Olmazor tumani hokimligi

Olmazor tumani hokimligi

Share

Хокимият Алмазарского района
Olmazor tumani hokimligi
Administration of Olmazar district

История

Сабир-Рахимовский район города Ташкента был образован указом Президиума ВС УзССР от 7 декабря 1970 года № 1812 на части территорий Октябрьского, Чиланзарского и Кировского районов. Район был назван в честь Героя Советского Союза, гвардии генерал-майора Сабира Рахимова. Решением Сената от 4 декабря 2010 года № 133-II район был переименован в Алмазарский район города Ташкента[2]. Району был

Photos from Olmazor tumani hokimligi's post 02/06/2026




🎗 Olmazor — tarix va innovatsiya uyg‘unlashgan ilm-ma’rifat maskani!

Photos from Olmazor tumani hokimligi's post 02/06/2026

🏫 1-IYUN – XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI MUNOSABATI BILAN TA'MIRDAN CHIQARILGAN BOG‘CHA FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

➖➖➖➖

🏫 1 ИЮНЯ – В СВЯЗИ С МЕЖДУНАРОДНЫМ ДНЁМ ЗАЩИТЫ ДЕТЕЙ ДЕТСКИЙ САД ПОСЛЕ КАПИТАЛЬНОГО РЕМОНТА СДАН В ЭКСПЛУАТАЦИЮ

01/06/2026

🏫 1-IYUN – XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI MUNOSABATI BILAN TA'MIRDAN CHIQARILGAN BOG‘CHA FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Olmazor tumani "Gulzor" mahallasidagi 4-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti to‘liq mukammal ta'mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi.
Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi Kudratilla Tulyaganov, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, nuroniylar, mahalla faollari, ota-onalar va bolajonlar ishtirok etdi.
Ta'kidlanganidek, muassasada bolalarning sifatli ta'lim-tarbiya olishi va har tomonlama kamol topishi uchun zamonaviy hamda qulay shart-sharoitlar yaratildi.

✨ Yangilangan bog‘cha bolajonlarga munosib ta'lim va tarbiya maskani bo‘lib xizmat qilsin!

———————-
🏫 1 ИЮНЯ – В СВЯЗИ С МЕЖДУНАРОДНЫМ ДНЁМ ЗАЩИТЫ ДЕТЕЙ ДЕТСКИЙ САД ПОСЛЕ КАПИТАЛЬНОГО РЕМОНТА СДАН В ЭКСПЛУАТАЦИЮ

В махалле «Гулзор» Aлмазaрского района города Ташкента дошкольная образовательная организация №4 была полностью капитально отремонтирована и сдана в эксплуатацию.
В торжественной церемонии открытия приняли участие хоким района Кудратилла Туляганов, руководители соответствующих организаций, почётные старейшины, представители махалли, родители и дети.
Отмечалось, что в учреждении созданы современные и комфортные условия для качественного обучения и всестороннего развития детей.

✨ Обновлённый детский сад пусть станет достойным местом воспитания и обучения для детей!

01/06/2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga muvofiq, Qurbon hayiti munosabati bilan ehtiyojmand oilalar farzandlari hamda og‘ir xastalikka chalingan bolalar uchun bepul jarrohlik amaliyotlari tashkil etilmoqda.

Jumladan:
🔹 og‘ir va nogironlikka olib keluvchi kasalliklar bo‘yicha jarrohlik amaliyotlari;
🔹 onkologik, gematologik va onkogematologik kasalliklarni tekshirish va davolash;
🔹 jigar va buyrak transplantatsiyasi xarajatlari qoplab beriladi.

Mazkur xizmatlar “Vaqf” xayriya jamoat fondi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Farzandingiz yoki yaqinlaringiz ushbu amaliyotlarga muhtoj bo‘lsa, oilaviy poliklinika yoki oilaviy shifokorga murojaat qiling.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
📞 90 008 14 00
📞 90 990 55 59

Ma’lumotlar tuman tibbiyot birlashmasi rahbariyati tomonidan beriladi.

Photos from Olmazor tumani hokimligi's post 01/06/2026

🏅 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan sport musobaqalari tashkil etildi

👫 Olmazor tumanida joylashgan 1-son “Muruvvat” bolalar internat uyida 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan sport musobaqalari o‘tkazildi.

