30/04/2026
G‘uzorda “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilishiga start berildi
Qurilish ishlariga start berish jarayonida viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi rahbarlar, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqan viloyat rahbari ushbu loyihaning ahamiyatiga to‘xtalib, uning kelgusida tuman rivojiga katta hissa qo‘shishini ta’kidladi.
Shundan so'ng nuroniylar tomonidan qilingan duolar va ezgu tilaklar ostida qurilish ishlariga ramziy start berildi. Mazkur massivda ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy soha obyektlari, savdo markazi, yashil hududlar va zamonaviy infratuzilma barpo etilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, tuman hokimi tomonidan ko‘p qavatli uylar hamda renovatsiya dasturi doirasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan ham batafsil ma’lumot berildi.
29/04/2026
Ғузорда яна бир тарихий воқеа - “Янги Ўзбекистон” массиви қурилишига старт берилди
Бу лойиҳа нафақат замонавий уй-жойлар барпо этиш, балки, аҳоли учун қулай, хавфсиз ва барқарор яшаш муҳитини яратишга қаратилган.
Тантанали тадбирда вилоят ҳокими Муротжон Азимов ҳам иштирок этмоқда
29/04/2026
Qarshi shahrida xalqaro darajadagi zamonaviy suv sporti saroyi tantanali ravishda ochildi
Xabar berganimizdek, bugun Prezidentimiz tashabbuslari bilan Qarshi shahrida xalqaro talablar asosida qurilgan, xalqaro darajadagi musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish imkonini beruvchi muhtasham suv sporti saroyining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya Milliy agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy Paralimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, World aquatics byurosi aʼzosi Shahnoza Mirziyoyeva, Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov, Kasaba uyushmalari hamda Uzbekistan aquatics federatsiyalari raisi Qudratilla Rafikov, Sport vaziri Adham Ikramov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, qator xorijiy davlatlar kasaba uyushmalari delegatsiyalari, suzish bo'yicha ikki karra Olimpiya o'yinlari sovrindori bo'lgan sportchi, "Suv parisi - 2026" xalqaro turniri ishtirokchilari, deputatlar va el ardog'ida bo'lgan faxriylar, yozuvchi hamda shoirlar, sportchilar va ularning murabbiylari ishtirok etdi.
Mazkur suv sporti saroyida 50x21 metr o‘lchamdagi asosiy suzish havzasi, 16x16 o'lchamli 10 metr balandlikdan suvga sakrash havzasi, bolalar uchun 2 ta 6x12 metrli basseynlar, fitnes va majlis zallari, ma'muriyat va media xonalari hamda yordamchi infratuzilmalar mavjud. Shuningdek, tomoshabinlar uchun 700 o‘rinli tribuna, kirish qismida katta zal, dush va kiyim almashtirish xonalari, sauna va dam olish xonalari barpo etilgan. Barcha uskuna va jihozlar dunyoning yetakchi, ishonchli va mashhur ishlab chiqaruvchi kompaniyalari tomonidan, xususan, Xitoy, Italiya, Ispaniya, Germaniya va AQSH kompaniyalarining eng zamonaviy suv filtrlari, nasoslari, isitish va ventilyatsiya tizimlari bilan jihozlangan.
Shuningdek, ochilish marosimi davomida joriy yilning 25-27-aprel kunlari poytaxtimizda o'tkazilgan sinxron suzish bo'yicha "Suv parisi - 2026" ochiq xalqaro turnirining g'oliblarini tantanali taqdirlash marosimi ham o'tkazildi. Bundan tashqari mezbon O'zbekiston, xorijiy Qozog'iston, Rossiya va Belarus kabi davlatlardan kelgan suv parilari ishtirokidagi chiqishlar hamda kuy-qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bag'ishladi.
28/04/2026
Mendan ko‘pincha: “Prezidentimiz shuncha kuch va g‘ayratni qayerdan oladilar?” – deb so‘rashadi.
Men doim: “Xalqimizdan”, – deb javob beraman.
—
Меня часто спрашивают: «Откуда наш Президент берёт столько сил и энергии?»
Я всегда отвечаю: «От нашего народа».
—
I am often asked: “Where does our President find so much strength and energy?”
I always answer: “From our people.”
20/04/2026
📸 Foto | Qashqadaryoda start berilgan “Media haftalik” tadbiridan