24/01/2024
"IES" AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi Muborak IEM filialida ishchi-xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi
Joriy yilning 23-yanvar kuni "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ Birlashgan kasaba uyushma qo'mitasi tomonidan "IES" AJ Muborak IEM filiali ishchi-xodimlariga yaratilgan shart-sharoitlarni o'rganish maqsadida ishchi xodimlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Ishchi-xodimlar bilan ochiq muloqotda bo'lish, ularning talab va takliflarini o'rganish maqsadida 2024 yil 24-yanvar kuni soat 14:00 da "IES" AJ Muborak IEM filiali majlislar zalida ishchi-xodimlar bilan "Sayyor qabul" bo'lib o'tdi. Unda ishchi-xodimlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Manba “IES” AJ BKUQ
O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
22/01/2024
Hech bir murojaat javobsiz qolmaydi!
O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bosh mehnat huquq inspektori B.Abdullayev hamda bosh yuriskonsulti I.Isoqov kelib tushgan murojaatlar yuzasidan manzilli o‘rganishlar olib bormoqdalar. Xususan, joriy yilning 17-19 yanvar kunlari “O‘ztransgaz” AJ “Zirabuloq magistral gaz quvurlari boshqarmasi” ishchisi A.NKenjayevning hamda “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ ishchisi M.SH.Bobojonovning murojaatlari bo’yicha Samarqand va Buxoro viloyatlarida bo’lib qaytdilar.
O’rganish yakunida murajaatchilarga tegishli maslahat, ko’rsatma va tushuntirishlar berildi.
O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi matbuot xizmati
16/01/2024
“Farg‘ona IEM” filialida “Mard o‘g‘lon” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
“Farg‘ona IEM” filialida “Posboniman, muqaddas yurtning” shiori ostida "Mard o‘g‘lon" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Tanlov ishtirokchilari 3 ta shart asosida bellashdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1- o‘rinni Idoraviy harbiylashgan qo‘riqlash bo‘limining “Qalqon”jamoasi.
2 - o‘rinni elektr sexining “Yosh energetiklar” jamoasi egalladi.
Sovrindorlar Farg‘ona IEM filiali rahbariyati hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Tanlov so‘ngida jonli ijroda kuy va qo‘shiqlar yangradi.
Manba: “Farg‘ona IEM” KUQ
O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
15/01/2024
"14 - YANVAR - VATAN HIMOYACHILARI KUNI" MUBORAK BO'LSIN!
O'zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi matbuot xizmati
12/01/2024
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan ishchi xodimlarning farzandlari uchun “Sohibjamol va maxluq” nomli teatr spektakli tashkil etildi
10-yanvar kuni Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Qorovulbozor tuman hokimligi va Buxoro musiqali drama teatri hamkorligida teatr ijodkorlari tomonidan “Neftchilar” madaniyat saroyida “Sohibjamol va maxluq” nomli spektakl namoyish etildi.
Teatr — inson maʼnaviyatini yuksaltiradigan, ongu shuurini boyitadigan tomosha. Teatrga korxona ishchi-xodimlari hamda ularning farzandlari maroqli dam olish uchun tashrif buyurdi.
Aktyor va aktrisalarning ijro mahorati, sahnada yaratilgan ertakona muhit tomoshabinlarda juda katta taassurot qoldirdi. Barcha tashrif buyurganlar ushbu tomoshadan mamnun boʻlib, ajoyib madaniy hordiq olishdi
Manba: "BNQIZ" KUQ
O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
06/01/2024
Murojaatlarni manzilli o‘rganish davom etadi
Qashqadaryo viloyat Qarshi shahri Roguzar MFY da yashovchi Xamitova Dilnoza Boʻri qizining 2023-yil 25-dekabrda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga yoʻllangan №2605 sonli murojati bo‘yicha Oʻzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi xotin-qizlar masalasi boʻyicha rais maslahatchisi Y.Adilova, Oʻzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Qashqadaryo viloyat kengashi raisi A.Yusupovlar oʻrganib chiqdi.
Murojatni oʻrganish davomida murojaatchiga Oʻzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi xotin-qizlar masalasi boʻyicha rais maslahatchisi Y.Adilova tomonidan kerakli tavsiya va ko’rsatmalar berildi.
O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
04/01/2024
Murojaatlar manzilli o’rganilmoqda
Fuqaro R.Daliyevning 2023 yil 26 dekabr kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga yo‘llagan takroriy murojaati, O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Mehnat inspeksiyasi Bosh mehnat huquq inspektori B.Abdullayev va “Hududgaz Farg‘ona” gaz ta'minoti filiali mas'ul xodimlari tomonidan tegishli tartibda o‘rganib chiqildi.