👍 Musobaqalarda tarbiyalanuvchilar turli sport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z kuch-g‘ayrati va mahoratini namoyon etib, faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida bolalarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularga bayramona kayfiyat ulashishga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Musobaqalar yakunida faol qatnashgan tarbiyalanuvchilar rag‘batlantirilib, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

💚 Bolalar kulgusi va quvonchiga boy bo‘lgan ushbu bayram tadbiri barcha ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashdi.

Photos from Olmazor tumani hokimligi's post 01/06/2026

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida shu yilning may oyida o‘tgan asosiy tadbir va voqealar

01/06/2026

🌟 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni muborak bo‘lsin! 🌟

🌈👧🏻👦🏻 1-iyun – dunyodagi eng beg‘ubor, eng samimiy va eng qadrli insonlar — bolajonlarga bag‘ishlangan alohida bayramdir. Ushbu quvonchli k***a barcha bolalarni va ularning ota-onalarini samimiy muborakbod etamiz!
💖 Har bir bola mehr-muhabbat, g‘amxo‘rlik va e’tibor og‘ushida ulg‘aysin. Ularning bolaligi yorqin xotiralarga, quvonchli lahzalarga, shirin orzu-havaslarga va beg‘ubor kulgularga boy bo‘lsin.
✨ Bu sana bizga bolalar huquqlarini himoya qilish, ular uchun munosib ta’lim va tarbiya olish imkoniyatlarini yaratish, baxtli va farovon hayot kechirishlari uchun sharoitlar yaratish naqadar muhim ekanligini yana bir bor eslatadi.
🌞 Tilagimiz shuki, har bir bola o‘zini sevib-ardoqlangan, himoyalangan va baxtli his qilsin. Ularning orzulari ushalib, qalblari ezgulik, mehr va quvonchga to‘lsin.
🎈 Bayram muborak bo‘lsin!

Photos from Olmazor tumani hokimligi's post 30/05/2026

🔹 Olmazor tumanida “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

📍 Olmazor tumani hokimi Kudratilla Tulyaganov boshchiligida tuman mutasaddi tashkilotlari rahbarlari ishtirokida “Xislat” va “Shifokorlar” mahallalariga ishchi tashrif amalga oshirildi.

🔧 O‘rganish jarayonida hududda “Obod mahalla” dasturi doirasida olib borilayotgan ishlar, infratuzilmani rivojlantirish hamda kommunal xizmatlar faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

📑 Shuningdek, Prezidentning PQ-1-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘rib chiqildi.

✅ Yak***a aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Photos from Olmazor tumani hokimligi's post 30/05/2026

El ardog‘idagi san’atkor xotirasiga yuksak ehtirom

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” Dias Raxmatovning o‘zbek madaniyati va san’ati rivojiga qo‘shgan munosib hissasi hamda yorqin xotirasiga yuksak ehtirom sifatida “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi.

Bugun bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda ushbu yuksak davlat mukofoti san’atkorning oila a’zolariga topshirildi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Olmazor tumani hokimligi mas’ullari, nuroniylar, mahalla faollari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir yakunida san’atkor mangu qo‘nim topgan G‘oyib ota qabristonida xotirlash marosimi o‘tkazildi. Unda Qur’on tilovat qilinib, uning yorqin xotirasi yod etildi.

Photos from Olmazor tumani hokimligi's post 30/05/2026

El ardog‘idagi san’atkor xotirasiga yuksak ehtirom

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston xalq artisti G‘ani A’zamov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi.

Bugun san’atkor yashab, ijod qilgan xonadonda ushbu yuksak davlat mukofoti uning oila a’zolariga tantanali ravishda topshirildi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva, Olmazor tumani hokimligi mas’ullari, madaniyat va san’at namoyandalari, nuroniylar, mahalla faollari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida davlatimiz rahbarining G‘ani A’zamov xotirasiga ko‘rsatgan yuksak ehtiromi alohida ta’kidlanib, uning o‘zbek teatr va kino san’ati rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi yuksak baholandi.

Want your business to be the top-listed Government Service in Tashkent?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Telephone

Address


Улица Кичик Халка Йули 1
Tashkent

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00