01/06/2026
📚 Kitobsevar bolajonlar bilan maroqli uchrashuv
Jomboy tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1-iyun xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan 5-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlar uchun ovozli o‘qish tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida kichkintoylarga qiziqarli ertak va hikoyalar ifodali tarzda o‘qib berildi. Ovozli o‘qish orqali bolalarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning tasavvur olamini kengaytirish hamda mutolaa madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Bolajonlar ertak qahramonlari bilan yaqindan tanishib, o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar. Mazkur tadbir kichkintoylarda kitobxonlikka mehr uyg‘otish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.
26/05/2026
Komil Sindarovning “O‘zbek detektivi” seriyasidagi kitoblari bugun o‘z o‘quvchisiga ega turkum asarlar sirasiga kirib ulgurdi. Yozuvchining soha vakili ekanligi aksariyat kitobxonlarga ayon, bilmaganlar esa asar mutolaasidayoq muallifning sohani yaxshi bilishini anglaydi. Bu jihatni ta’kidlashimizning sababi – aynan shu nuqta muallif asarlarining muvaffaqiyat garovidir.
Jinoyat turi davr uchun ahamiyatsiz mavzu emas, ikkinchidan, ijtimoiy voqelik qayta takrorlanmasligi uchun mohiyatni oshkor qilish va uni bor asrori bilan ko‘rsatish, so‘zsiz, qo‘l siltab qo‘yadigan mavzu emas.
26/05/2026
Qo‘lingizdagi kitob tarixning bizga ma’lum bo‘lgan, ammo haligacha ochilmagan sir-sinoati haqida. Hazrati Bashir qishlog‘idagi oddiy bir cho‘ponning o‘ldirib ketilishi voqeasi, jinoyatni fosh etishga bel bog‘lagan tergovchilarning uddaburonligi, bu jinoyat atrofida juda ko‘pchilikning o‘ralashib qolishi, bir jinoyat ortidan boshqa jinoyat izlarining topilishi...
Qiziq, qadim Temuriylar kutubxonasi bilan oddiy cho‘ponning o‘ldirib ketilishi o‘rtasida qanday bog‘liqlik bo‘lishi mumkin? Vaqt va zamon
o‘rtasidagi muvofiqlik bir-biriga qay darajada bog‘liq?
Savollarga javobni ochiq qoldiramiz. Yaxshisi, mutolaadan so‘ng sizni bahsga chorlaymiz. Darvoqe, «Tergovchi» degan umumiy nom ostida nashrga tayyorlangan mazkur detektiv seriya yozuvchi ijodining o‘nta kitobini o‘z ichiga oladi.
26/05/2026
Prokuratura bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan, o‘z kasbining fidoyisi, bir oilaning mehribon otasi sirli ravishda yo‘qoladi. Asar ushbu voqealar bilan boshlanadi. Uning kelgusi taqdiri qanday kechadi?
Sirli ravishda yo‘qolgan mas’ul xodimni izlashda gumon qilingan shaxslarni aniqlash, tergov qilish jarayoni, oilasi, qarindosh-urug‘larining chekkan jafolari, tahlikali o‘tkazgan kunlari asarda o‘ziga xos yo‘nalishda hikoya qilinadi.
Aziz kitobxon! Asarda tasvirlangan qahramonlarning ruhiy holatlari, alamli kechinmalari, quvonchu shodliklariga sherik bo‘lasiz, degan umiddamiz. Darvoqe, “Tergovchi” degan umumiy nom ostida nashrga tayyorlangan mazkur detektiv seriya yozuvchi ijodining o‘nta kitobini o‘z ichiga oladi.
26/05/2026
Agar uyingizda kitob uchun javon bo‘lmasa, siz bilan suhbatlashish befoyda va men buni rad etaman.
✍️ Terri Pratchet.
26/05/2026
Doim o‘rganishga intiling,
bilimsizlik – eng katta yo‘qotishdir.
✍️ Konfutsiy
26/05/2026
Kitobsiz uy - chiroqsiz tun. Har uyga bir emas, bir necha chiroq kerak, chiroqqa charag'bon kerak.
Hali yoritilishi lozim bo'lgan talay uylar bor.
✍Shuhrat.
📗"Oltin zanglamas" romanidan.
26/05/2026
📘 Men kitoblardagi afsunlarga ishonmayman. Ammo kitob o’qishning o’zi sehrli holat ekaniga shubha qilmayman.
✍️ J.K.Rovling
26/05/2026
📚 Kitob – uyg‘otuvchi oynadir
☑️O‘zining kim ekanligini anglab yetmaydigan, bugunning huzur-halovati bilan yashab, ertasi haqida qayg‘urmaydiganlar haqida qalblari bor, lekin anglamaydilar, ko‘zlari bor – ko‘rmaydilar, quloqlari bor – esh*tmaydilar deyiladi. Bunday insonlar g‘aflat uyqusidadirlar, deb ataladi.
Bugun ko‘p odamlar yashayapti, lekin o‘ylamayapti. Ko‘ryapti, lekin anglamayapti. Esh*tayapti, lekin tushunmayapti.
📖 Kitob o‘qish – shunchaki vaqt o‘tkazish emas. Kitob – odamni o‘ziga qaytaradi. Kimligini, nima uchun yashayotganini, qayerga ketayotganini eslatadi. Kitob o‘qimagan inson bugunning huzur-halovatiga aldanib, ertaning javobgarligidan qochadi. O‘qigan odam esa bugunni emas, kelajakni tanlaydi.
25/05/2026
KITOB KELTIRGAN BAXT - Jadid.uz
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibasi Umida TESHABOYEVA bilan suhbat – Umida opa, kelgusi haftada mamlakatimizda “21-may – Kutubxonachilar kuni” nishonlanadi. Avvalo, kasb bayrami bilan tahririyatimiz nomidan tabriklaymiz! A...