07/05/2026
Yo‘lsoz faxriylar-umr yo‘llarimizni yoritgan nurli insonlar
9-may-Xotira va qadrlash kuni nafaqat o‘tmishni yod etish, balki bugun oramizda bo‘lgan, yurt taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan faxriylarimizni e’zozlash, ularning o‘gitlariga quloq tutish bayramidir.
Yo‘l sohasi-mamlakat iqtisodiyotining qon tomiri, hayot arteriyasi hisoblanadi. Bugungi tekis va ravon yo‘llar, ko‘priklar, bunyod etilayotgan transport yechimlari ortida bir umrlik mehnat, mashaqqat va fidoyilik yotibdi. Umrining asosiy qismini jazirama issiq va qahraton sovuqda yo‘l qurilishiga, ularni ta’mirlashga bag‘ishlagan soha faxriylari-haqiqiy mehnat qahramonlaridir.
Xotira va qadrlash kuni arafasida yo‘l sohasida uzoq yillar samarali mehnat qilgan, bugungi k***a esa ezgu niyatlar bilan farzandlar va nabiralar ardog‘ida bo‘lgan ustozlarimiz holidan xabar olish, ularning ko‘rsatgan jasoratlarini yodga olish barchamiz uchun ham qarz, ham farzdir.
Sizlar qurgan har bir kilometr yo‘l xalqimizni xalqqa, shaharni shaharga bog‘lab, tinchlik va farovonlikka xizmat qilmoqda. Sizlarning tajribangiz, mehnatga bo‘lgan sadoqatingiz yosh avlod uchun haqiqiy maktabdir.
Aziz yo‘lsoz faxriylar! Sizlarning oldingizda ta’zimdamiz. Matonatingiz, o‘tmishda ko‘rsatgan fidoyiligingiz va bugungi pand-nasihatlaringiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Xotira va qadrlash kuni muborak bo‘lsin! Sizlarga sihat-salomatlik, uzoq umr va oilaviy xotirjamlik tilaymiz. Ko‘rsatgan nurli yo‘llaringiz hamisha ravon bo‘lsin!
Ushbu bayram munosabati bilan, Samarqand viloyatida yo‘l sohasida uzoq yillar faoliyat ko‘rsatgan faxriylarimiz Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining “Faxriy yorliqlari” va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Hurmat bilan,
Yo‘l sohasi jamoasi
Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi
https://t.me/SamAvtoyul
16/04/2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilanganligi munosabati bilan hamda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Samarqand viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i tashabbusi bilan yoshlar bilan uchrashuv grafigiga asosan 2026-yil 16-aprel kuni boshqarma tizimidagi yo‘l korxonalarida ishlovchi yoshlar bilan Samarqand shahridagi tarixiy obidalarga sayohat uyushtirildi.
Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi
https://t.me/SamAvtoyul
|Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube
08/04/2026
O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasining Samarqand filiali tomonidan Avtoyo'l tashkilotlari uchun elektron davlat xaridlariga bag‘ishlangan seminarlar tashkil etildi.
Tadbirlardan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Davlat xaridlari tizimida raqobat muhiti va shaffoflikni taʼminlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–259-son Farmonining mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda davlat xaridlari sohasidagi yaratilgan yangi imkoniyat va qulayliklar to‘g‘risida maʼlumot berishdan iborat bo‘ldi.
Bundan tashqari birjaning barcha elektron savdolari va agro.uzex.uz elektron savdo tizimi bo‘yicha xam tushuntirishlar berildi.
Seminarlar ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, soha mutaxassislari seminar ishtirokchilarining barcha qiziqtirgan savollariga batafsil javob berishdi.