O‘rganish jarayonida, mas'ul mutaxassis xodimlar murojaatchi R.Daliev bilan “Uchko‘priktumangaz” bo‘limida uchrashib, murojaatchi taqdim etgan hujjatlarni o’rganib chiqdi va o‘rganish natijalariga ko‘ra, murojaat muallifiga batafsil tushuntirishlar olib borilib, kelgusida tibbiy xulosa va tegishli hujjatlar taqdim qilinganda, unga ko‘ra filial rahbariyati tomonidan boshqa yengilroq ishga o‘tkazilishida amaliy yordam berilishi haqida ma'lum qilindi.
O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi matbuot xizmati
26/12/2023
22-dekabr - “Energetiklar kuni” munosib nishonlandi
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali majlislar zalida “Energetiklar kuni” munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Unda so‘z olgan filial direktori Umid Nazarov xonadonlarimizning nurafshon va fayzli bo‘lishida tinmay mehnat qilayotgan soha xodimlarini kasb bayrami bilan qutladi. Ularning mashaqqatli va sharafli mehnat faoliyatiga zafarlar tiladi.
Tadbir davomida mazkur soha rivoji yo‘lida samarali mehnat qilib kelayotgan hamda hamkasblari orasida yuksak insoniy fazilatlari, mehnatsevarligi bilan ajralib turgan bir guruh fidoyi xodimlarga qimmatbaho sovg‘alar va faxriy yorliqlar topshirildi.
Manba: “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali KUQ
O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
13/12/2023
"Hududgazta'minot" AJ kasaba uyushma qo‘mitalari tomonidan hududlar kesimida sovuq ob havoda mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlar holidan xabar olindi
Hududgazta'minot"AJ BKUQ ning yurtimizda havo xaroratining keskin pasayib, sovub ketishi sababli 2023 yil 12 dekabrdagi topshirig‘iga asosan sovuq ob-havo sharoitida ishlovchi xodimlar xolidan xabar olish ishlari olib borildi.
Xususan: "Hududgaz Andijon" GTF kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan ishchi xodimlar uchun qo‘shimcha sharoit yaratish maqsadida qo‘l-qoplar, termoslarda issiq kofe va choylar tarqatilib xodimlarning ish joylariga borib holidan xabar olindi.
"Hududgaz Samarqand" GTF Boshlang‘ich kasaba uyushmasi tomonidan ishchi xodimlar sovuq ob-havoda sidqidildan mehnat qilayotgan elektr-gaz payvandchi va chilangarlar holidan xabar olindi hamda ularga issiq choy, sendvich va shirinliklar bilan issiq qo‘l-qoplar va termos tarqatildi.
“Hududgaz Jizzax” gaz ta'minoti filiali direktorning birinchi o‘rinbosari - bosh muxandisi B.Xalikov hamda Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi rasi Q.Xasanovlar tomonidan “Jizzax-Forish” avtoyo‘l trassasida joylashgan Yangi hayot GRS da o‘rta bosimli gaz quvurida ob-havoning keskin sovub ketishi natijasida sodir bo‘lgan avariya holatlarini bartaraf etishda ishtirok etayotgan xodimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida issiq choy, shirinliklar olib borilib hollaridan xabar olindi va qo‘lqoplar tarqatildi. Shuningdek, Jizzax shahridagi “Zargarlik” mahallasidagi ko‘p qavatli xonadonlarni isitishga mo‘ljallangan 1-sonli qozonxonani bir me'yorda ishlashini nazorat qilish maqsadida ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, "Hududgaz Sirdaryo" GTF kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan ham qurilish bo'limi chilangarlariga issiq qo‘l-qoplar va termoslar tarqatildi. Issiq ichimliklar tashkillashtirildi.
Manba: “Hududgazta’minot” BKUQ
O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
11/12/2023
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha mahorat mashg‘ulotlari o‘tkazildi
“Uz-Kor Gas Chemical” qo‘shma korxonasida zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda oqibatlarini bartaraf etishga bag‘ishlangan maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
Maqsad korxona xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ob’yekt rahbariyati va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining davlat quyi tizimi xizmatlari bilan hamkorlikdagi harakatlarini nazoratdan o‘tkazish.
Shu maqsadda shartli zilzila tufayli qo‘shma korxona tasarrufidagi Etilen syexida suyuqlik sizib chiqishi yuzaga keltirildi. Mashg‘ulot davomida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan falokatning oldini olish bo‘yicha fuqaro muhofazasi shaxsiy tarkibini shakllantirish, ob’yekt xodimlarini evakuatsiya qilish, tez tibbiy yordam ko‘rsatish tadbirlari namoyish etildi.
Shuningdek, “Uz-Kor Gas Chemical” qo‘shma korxonasi ma’muriyati va Favqulodda vaziyatlar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikdagi harakatlar rejasi ishlab chiqildi.
O‘quv mashg‘ulotining yakuniy hisobotiga ko‘ra, qo‘shma korxona qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlarni bajarishdagi shayligi “Tayyor” deb baholandi.
Manba: “O‘zbekneftgaz” BKUQ
O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati