23/05/2026
Barcha hududiy harbiy prokuraturalar tomonidan olis hududlardagi maktablarda yozgi ta’til davrida ko‘ngilsiz hodisalar va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalarida prokurorlik soatlari o‘tkazildi.
FOTORЕPORTAJ
Urganch, Chirchiq, Farg‘ona, Buxoro, Namangan va Jizzax harbiy prokuraturalari tomonidan o‘tkazilgan shu kabi tadbirlar jarayonidan
23/05/2026
Nukus harbiy prokuraturasi tomonidan harbiy qismlarning birida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.
Tadbirda korxona va tashkilotlardan tegishli soha mutaxassislari jalb qilinib, harbiy xizmatchilar, xodimlar, ularning oila a’zolari tinglandi.
Shu bilan birga, mehnat yarmarkasi o‘tkazilib, harbiy xizmatchilarning oila a’zolariga ularning mutaxassisligiga mos bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi.
23/05/2026
Urganch harbiy prokuraturasi tomonidan kuch tuzilmalari va mutasaddi tashkilotlar hamkorligida Xorazm viloyatining olis hududida “Yangi O‘zbekistonning vatanparvar yoshlari” shiori ostida ko‘rik-tanlov tashkil etildi.
Yakunida g‘olib jamoa va faol o‘quvchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
23/05/2026
Kuni kecha "Yoshlar kuni" doirasida harbiy prokuratura organlari tomonidan hududlarda yoshlar ishtirokida uchrashuvlar va boshqa qator tadbirlar o‘tkazildi.
FOTORЕPORTAJ
Qarshi, Chirchiq va Toshkent harbiy prokuraturalari tomonidan o‘tkazilgan shu kabi tadbirlar jarayonidan
23/05/2026
Korrupsiya, giyohvandlik, kiberjinoyatchilik, firibgarlik, onlayn qimor, maishiy zo‘ravonlik, diniy ekstremizm va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olishga doir turkum mavzularda huquqiy targ‘ibot - profilaktika tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
FOTORЕPORTAJ
Namangan, Toshkent, Farg‘ona va Termiz harbiy prokuraturalari tomonidan o‘tkazilgan shu kabi tadbirlar jarayonidan
23/05/2026
Buxoro harbiy prokuraturasi tomonidan viloyat kuch tuzilmalari bilan hamkorlikda Olot tumanida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.
Unda tegishli soha mutaxassislari ishtirokida harbiy xizmatchilar, xodimlar va ularning oila a’zolari hamda yoshlar tinglandi.
Jarayonda ko‘tarilgan masalalarni joyida hal etish choralari ko‘rilib, asnoda huquqiy tushuntirishlar berildi. Ko‘rib chiqish muddat talab etadigan murojaatlar nazoratga olindi.
22/05/2026
Бош прокурор ўринбосари – Ўзбекистон Республикаси Ҳарбий прокурори Қ.Исроилов томонидан Президентимизнинг 05.01.2026 йилдаги ПҚ–1 ва ПҚ–2-сонли қарорлари ижроси юзасидан Бектемир туманида ўрганишлар давом эттирилмоқда.
Хусусан, "Қўйлиқ" деҳқон бозорида ва унинг ҳудудидаги вазиятлар марказида рақамлаштириш ишлари, шунингдек, аҳоли ва тадбиркорларга яратилган шароитлар, санитария ва озиқ-овқат хавфсизлиги, нарх-наво барқарорлиги, яширин иқтисодиётга қарши курашиш борасида масъуллар томонидан амалга оширилаётган ишларга эътибор қаратилди.
Ҳуқуқбузарлик ва жиноятларнинг олдини олиш, бу йўналишдаги профилактика тадбирлари мақсадли йўлга қўйилгани, кузатув камералари билан тўлиқ қамраб олингани, жамоат тартибини сақлашга масъул ходимларнинг шайлиги кўздан кечирилди.
Якунида масъулларга қатор топшириқлар берилиб, ижроси назоратга олинди.
21/05/2026
Bosh prokuror o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori Q.Isroilov Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligida tashkil etilgan vaziyatlar markazida bo‘ldi.
Asnoda tumandagi ijtimoiy va kommunal muammolar monitoringi, aholi murojaatlari nazorati, favqulodda holatlarda mutasaddi xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tezkor boshqarish kabi qator masalalarni sun’iy intellekt asosida amalga oshirish tizimi bilan tanishildi.
Kunning ikkinchi yarmida Prezidentimizning 05.01.2026-yildagi PQ–1 va PQ–2-sonli qarorlari ijrosi yuzasidan Bektemir tumanidagi o‘rganishlar davom ettirildi.
Xususan, “Compass” savdo markaziga yondosh hududda tashkil etilgan huquq-tartibot maskanida raqamlashtirish ishlari, shuningdek, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, kuzatuv kameralari bilan to‘liq qamrab olingani, jamoat tartibini saqlashga mas’ul xodimlarning shayligi ahvoliga alohida e’tibor qaratildi.
So‘ngra, "Food City" majmuasida vaziyatlar markazi va hududda tashkil etilayotgan huquq-tartibot markazida olib borilayotgan ishlar bilan ko‘zdan kechirildi.
O‘rganishlar yakunida mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
21/05/2026
Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan Pop tumanida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.
Jarayonda murojaatlarni joyida hal etish choralari ko‘rildi, shuningdek, huquqiy tushuntirishlar berilib, ko‘rib chiqish muddat talab etadiganlari nazoratga olindi.
So‘ngra kitob yarmarkasi tashkil etildi.
Shu kabi Urganch harbiy prokuraturasi tomonidan Xonqa tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.
Jarayonda harbiy xizmatchilarning oila a’zolari uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi ham tashkil etildi.
21/05/2026
Toshkent harbiy prokuraturasi tomonidan harbiy qismlarning birida o‘rganishlar olib borildi.
Jarayonda ta’minot turlari, shu jumladan, oziq-ovqat sifati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi va faoliyatga doir boshqa masalalarga e’tibor qaratildi.
Yakunida mutasaddilarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berib o‘tildi.
21/05/2026
Buxoro harbiy prokuraturasi tomonidan viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasida ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda uning tuman va shahar bo‘limlari shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.
Jarayonda yangi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati, shuningdek, huquqbuzarlik tushunchasi va uning tasnifi, jumladan, korrupsiya hamda uning ayanchli oqibatlari haqida tushuntirish berildi.