Paxtachi tumanida bunyodkorlik!
Fay mahallasi hududidan o‘tuvchi Davlat ahamiyatiga ega umumfoydalanuvdagi D077 (4 R 185) “M-37 avtomobil yo'lida hozirgi k***a asfalt yotqizish ishlari yakuniga yetkazish ishlaridan lavha.
Biz:👉 http://myurls.co/paxtachi
Paxtachi tuman hokimligi
Paxtachi Ziyovuddin yangiliklar t.me/Ziyovuddin_Paxtachi t.me/Ziyovuddin_Paxtachi
Paxtachi tumanida bunyodkorlik!
Toshquvur zavurida dam olish maskani barpo etilmoqda.
Paxtachi tumanida bunyodkorlik!
M-37 xalqaro avtomobil yoʻlining atrofida olib borilayotgan qurilish ishlaridan lavha.
Biz:👉 http://myurls.co/paxtachi
27/05/2026
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh!
"Iydi Qurbon" haj ibodatlarining tamom bo'lgani munasabati bilan va Allohning yo'lida har qanday qurbon berishga tayyorlikni izhor qilish uchun shariatga kiritilgan bayramdir.
Alloh hojilarni ibodatlarini, qurbonlik qiluvchilarni qurbonligini qabul qilib, yurtimizni tinchligini mustahkam xalqimizni farovonligini ziyoda aylasin.
Iydi qurbon muborak bo'lsin!
Isomiddin Isayev
Paxtachi tumani bosh imom xatibi
Biz👉http://myurls.co/paxtachi
27/05/2026
Assalomu alaykum aziz tumandoshlar!
Sizlarni butun musulmon ahli uchun eng ulug‘ va muborak ayyomlardan biri — Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Ushbu qutlug‘ bayram kunlarida har bir xonadonga tinchlik, fayzu baraka, mehr-oqibat va qut-baraka yor bo‘lsin. Yurtimiz osmoni doimo musaffo, xalqimiz hayoti farovon bo‘lishini tilayman.
Qalblaringizdagi ezgu niyatlar amalga oshib, xonadonlaringizdan quvonch va baxt arimasin.
QURBON HAYITI BARCHAMIZGA MUBORAK BO‘LSIN!
Hurmat bilan,
Paxtachi tumani hokimi
Qayum Norbekovich Xushbakov
Paxtachida Qurbon hayiti bayrami arafasida "Vaqf" fondi tomonidan mehr va saxovat ulashilmoqda
Qurbon hayiti bayrami arafasida yurtimizda mehr-oqibat, saxovat va inson qadri ulug‘lanayotgan ezgu kunlar yanada keng quloch yozmoqda.
Prezidentimizning 2026-yil 21-maydagi “Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va mehr-saxovat tadbirlarini samarali tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-196 son Qarori asosida joylarda keng ko‘lamli xayriya va ko‘mak tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Tumandagi 1173 ta davlat ta’minotidagi oilalar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi keksalar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilmoqda.
Har bir eshik qoqilishi ortida mehr, har bir uzatilgan saxovat ortida inson qadri mujassam.
Biz👉http://myurls.co/paxtachi
26/05/2026
DXX KUBOGI G'OLIBLARI TAQDIRLANDI
🇺🇿Paxtachi tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida yosh yigit va qizlar o’rtasida sportning futbol va mini futbol turlari bo‘yicha o‘tkazilgan “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqalari yakunlandi.
✅Natijalarga ko‘ra, sportning katta futbol turi bo‘yicha
🏆1-o‘rin — Dabusqal'a MFY jamoasiga
🥈2-o‘rin — Suluvqo'rg'on MFY jamoasiga
🥉3-o‘rin — Mirzo Olim MFY jamoasiga nasib etdi.
⚽️Mini futbol turi bo‘yicha tuman bosqichining 16-30 yosh qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarida esa,
🏆1-o‘rinni — Amirobod MFY jamoasi
🥈2-o‘rinni — Tadbirkor MFY jamoasi
🥉3-o‘rinni — Bog'oloni MFY jamoasi egalladi.
⚽️Mini futbol bo‘yicha o'g'il bolalar o‘rtasida bo'lsa
🏆1 - o'rinni — Guliston MFY jamoasi
🥈2 - o'rinni — Gulobod MFY jamoasi
🥉3 - o'rinni — Yobu MFY jamoasi qo'lga kiritdi.
