24/10/2025
Jizzax politexnika instituti talabalariga dual taʼlim asosida “UzTest” Jizzax filialida dars jarayonlari o‘tkazildi
Jizzax politexnika institutining “Metrologiya, standartllashtirish va mahsulot sifat menejmenti” (tarmoqlar bo‘yicha) kafedrasi talabalari “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” DM Jizzax filialiga tashrif buyurishdi.
Talabalar zamonaviy sinov laboratoriyalari, ularning texnik jihozlari va ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Mutaxassislar talabalarga laboratoriya jihozlarining ishlash prinsiplari, turli sohalarda sinovlar qanday o‘tkazilishi hamda sifat nazoratining amaliy ahamiyati haqida tushunchalar berishdi.
Ushbu tashrif ularning nazariy bilimlarini amaliyot bilan boyitib, kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida qo‘l keladigan tajriba bo‘ldi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, va laboratoriya mutaxassislari bilan fikr almashdi.
23/10/2025
Namangan davlat texnika universiteti talabalari “UzTest” Namangan filiali faoliyati bilan tanishdi
Namangan davlat texnika universitetining Oziq-ovqat texnologiyasi kafedrasi qoshidagi Biotexnologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasining Namangan filialiga tashrif buyurishdi.
Talabalar zamonaviy sinov laboratoriyalari, ularning texnik jihozlari va ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Mutaxassislar ishtirokchilarga mahsulotlar sifati va xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan test sinovlari, ularning bosqichlari va xalqaro standartlarga muvofiqlik talablari haqida batafsil ma’lumot berishdi.
Shuningdek, talabalar laboratoriya jihozlarining ishlash prinsiplari, turli sohalarda sinovlar qanday o‘tkazilishi hamda sifat nazoratining amaliy ahamiyati haqida tushuncha hosil qilishdi. Ushbu tashrif ularning nazariy bilimlarini amaliyot bilan boyitib, kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida qo‘l keladigan tajriba bo‘ldi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, va laboratoriya mutaxassislari bilan fikr almashdi.
23/10/2025
Energiya samaradorligi va elektr jihozlarini markalash masalalariga bag‘ishlangan mintaqaviy konferensiyada “UzTest” mutaxassislari ishtirok etdi
Toshkent shahrida elektr jihozlarining energetik markalash tizimiga bag‘ishlangan Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o‘rtasidagi mintaqaviy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbirning asosiy maqsadi — Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida energetik markalash, huquqni qo‘llash mexanizmlari hamda bozor nazorati sohasida ilg‘or tajriba almashishga ko‘maklashishdan iboratdir.
Anjumanda “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” (UzTest) mutaxassislari ham ishtirok etib, energetik samaradorlikni baholash, sinov natijalarini tasdiqlash hamda xalqaro standartlarga muvofiqlik bo‘yicha tajriba almashdi.
Shuningdek, konferensiya dasturining yakuniy qismida ishtirokchilar uchun energiya samaradorligini sinovdan o‘tkazish laboratoriyasiga texnik tashrif tashkil etilib, unda laboratoriya jihozlari, sinov uskunalari va baholash jarayonlari bilan tanishildi.
15/10/2025
Korxonada ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi
“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi Surxondaryo filiali vakillari Denov tumanida joylashgan “Olmos Glass” MChJ korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan eshik va deraza romlari ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuv davomida korxona vakillariga tadbirkorlik subyektlariga yaratilayotgan imkoniyatlar, muvofiqlik baholash yo’nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, mahsulot sifatini ta’minlash, standartlashtirish va sertifikatlash jarayonlariga oid tushuntirish ishlari olib borildi.
Mahsulot sifatini ta’minlash, standartlashtirish va sertifikatlash jarayonlariga oid tushuntirish ishlari olib borildi
10/10/2025
Ozarbayjonda “Azhab” halol biznes forumi bo‘lib o‘tdi
Shu yilning 7–8-oktyabr kunlari Ozarbayjonning Boku shahrida “Azhab” Ozarbayjon Halol Biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir Ozarbayjon Standartlari instituti (AzStandart) tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, unda “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” (UzTest) davlat muassasasi xodimi ham ishtirok etdi.
Forum davomida AzStandart tashkilotining Halol sertifikatlashtirish organi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Shuningdek, forum ishtirokchilari OIC SMIIC tashkiloti Bosh kotibi janob İhsan Övüt, shuningdek, Saudiya Arabistonining “Miqyass” tashkiloti vakillari bilan Halol standartlari yo‘nalishida tajriba almashish va kelgusidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
29/09/2025
Ishlab chiqaruvchi korxonaga soha bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi
Navoiy viloyatida faoliyat yuritayotgan “Benkam” MCHJda “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi Navoiy filiali mutaxassislari tomonidan muvofiqlikni davriy baholash ishlari amalga oshirildi. Jarayon davomida korxonaning ishlab chiqarish liniyalari, texnologik jarayonlari va sifat nazorati tizimi bilan yaqindan tanishildi.
