida ularga kutubxona faoliyati, kitobxonlar soni, umumiy fondi, kutubxonaga a'zo bo'lish tartiblari, kitoblarga ishlov berish jarayon va tartiblari haqida ma'lumotlar berildi. Kutubxonada davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar va turli tanlovlarni tashkil etilib, kitobxonlik madaniyati keng targ'ib qilinishlari haqida aytib o'tildi. Kutubxona faoliyatini oʻrganish jarayonida xodimlarning kasbiy mahorati, kitobxonlar bilan ishlash usullari hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish darajasiga alohida eʼtibor qaratildi.Bu esa xizmat sifatini oshirish va kitobxonlar ehtiyojini oshirishga xizmat qiladi.

Photos from Parkent tuman axborot-kutubxona markazi's post 21/05/2026

Nogironligi bo'lgan shaxslarga ko'rsatiladigan axborot-kutubxona xizmati sifatini yaxshilash, ularning axborotga bo'lgan qiziqishini orttirish maqsadida, Parkent tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari Mahkamov Sardor holidan xabar olib, axborot - kutubxona markazi va kutubxonadagi yangi adabiyotlar bilan tanishtirdi.

Photos from Parkent tuman axborot-kutubxona markazi's post 21/05/2026

Bugungi k***a jamiyatimizda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yoshlarni kitobga oshno qilish, maʼnaviy muhitni mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ana shunday ezgu ishlar doirasida tumanimi bosh imom xatibi Toʻychiyev Mirshavkat domla hamda diniy qoʼmita rahbari Farhod Oʻrinboyevlar tomonidan kutubxonamizga kitoblar uchun zamonaviy javon sovgʻa qilindi

Want your business to be the top-listed Government Service in Parkent?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Category

Telephone

Website

Address


Toshkent Viloyati, Parkent Tumani, A. Navoiy Ko'chasu
Parkent
111300