👨💼Zafar bazmgohida bo'lib o'tgan tantanali taqdirlansh marosimida tuman hokimi Q.Xushbakov, DXX tuman mas'uli, tuman prokurori, IIB boshlig‘i, Soliq inspeksiyasi rahbari ishtirok etib, musobaqalarda yuqori o'rinlarni egallagan jamoalarga qimmatbaho sovgʻalar, medallar, kubok hamda diplomlarni topshirdi.
✅Shuningdek, bellashuvlarda faol ishtirok etgan yoshlarga, musobaqalarni tashkil etish va o'tkazishda masʼuliyat hamda haqqoniylik bilan ish olib borgan barcha mutasaddilarga chuqur minnatdorchilik bildirildi.
✅Bu kabi turnirlar yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishda, sog‘lom turmush tarziga yo'naltirishda va yangi iqtidorlarni kashf etishda muhim o‘rin tutishi taʼkidlandi.
Biz👉http://myurls.co/paxtachi
"YANGI OʻZBEKISTON BUNYODKORLARI" RESPUBLIKA KASBIY MAHORAT TANLOVI PAXTACHI TUMAN BOSQICHIGA START BERILDI
Bugun Paxtachi tumanida "Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari" respublika tanlovining Paxtachi tumani bosqichiga start berldi. Paxtachi tumani hokimi oʻrinbosari Dilshod Napasov kirish soʻzi bilan tuman bosqichini ochib berdi.
Tumanning barcha mahallalaridan kelgan yoshlar 10 ta kasb hunarlar boʻyicha oʻzaro bellashadilar.
Hozirda Paxtachi tumani 2-son texnikumida 5 ta kasb-hunar boʻyicha yoshlar bellashmoqda.
Biz👉http://myurls.co/paxtachi
25/05/2026
Paxtachi tuman hokimi va hokim o‘rinbosarlarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Paxtachi tumanidagi Xalq qabulxonasida Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish grafigi
🔹Paxtachi tumani hokimi Xushbakov Kayum Norbekovich Har hafta juma kuni 09:00 dan 13:00 gacha
🔹Paxtachi tumani hokimining birinchi o'rinbosari Arnaqulov Usmon Shukurullayevich Har hafta dushanba kuni 09:00 dan 13:00 gacha
🔹Paxtachi tumani hokimi o'rinbosari Qilichev Sanjar Ilyos o‘g‘li Har hafta seshanba kuni 09:00 dan 13:00 gacha
🔹Paxtachi tumani hokimi o'rinbosari Napasov Dilshod Ismatovich Har hafta chorshanba kuni 09:00 dan 13:00 gacha
🔹Paxtachi tumani hokimi o'rinbosari Abdunabiyev Mansur Abdurasul o‘g‘li Har hafta chorshanba kuni 09:00 dan 13:00 gacha
🔹Paxtachi tumani hokimi o'rinbosari Juraqulova Ibodat Isomiddinovna Har hafta payshanba kuni 09:00 dan 13:00 gacha
Biz👉http://myurls.co/paxtachi
25/05/2026
Assalomu alaykum
Qadrli o‘quvchi-yoshlar, aziz bitiruvchilar!
Bugun sizlar uchun unutilmas va hayajonli kun. 11 yil davomida ilm olgan qadrdon maktabingiz bilan xayrlashib, katta hayot sari dadil qadam qo‘ymoqdasiz.
Sizlar — ota-onangiz, ustozlaringiz va jonajon Vatanimizning faxri va umidisiz. Qalbingizdagi orzu-maqsadlar, bilim va intilish sizni albatta yuksak marralarga olib chiqadi.
Hech qachon ezgu niyatlaringizdan voz kechmang, doimo izlaning va harakatda bo‘ling. Yangi O‘zbekistonning ertangi kuni siz kabi bilimli, shijoatli yoshlar qo‘lidadir.
So‘nggi qo‘ng‘iroq ovozi sizlar uchun yorqin kelajak, ulkan muvaffaqiyat va baxtli hayotning boshlanishi bo‘lsin!
Barchangizga mustahkam sog‘lik, omad va ulkan zafarlar tilayman.
Hurmat bilan,
Paxtachi tumani hokimi
Qayum Norbekovich Xushbakov
Biz👉http://myurls.co/paxtachi
Click here to claim your Sponsored Listing.
Location
Category
Website
Address
Samarkand
140600
