02/06/2026
Markaziy bank korrupsiyaga qarshi samarali boshqaruv tizimini joriy etishga qaratilgan xalqaro standart — ISO 37001:2025 sertifikatiga ega bo‘ldi.
Aytish joiz, Bank ushbu sertifikatni moliyaviy sektor tashkilotlari orasida birinchilardan bo‘lib qo‘lga kiritdi.
Mazkur standart talablari asosida Markaziy bankda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks tizim joriy etildi.
Xususan, ichki siyosat, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, davlat xaridlarida shaffoflikni oshirish va boshqa yo‘nalishlarda 10 dan ortiq ichki idoraviy hujjatlar qabul qilindi.
Eslatib o'tamiz, bu yilgi Toshkent aksilkorrupsiya forumi doirasida Markaziy bank Agentlik tavsiyasiga ko‘ra, komplayens-nazorat tizimini samarali joriy etgan tashkilotlardan biri sifatida e'tirof etildi.
Agentlik tomonidan Bank tizimida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy hamda uslubiy ko‘mak ko‘rsatish ishlari izchil davom ettiriladi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
02/06/2026
“Yuksalish” harakati tashabbusi bilan mamlakatimiz bo'ylab tashkil etilayotgan “Biz — donormiz!” xayriya aksiyasining navbatdagi tadbiri Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamkorligida bo‘lib o‘tadi.
Aksiyada 18 yoshdan oshgan, tibbiy qarshi ko‘rsatmalarga ega bo‘lmagan fuqarolar ishtirok etishi mumkin. Donorlar qon topshirishdan avval majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Aksiya davomida yig‘ilgan qon zaxiralari ehtiyojmand bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun yo‘naltiriladi.
Ushbu xayrli tashabbusga hissa qo‘shishni istagan yurtdoshlarimizni 5-iyun kuni soat 9:30 dan boshlab Agentlik binosida kutib qolamiz.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
30/05/2026
Joriy yilda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tomonidan 150,1 mlrd so‘m mablag‘larning maqsadsiz sarflanishi oldi olindi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
29/05/2026
“Milliy TV” telekanali tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda real voqealar asosida “O‘tkir tergov” ko‘rsatuvining 1-qismi tayyorlandi.
Ko'rsatuvda yirik jinoiy guruhning korrupsiya, firibgarlik va mansab vakolatini suiiste’mol qilish bilan bog'liq qilmishlari haqida hikoya qilinadi.
Batafsil:
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
“Milliy TV” telekanali tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda real voqealar asosida “O‘tkir tergov” ko‘rsatuvining 1-qismi tayyorlandi. Ko'rsatuvda yirik jinoiy guruhning korrupsiya, firibgarlik va mansab vakolatini suiiste’m...