Mazkur korxona alyuminiy qotishmalaridan tayyorlangan presslangan profillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar qurilish sohasi va boshqa texnik yo‘nalishlarda keng qo‘llaniladi.
Shuningdek, korxona o‘zining akreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyasiga ega bo‘lib, unda mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari va xavfsizlik talablari xalqaro hamda milliy standartlarga muvofiq ravishda muntazam sinovdan o‘tkazib kelinmoqda.
“UzTest” mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan baholash ishlari natijalari asosida ishlab chiqarish jarayonlarida sifatni oshirish, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga qat’iy rioya etish hamda mahsulotlarning xalqaro bozorga raqobatbardoshligini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
17/09/2025
Surxondaryoda korrupsiyaga qarshi davra suhbati o‘tkazildi
“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” Surxondaryo filialida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda “Korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik”, “Manfaatlar to‘qnashuvi” hamda “Odob-axloq qoidalari” mavzulari muhokama qilindi.
Davra suhbati davomida xodimlarga korrupsiyaga qarshi kurashish borasida qabul qilingan qonun hujjatlari, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishning amaliy mexanizmlari hamda xizmat odob-axloq qoidalariga rioya qilishning ahamiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
17/09/2025
“Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkida ishlab chiqaruvchi korxonalar va eksportyorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi (Uztest) direktori Javlon Kattaxodjayev hamda mas’ullar Chirchiq shahrida joylashgan “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkida bo‘lishdi.
Tashrif davomida texnopark hududida faoliyat yuritayotgan ishlab chiqaruvchi korxonalar, jumladan, eksportyorlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning muammolari o‘rganildi va sohaga oid amaliy yordam ko‘rsatildi.
Shuningdek, texnopark hududidagi korxonalar bilan hamkorlikda zamonaviy laboratoriya ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ushbu laboratoriya mahalliy ishlab chiqaruvchilar va eksportyorlarga sifat nazorati hamda standartlashtirish sohasida xizmat qilishni maqsad qilgan.
12/09/2025
Samarqandda korxonalarga soha bo‘yicha tushuntirish ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda
“Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi Samarqand filiali mutaxassislari Tayloq tumanidagi qurutilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi "Doniyev Servis Stil" MCHJ korxonasida boʻlib, korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.
Bugungi k***a korxona Belarus, Braziliya, Kolumbiya, Litva, Rossiya va boshqa davlatlariga mahsulotlar eksportini amalga oshirib kelmoqda.
Korxona vakillariga muvofiqlik baholash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, tadbirkorlik sub'ektlariga yaratilayotgan imkoniyatlar, shuningdek, filialda muvofiqlik baholash yo‘nalishida ko‘rsatilayotgan xizmat turlari hamda korxonaga sifatni boshqarish tizimini joriy etish, shuningdek, sohamizga oid boshqa masalalar yuzasidan tegishli tushunchalar berildi.
Ushbu korxonaning qayta ishlanib eksport qilinayotgan qurutilgan uzum mahsulotlarini, muvofiqligini baholash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi. Hozirda Kolumbiya davlatiga mahsulotlar eksportini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Korxona vakillari bilan kelgusida hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishib olindi.
12/09/2025
Qashqadaryoda tadbirkorlar uchun malaka oshirish seminari tashkil etildi
Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlik subyektlari uchun texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va metrologiya masalalariga bag‘ishlangan keng qamrovli seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi hamda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, jumladan, “Uztest” davlat muassasasi Qashqadaryo filiali hamkorligida o‘tkazildi.
Seminarda 1000 nafardan ortiq ishtirokchilar onlayn va oflayn shaklda qatnashib, ishlab chiqarish jarayonida qo‘llaniladigan texnik talablar, xalqaro standartlarni joriy etish mexanizmlari, shuningdek, mahsulot sifatini oshirish yo‘llari bo‘yicha atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Mutaxassislar tomonidan korxonalar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar, muvofiqlikni baholash tizimlari va ilg‘or xalqaro tajribalarni amaliyotga tatbiq etish masalalari batafsil yoritildi.
Seminar yakunida tadbirkorlar ishlab chiqarishni samarali yo‘lga qo‘yish hamda mahsulot raqobatbardoshligini ta’minlash borasida qo‘shimcha ko‘nikma va bilimlarga ega bo‘lishdi.