Samarqand Avtoyol Boshqarmasi
https://t.me/SamAvtoyul
04/04/2026
🇺🇿Samarqand viloyati avtomobil yo’llari bosh boshqarmasida boshqarma boshlig‘i S.Mamatkulov tomonidan Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh mutaxassisi Sh.Xodjiyev hamda boshqarma xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda boshqarma xodimlari tomonidan ichki mehnat tartib qoidalariga amal qilinishi, mehnat va ijro intizomini mustahkamlash va Boshqarmaning 2026 yil 1-yarim yillik uchun tasdiqlangan reja ko‘rsatkichlarini o‘z vaqtida bajarilishi holati hamda "Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini va ularga imkon beruvchi sabab hamda shart-sharoitlarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
Samarqand Avtoyol Boshqarmasi
https://t.me/SamAvtoyul
13/03/2026
Yurtimizda umumxalq xayriya hashari qizg‘in davom etmoqda
“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida 13–14-mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Samarqand viloyati avtomobil yo'llarida ham ushbu hashar ishlari uyushqoqlik bilan tashkil etilib, tevarak atroflar ko'rkamligi uchun barcha ishchi xodimlar faol ishtirok etib o'z hissalarini qo'shmoqda.
Xususan hashar davomida lotok va yo‘laklar chiqindilardan tozalanib, daraxtlar butalar oqlanmoqda. Shuningdek, hududlar yovvoyi o‘tlardan tozalanib, yerlarni shudgorlash hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Obod hudud — ko‘ngillarga fayz bag‘ishlaydi.
Yurtimiz obodligi yo‘lida barchamiz ushbu ezgu ishlarda faol ishtirok etaylik!
Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi
https://t.me/SamAvtoyul
11/03/2026
'zozlash.
Samarqand viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi hamda uning tarkibidagi korxonalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar uchun “Ayollarni e’zozlash oyligi” doirasida tarixiy obidalarga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida ayollar qadimiy va muqaddas maskanlarni ziyorat qilib, boy tariximiz va milliy merosimiz bilan yaqindan tanishdilar. Qor yog‘ib turgan fayzli lahzalarda Samarqandning betakror obidalari bag‘rida o‘tkazilgan ushbu sayohat ularga katta ma’naviy zavq va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Bunday tadbirlar xotin-qizlarni e’zozlash, ularning mehnatini qadrlash, jamoada mehr-oqibat va birdamlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ayollar — jamiyatimizning fayzi, oilalarimizning tayanchi va hayotimizning bezagidir. Ularni e’zozlash, hurmat qilish va qo‘llab-quvvatlash har birimizning muhim burchimizdir.
Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi
https://t.me/SamAvtoyul
|Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube
07/03/2026
.
Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida boshqarma tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar samimiy e’tirof etilib, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatildi. Rahbariyat tomonidan ayollarning jamiyat va mehnat jamoasidagi o‘rni alohida ta’kidlanib, ularning fidokorona mehnati yuksak qadrlanishi bildirildi.
Mazkur tadbir yurtimizda o‘tkazilayotgan “Ayollarni e’zozlash oyligi” doirasidagi tadbirlar bilan hamohang tarzda tashkil etilib, unda xotin-qizlarga bayram tabriklari yo‘llandi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ayol — mehr-muhabbat, sadoqat va matonat timsolidir. Ularning oilada ham, jamiyatda ham tutgan o‘rni beqiyosdir. Shu bois, muhtaram opa-singillarimizni qadrlash, ularga hurmat ko‘rsatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biridir.
Tadbir yakunida barcha xotin-qizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat hamda kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.
Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi
https://t.me/SamAvtoyul
|Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube
04/03/2026
🇺🇿Samarqand viloyati avtomobil yo’llari bosh boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh mutaxassisi Sh.Xodjiyev tomonidan Bosh boshqarma tizimidagi Nurobod tuman yo'llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasida O'zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida” gi, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunlari va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.12.2025 yildagi PF-270-sonli Farmoni yuzasidan tushunchalar berish, "Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini hamda ularga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish" mavzusida seminar va korxona xodimlari bilan aloxida suxbatlar o'tkazildi.
Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi
https://t.me/SamAvtoyul
02/03/2026
🇺🇿Samarqand viloyati avtomobil yo’llari bosh boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh mutaxassisi Sh.Xodjiyev tomonidan Bosh boshqarma tizimidagi Paxtachi tuman yo'llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasida O'zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida” gi, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunlari va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.12.2025 yildagi PF-270-sonli Farmoni yuzasidan tushunchalar berish, "Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini hamda ularga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish" mavzusida seminar va korxona xodimlari bilan aloxida suxbatlar o'tkazildi.
Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi
https://t.me/SamAvtoyul