27/05/2026
“Oʻzagrolizing” AJ jamoasi barcha yurtdoshlarimizni muborak Qurbon hayiti ayyomi bilan samimiy tabriklaydi!
Ushbu ulugʻ va qutlugʻ bayram xonadonlaringizga tinchlik-osoyishtalik, fayz-u baraka, qalblaringizga mehr-oqibat va xotirjamlik olib kirsin.
Yurtimiz ravnaqi, qishloq xoʻjaligi taraqqiyoti hamda xalqimiz farovonligi yoʻlidagi ezgu ishlaringizda ulkan zafar va muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!
27/05/2026
UzA | Surxondaryoda g‘allaga o‘roq tushdi
Surxondaryo viloyatida g‘alla o‘rim-yig‘imi uyushqoqlik bilan boshlandi.
Mavsum oldidan Hakim Termiziy majmuasida mavsum oldidan voha faollari, tuman hokimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, iqtisodiyot va qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilari, mehnat faxriylari, diniy soha vakillari ishtirokida ehson tadbiri tashkil etildi.
Viloyat g‘allakorlari joriy yil hosili uchun 84 ming 672 gektar maydonda g‘alla yetishtirdi. Hosilni qisqa muddatlarda isrof qilmasdan yig‘ib olish uchun 120 ta maxsus otryad tashkil etilib, ularga 234 ta yuqori unumli kombayn, 1 ming 191 ta yuk tashish texnikasi, 110 ta ko‘chma ustaxona va 79 ta yoqilg‘i tashish vositasi biriktirildi.
Batafsil: https://uza.uz/posts/861938
27/05/2026
“O’zagrolizing” AJ tizimida korrupsion omillarni aniqlash yuzasidan onlayn so‘rovnoma o‘tkazilmoqda
Barchani ushbu so‘rovnomada faol ishtirok etib, korrupsiyaning oldini olishda o‘z hissangizni qo‘shishga chorlaymiz. Sizning fikringiz biz uchun muhim.
27/05/2026
JOHN DEERE 6175M TRAKTOR
⏺DvigateL - John Deere PTE
⏺Quvvati - 175 ot kuchi / 129 kVt
⏺Ish hajmi - 6,8 l
⏺Yoqilg‘i baki - 390 l
⏺Gidravlik tizim (bak bilan) - 76 l
✔️ NARXI - QQS bilan 2 095 000 000 so‘m
6 YIL MUDDATGA 24 % DAN
AVANS - 25 %
25/05/2026
Guinness rekordini qayd etgan festivalda “O‘zagrolizing” AJ ham faol qatnashmoqda
Namanganda o‘tayotgan 65-xalqaro gullar festivali bu yil nafaqat o‘zining ko‘lami, balki yuksak tashkil etilgani bilan ham alohida e’tibor markazida bo‘lmoqda.
Bu yilgi festival avvalgilaridan mutlaqo farq qildi. Eng avvalo, Namangan viloyatidagi 754 ta mahallaning barchasi festival ishtirokchisiga aylanib, har bir ko‘cha va xonadon gullarga burkandi.
Festival doirasida tashkil etilgan gullar avto karvoni Davlatobod, Yangi Namangan tumanlari hamda Namangan shahri markaziy ko‘chalari bo‘ylab harakatlanib, minglab tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashmoqda. “O‘zagrolizing” AJ ham ushbu nufuzli tadbirda o‘zining bezatilgan texnikalari va faol ishtiroki bilan qatnashmoqda.
Bu yil viloyat bo‘yicha 150 million tup gul ko‘chati ekilib, Namangan “Jamoa bo‘lib bir oy davomida eng ko‘p ekilgan gullar” yo‘nalishida Guinness rekordini o‘rnatdi.
Ayniqsa, gullar bilan bezatilgan retro avtomobillar va zamonaviy texnikalar festival mehmonlarida katta qiziqish uyg‘otmoqda.
25/05/2026
To‘rtko‘lda g‘alla o‘rim-yig‘imi mavsumiga puxta hozirlik ko‘rilmoqda
Qoraqalpog’iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida joriy yilgi g‘alla hosilini nest-nobud qilmasdan, qisqa muddatlarda va sifatli yig‘ib olishga qaratilgan ko‘rgazmali seminar tashkil etildi. Tadbir davomida kombaynlarning g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumiga tayyorgarligi atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Seminarda qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilari, texnika nazorati mas’ullari, mexanizatorlar, fermer xo‘jaliklari vakillari hamda tizimi mutaxassislari ishtirok etdi.
