17/10/2024
Technocorp kompaniyasi xodimlarining malakasiga yuksak e’tibor qaratadi 💼💻
Biz texnologiyalar sohasidagi tezkor o‘zgarishlarni har doim kuzatib boramiz va xodimlarimizning kasbiy rivojlanishi biz uchun ustuvor vazifadir. Shu maqsadda, kompaniyamiz mutaxassislari muntazam ravishta malakalarini oshirib borishmoqda.
Bu bilim va tajribalar bizga nafaqat ichki loyihalarimizda, balki mijozlarimiz uchun yanada yuqori sifatli va innovatsion yechimlar taklif qilishda yordam beradi.
Biz doimo o'sish va professional rivojlanish sari intilamiz. 🌍🚀
📞Murojaat uchun: 55 501-43-13
23/09/2024
“O’zkomnazorat”Inspeksiyasi bilan “SystematicPAB”hamkorligi: Polshada yangi imkoniyatlar
Toshkentda Polshaning Systematic PAB kompaniyasi, Technocorp markazi rahbariyati va «Uzkomnazorat» inspeksiyasining barcha mintaqalardagi vakillari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Ishtirokchilar kelajakdagi hamkorlik va tajriba almashishga oid masalalarni muhokama qildilar. Asosiy e'tibor xodimlarning malakasini oshirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga qaratildi. Shuningdek, aloqa sohasida hamkorlikdagi loyihalarning istiqbollari ko'rib chiqildi. Uchrashuv o'zaro tushunish va rivojlanishga intilish muhitida o'tdi.
26/08/2024
Technocorp qanday xizmatlarni taklif qiladi?
▫️ERP, CRM tizimlarni ishlab chiqish;
▫️Web-saytlar va telegram botlar ishlab chiqish;
▫️AKT Auditdan o‘tkazish;
▫️Mobil ilovalarni ishlab chiqish;
▫️UI/UX va grafik dizayn;
▫️Texnik hujjat ishlab chiqish;
▫️360 Virtual tur
Ushbu xizmatlar sizni qiziqtirsa izohlarda + belgisini qoldiring va bizning mutaxassislarimiz siz bilan boğlanishadi!
📞Murojaat uchun: 55 501-43-13
24/08/2024
Technocorp Markazida Umumxalq hashari
Joriy yilning 24-25 avgust kunlari yurtimiz bo‘ylab Mustaqillik bayrami munosabati bilan umumxalq hashari e`lon qilindi.
Ushbu hasharda Technocorp jamoasi faol ishtirok etishdi va yurt obodligiga o‘z hissalarini qo‘shishti.
09/08/2024
🇰🇷KOICA va Gyongbuk
👨🏻💻Technocorp jamoasi 8 - avgust kuni KOICA va Gyongbuk texnoparki bilan hamkorlikda o'tkazilgan ikki kunlik transformatsiya bo‘yicha seminarda ishtirok etishdi. Ushbu seminarda koreyalik yetakchi IT-ekspertlardan qimmatli bilimlarga ega bo‘ldilar.
26/07/2024
🇺🇿🇳🇪Technocorp va Gaude Solutions: Tomonlar o‘rtasida memorandum imzolandi
25 iyul kuni Technocorp IT kompaniyasi va Hindistonning Asheesh Akleler boshchiligidagi «Gaude Solutions» kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi. Mazkur hamkorlik kompaniyalarning texnologiyalar va raqamli yechimlar jarayonini birgalikda ishlab chiqish sohasida yangi imkoniyatlarni yaratilishini, shuningdek, O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida innovatsion yuqori texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlanishini va TECHNOCORP kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotgan IT xizmatlarni eksport qilinishini ta’minlaydi.
📞Murojaat uchun: 55 501-43-13
25/07/2024
🇺🇿🇹🇷O‘zbekiston va Turkiya: innovatsiyalar va yuqori texnologiyalar sohasidagi hamkorlik
Bugun, 2024-yil 25-iyul kuni Toshkentda o‘tkazilgan Global Business Service Forums doirasida Turkiya delegatsiyasi ishtirokida TECHNOCORP kompaniyasi ikkita strategik ahamiyatga ega memorandum tuzilganini e’lon qildi.
