03/06/2026
⚡️“Tashabbuslar marafoni”dan fotolavhalar
Xiva shahridagi “Lokomotiv” istirohat bog‘ida yangi g‘oyalar, qiziqarli startap loyihalar va minglab shijoatli yigit-qizlarni bitta maydonga jamlagan marafon qizg‘in davom etmoqda.
Bizda jarayonlar tugamadi. Barchani kutamiz!
Tashabbuslar Marafoni
03/06/2026
“Ipak yoʻli yoshlar nigohida” xalqaro fotosuratlar tanlovi
YUNESKO tomonidan “Ipak yo‘llari” dasturi doirasida 14–25 yoshdagi yigit-qizlar uchun “Youth Eyes on the Silk Roads” (“Ipak yo‘li yoshlar nigohida”) 8-xalqaro foto tanlovi e’lon qilindi. Tanlov yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, Ipak yo‘li xalqlarining boy madaniy merosini keng targ‘ib qilish hamda madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga qaratilgan.
2026-yilgi tanlovning asosiy mavzusi — “Living Heritage along the Silk Roads” (“Ipak yo‘li bo‘ylab jonli meros”). Ishtirokchilar urf-odatlar, an’analar, hunarmandchilik, milliy taomlar, xalq musiqasi va raqslari, bayramlar hamda Ipak yo‘li xalqlarining kundalik hayotini aks ettiruvchi fotosuratlar bilan qatnashishlari mumkin.
Tanlov yakunlariga ko‘ra har bir yosh toifasi bo‘yicha g‘oliblar professional va yarim professional fotoapparatlar bilan taqdirlanadi.
Tanlovda ishtirok etish bepul.
Arizalar 2026-yil 30-iyunga qadar qabul qilinadi.
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish:
https://unescosilkroadphotocontest.org/en/participate
🔗 Tanlov nizomi:
https://unescosilkroadphotocontest.org/en/about-rules
O‘z nigohingiz orqali Ipak yo‘lining betakror merosini dunyoga namoyish eting!
03/06/2026
⚡️ Xorazm yoshlari, yilning eng qaynoq oqshomiga tayyormisiz?!
⚡️“Yoshlar oyligi” doirasidagi loyihalarimiz o‘zining eng qizg‘in pallasiga kirdi! Bugun Xiva shahrida “Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi!” shiori ostida gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.
Sizni respublikamizning eng taniqli estradasi yulduzlari ishtirokidagi unutilmas shou, jo‘shqin kuy-qo‘shiqlar va haqiqiy yoshlar bayrami kutmoqda!
📍Manzil: Xiva shahri, “Arda Xiva” majmuasi
Vaqti: Bugun, soat 19:30 da
Kirish: Mutlaqo bepul!
Kechani biz bilan birga o‘tkazing, bugun Xivada uchrashamiz!
03/06/2026
⚡️ Xorazmda “Tashabbuslar marafoni” boshlandi!
Ayni damda Xiva shahridagi “Lokomotiv” istirohat bog‘ida haqiqiy yoshlar shukuhi hukm surmoqda. Yangi g‘oyalar, qiziqarli startap loyihalar va minglab shijoatli yigit-qizlar aynan bitta maydonda jam bo‘ldi!
Siz ham biz bilanmisiz? Qaynoq jarayonlarni kuzatishda davom eting!
02/06/2026
⚡️ Kutish onlari yakunlanmoqda: Ertaga Xorazmda “Tashabbuslar marafoni”ga start beriladi!
⚡️Katta harakat boshlanishiga sanoqli soatlar qoldi! Ertaga, 3-iyun kuni qadimiy va navqiron Xorazmda barchamiz orziqib kutgan “Tashabbuslar marafoni” o‘z ishini boshlaydi.
📍Manzil: Xiva shahridagi “Lokomotiv” istirohat bog‘i.
Aynan shu yerda yoshlarni birlashtiradigan eng yirik va kreativ loyihalar sizni kutib oladi. Tadbirkorlik, sun’iy intellekt, startap, kitobxonlik, xorijiy tillar, volontyorlik va ko‘plab boshqa yo‘nalishlarda o‘z g‘oyangizni namoyish etish, kuchli jamoa shakllantirish hamda tajribali mutaxassislar bilan yuzma-yuz muloqot qilish uchun bundan qulay fursat bo‘lmaydi!
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Ertaga Xivada uchrashamiz! Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!
👉yoshlar.gov.uz
02/06/2026
Jahon durdonalari: navbatdagi 20 kitob yo‘lda
⚡️ “Yoshlar oyligi” munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Tashabbuslar marafoni (https://t.me/yoshlaragentligi/16992)” doirasida “Kitob hashar” tashkil etildi.
Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dilnozaxon Kattaxonova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi Otabek Sobitov, “1000 kitob” loyihasi tarjimonlari, ekspertlari, hamkor nashriyotlar vakillari hamda faol yoshlar ishtirok etdi.
Ishtirokchilar loyiha tarjimonlari va ekspertlari bilan muloqot qilib, kitoblar yaratilishi ortidagi mehnat va tajribalar bilan yaqindan tanishdi.
Hashar davomida “1000 kitob” loyihasi doirasida chop etilgan navbatdagi 20 nomdagi kitob (https://telegra.ph/1000KITOB-loyihasi-doirasida-chop-etilgan-navbatdagi-20-kitob-06-02) hududlarga jo‘natishga tayyorlandi. 59 ming nusxada nashr etilgan ushbu asarlar yaqin kunlarda yurtimiz kutubxonalariga yetib boradi.
Shuningdek, tadbir doirasida kitobxonlikka oid viktorina tashkil etildi. Faol ishtirok etgan yoshlar rag‘batlantirilib, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
“Kitob hashar” kitob atrofidagi samimiy muloqot maydoniga aylandi.