Tadbir davomida pishib yetilgan bug‘doy hosilini sifatli yig‘ishtirib olish, o‘rim-yig‘im ishlarini samarali tashkil etish, texnikalardan unumli foydalanish hamda mavsum davomida uzluksiz ishlashni ta’minlash bo‘yicha zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, kombayn va boshqa qishloq xo‘jaligi texnikalarining texnik holati batafsil o‘rganilib, agregat va mexanizmlar sozligi, xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi, yong‘inning oldini olish choralari hamda texnik xizmat ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar davomida tomonidan fermer xo‘jaliklarini zamonaviy va yuqori unumdor qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlash, kombaynlarni qulay lizing asosida yetkazib berish hamda agrar tarmoqda texnik yangilanishlarni jadallashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot berildi.
Amaliy sinov jarayonida kombaynlar dala sharoitida haydab ko‘rilib, ularning ishonchliligi, texnik quvvati va uzluksiz ishlash imkoniyatlari baholandi. Mutaxassislarning fikricha, bu kabi tadbirlar hosilni talafotsiz yig‘ib olish, mavsumni uyushqoqlik bilan o‘tkazish va texnikalardan samarali foydalanishda muhim ahamiyat kasb etadi.
15/05/2026
🚜 JOHN DEERE 6150B TRAKTOR
⏺DvigateL - John Deere PTE
⏺Quvvati - 150 ot kuchi / 111 kVt
⏺Ish hajmi - 6,8 l
⏺Yoqilg‘i baki - 250 l
⏺Gidravlik tizim (bak bilan) - 50 l
✔️ NARXI - QQS bilan 1 264 000 000 so‘m
⏺6 YIL MUDDATGA 24 % DAN
⏺AVANS - 25 %
#
15/05/2026
Dehqon xo‘jaliklari O‘zbekistonning qaysi hududida ko‘proq faoliyat yuritmoqda?
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-aprel holatiga O‘zbekistonda 353 472 ta dehqon xo‘jaliklari faoliyat yuritmoqda.
Andijon viloyati – 53 265 ta
Xorazm viloyati – 47 276 ta
Samarqand viloyati – 42 084 ta
Farg‘ona viloyati – 32 554 ta
Qashqadaryo viloyati – 30 374 ta
Surxondaryo viloyati – 25 834 ta
Namangan viloyati – 24 961 ta
Buxoro viloyati – 20 716 ta
Toshkent viloyati – 20 524 ta
Jizzax viloyati – 17 309 ta
Sirdaryo viloyati – 13 813 ta
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 13 381 ta
Navoiy viloyati – 11 326 ta
Toshkent shahri – 55 ta
15/05/2026
❗️ Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilar moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi
“Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–82-son, 08.05.2026-y.) qabul qilindi.
✅ Farmonga ko‘ra, 2026-yil hosilidan boshlab Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrar sohada to‘lovlar agentligi (Agentlik) tomonidan quyidagilar kompensatsiya qilinadi:
🔹 paxta xomashyosini yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni:
▪️ shartnomada belgilangan muddatda qaytargan xo‘jaliklarga ushbu kreditlar bo‘yicha to‘langan foizning 2,5 foizlik punkti;
▪️ hosil yilining yakuniga (31-dekabriga) qadar qaytargan xo‘jaliklarga kreditlar bo‘yicha to‘langan foiz to‘lovlarining 5 foizlik punkti;
🔹 bug‘doy yetishtirish xarajatlari uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni hosil yilining 1 avgustiga qadar to‘liq qaytargan xo‘jaliklarga ushbu kreditlar bo‘yicha to‘langan foiz to‘lovining 4 foizlik punkti;
paxta xomashyosini xarid qilish uchun paxta-to‘qimachilik klasterlari hamda paxta xomashyosini qayta ishlash va ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega to‘qimachilik korxonalariga ajratilgan tijorat kreditlari bo‘yicha to‘langan foiz to‘lovining 8 foiz punktidan yuqori, lekin 16 foiz punktdan oshmagan qismi.
💰 Farmonga ko‘ra, dizel yoqilg‘isini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qisman qoplash maqsadida, ayrim qishloq xo‘jaligi korxonalariga subsidiya ajratiladi:
➡️qishloq xo‘jaligi subyektlariga o‘z mablag‘lari hamda tijorat banklari kreditlari hisobidan yetishtirilgan paxta xomashyosini birjada sotganda rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-faktura qiymatining bir qismini qoplab berish;
➡️paxta-to‘qimachilik klasterlari hamda ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega to‘qimachilik korxonalariga o‘z mablag‘lari hisobidan xarid qilingan paxta xomashyosi qiymatining bir qismini qoplab berish.