01/06/2026
🇺🇿✨Bolalik quvonchi — o‘yinchoqlar, chiroyli kiyimlar, qiziqarli kitoblar, shirinliklar va sifatli o‘quv qurollari bilan yanada yorqin bo‘ladi. Eng quvonarlisi, bularning barchasi bugun yurtimizda ishlab chiqarilib, bolajonlarimizga taqdim etilmoqda.
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ barcha bolalarni 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan samimiy muborakbod etadi hamda bolajonlarimizning baxtli kelajagi uchun mehnat qilayotgan mahalliy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi!
26/05/2026
🟦 “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan ko‘rsatilgan haftalik yordamlar (18.05.2026–25.05.2026 holatiga)
26/05/2026
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan hududlarda ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda.
Tadbirkorlarning muammo va takliflarini o‘rganish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida uchrashuvlar tashkil etildi.
Unda tadbirkorlar bevosita va onlayn tarzda ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat qildi.
Xususan, kafillik, kompensatsiya hamda Kompaniyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish xizmatlari bo‘yicha berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi.
Ma’lumot uchun, bu kabi ochiq muloqotlar respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilmoqda.
26/05/2026
Tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi mexanizmlar taqdim etildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish hamda moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Unga ko‘ra:
⏺tadbirkorlar uchun yagona raqamli moliyaviy platforma ishga tushiriladi;
⏺kredit olishda sun’iy intellekt asosidagi muqobil “skoring” tizimi joriy etiladi;
⏺kredit tarixi bo‘lmagan tadbirkorlar uchun ham moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi;
⏺sun’iy intellekt asosidagi tavsiya tizimlari orqali biznes g‘oya va moliyalashtirish bo‘yicha maslahatlar beriladi;
⏺ijobiy kredit tarixiga ega tadbirkorlar uchun garovsiz mikrokredit limiti 200 million so‘mgacha oshiriladi;
⏺kredit va lizing foizlarining 5 milliard so‘mgacha bo‘lgan qismi kompensatsiya qilinadi;
⏺har yili 100 ta tadbirkorlik subyektiga raqamlashtirish, xalqaro standartlar va “yashil” texnologiyalarni joriy etish uchun 300 million so‘mgacha grant ajratiladi.
Ta’kidlanganidek, yangi tizimlar tadbirkorlarning moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, kredit olish jarayonlarini soddalashtirish hamda biznesni qo‘llab-quvvatlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
25/05/2026
🔔 Bugun bitiruvchilar maktab bilan xayrlashmoqda
Ular orasida ertangi kun tadbirkorlari, investorlar, bankirlar, innovatorlar va ehtimol, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning bo‘lajak xodimlari ham bor.
Bugun katta hayot sari qadam qo‘yayotgan yoshlar ertaga o‘z g‘oyalari, tashabbuslari va biznes loyihalari bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shishi mumkin.
Bugun yurtimizda yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Jumladan, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan bugunga qadar 8 577 nafar yosh tadbirkorning loyihalariga 2,6 trln so‘m miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatildi.
Barcha bitiruvchilarni hayotidagi muhim bosqich bilan tabriklaymiz va ularga ulkan yutuqlar tilab qolamiz!
22/05/2026
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: sohadagi muammolar va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ hamda mutasaddi vazirlik va idoralar ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.
Konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuvda xususiy sektor vakillarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish hamda biznes yuritish muhitini yaxshilash masalalari alohida e’tibor markazida bo‘ldi.
Shuningdek, sohada amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarning samaradorligini oshirish va tadbirkorlar duch kelayotgan to‘siqlarni bartaraf etish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan bildirilgan har bir taklif va murojaat alohida nazoratga olinib, ularni qisqa muddatlarda hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
21/05/2026
Yangi hamkorlik — tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar!
Joriy yilning 20-may sanasida “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ hamda “APEXBANK” AJ o‘rtasida “Portfel kafolati” bo‘yicha Bosh bitim imzolandi.
Mazkur hamkorlik tadbirkorlarning kredit ta’minoti bilan bog‘liq imkoniyatlarini kengaytirish, moliyalashtirish jarayonlarini soddalashtirish hamda biznes loyihalarini yanada tezroq amalga oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.