Birinchi memorandum Elif Basak Teksin xonim boshchilik qilayotgan 'GAZITEKNOPARK' kompaniyasi bilan imzolandi. “GAZITEKNOPARK” - texnologiya va rivojlanish sohasidagi innovatsion yechimlari bilan mashhur.
Ikkinchi memorandum - Turkiyadagi kiberparklar va innovatsion texnologiyalar boʻyicha yetakchi markazlardan biri boʻlgan janob Faruk Inaltekin boshchiligidagi “Bilkent CYBERPARK” bilan imzolandi.
📞Murojaat uchun: 55 501-43-13
10/07/2024
🎯Qanday qilib web-saytni ishlab chiqish loyihasini mijozdan o'zgartirishlarsiz topshirish mumkin?
📝1. Oraliq bosqichlarni kelishib oling
Eng boshidanoq mijozga ish sxemasi va web-saytni ishlab chiqish qaysi bosqichlardan iboratligi haqida gapirib bering. Keyinchalik, matn, prototip va moodboardni, agar u bilan ishlayotgan bo‘lsangiz, ko‘rib chiqish uchun yuboring. Bu loyihani etkazib berishda katta o‘zgarishlardan qochishga yordam beradi.
🔑2. Qarorlaringiz sabablarini keltiring
Tadqiqotlar, foydalanuvchilarning xatti-harakatlari va maqsadli auditoriya tahlili asosida qarorlaringizni tushuntiring. Bu mijozga har bir qaror asosli ekanligini va havodan emasligini tushunishga yordam beradi.
🧮3. Yakuniy uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko‘ring
Taqdimotingizni o‘ylab ko'ring va mumkin bo'lgan savollarga javob tayyorlang. Qo‘lingizda barcha materiallar mavjudligiga va har qanday e'tirozlarga tezda javob berishga tayyor ekanligingizga ishonch hosil qiling.
🎙4. Dastlabki maqsadlar va yakuniy natijani ovoz chiqarib ayting
Yakuniy yig‘ilishning boshida mijozga loyihaning asl maqsadlarini eslatib qo‘ying va keyin erishgan natija haqida gapiring. Bu mijozga loyiha kelishilgan tarzda yakunlanganligini ko‘rishga yordam beradi.
🤝5. Ta`biy dialog olib boring
Ro‘y berishi mumkin bo‘lgan eng yomon narsa "hisobot" formatiga o‘tishdir. Mijoz bilan faol muloqot qiling.
05/07/2024
Technocorp va «Bilkent CYBERPARK» tomonlar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi
🤝Bugun 5-iyul kuni Turkiya Respublika elchixonasi vakillari hamda Turkiya Respublikasi Anqara shahrida joylashgan texnopark «Bilkent CYBERPARK» vakili bilan «Technocorp» vakillari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
🎯Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad Xorijiy IT-kompaniyalar bilan o‘zaro hamkorlikni o‘rnatish hamda «Technocorp» Markazi IT-xizmatlarini eksport qilish
15/06/2024
🐏Хalqimiz uchun eng muqaddas va eng aziz bo`lgan ayyomlardan biri QURBON HAYITI bayrami munosabati bilan TECHNOCORP jamoasi nomidan barchani chin yurakdan muborakbod etamiz.
🌙Ushbu muqaddas k***a barcha duolaringiz ijobat bo'lishini, qilgan qurbonlik va xayr-ehsonlaringiz qabul bo’lishini, xonadoningizga qut - baraka, mustahkam sog'lik va oilaviy baxt-u saodat tilab qolamiz!
🤲 Qurbon Hayiti muborak bo‘lsin!
06/06/2024
Technocorp va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik o‘rnatish masalalari bo‘yicha ushrashuv o‘tkazildi.
Joriy yilning 4-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi mas’ul xodimlariga Technocorp tomonidan ishlab chiqilgan arxiv tizimlarining taqdimoti o‘tkazildi. Uchrashuv davomida Mudofaa vazirligi mas’ul xodimlariga arxiv tizimlarining afzalliklari va uning imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar tizimning amaliyotga tatbiq etilishi bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar va kelgusidagi hamkorlik qilish rejalari muhokama qilindi.