"Hech bir davlat tashkiloti o'z manfaati uchun ishlamaydi. Biz xalq salomatligi uchun xizmat qilamiz va shunga oylik olyapmiz"- Jonibek Odiljonov
‼️"MY5" telekanalining "O'zimizning gap" ko'rsatuvida Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Axborot xizmati rahbari ishtirok etib, nazorat tadbirlarida uchrab turadigan holatlar va poytaxtimizda aholi salomatligini saqlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma'lumot berdi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati
Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo'limi
Оказание специфических услуг в сфере санитарии и гигиены?
27/05/2026
🕌Masjidlarda profilaktik dezinfeksiya tadbirlari o'tkazildi
Qurbon hayit namozlarini tinch va osuda o'tishini ta'minlash hamda aholi salomatligini saqlash maqsadida masjidlarda profilaktik dezinfeksiya tadbirlari o'tkazildi
🕌Sergeli tumanidagi "Nurul islom", "Ma'ruf ota", "Qo'shqo'rg'on", "No'g'oy Qo'rg'on", "Ittifoq" jome' masjidlarida hayit namozlarini o'qilishiga tayyorgarlik tadbirlari yakunlandi. Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo'limi xodimlari tomonidan Qurbon hayit namozlarini tinch va betalofat otishini ta'minlash, yuqumli kasalliklarni tarqalishini oldini olish maqsadida masjidlarda profilaktik dezinfeksiya tadbirlari o'tkazildi.
Sanepidqo‘mita Toshkent shahar
boshqarmasi Sergeli tuman bo'limi
https://t.me/sergeliSEOvaJSB
27/05/2026
🔔Maktablarda so'nggi qo'ng'iroq tadbirlari nazorat ostida o'tkazildi
Inson hayotining quvonchli va unutilmas damlarini, bolalikning oltin davrini mujassam etgan bilim maskanlarida bugun bitiruvchi yoshlar mustaqil hayotga, kelajak parvozlariga kuzatildilar.
♦️Sergeli tuman umumta'lim maktablarida so'nggi qo'ng'iroq sadolari ostida "Bitiruvchi 2026" tadbirlari tantanavor va munosib tarzda o'tkazildi. O'quvchilar o'rtasida ovqatdan zaharlanish, yuqumli ichak kasalliklarini kelib chiqishini oldini olish, tadbirni tinch va osoyishta o'tishini ta'minlash maqsadida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo'limi xodimlari maktablarda nazoratda bo'ldilar.
Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo'limi
https://t.me/sergeliSEOvaJSB
27/05/2026
Tez tibbiy yordam xizmati xodimlari meningokokka qarshi emlandilar
Meningokokk infeksiyasi bo'yicha yuzaga kelgan epidemik holatni barqarorlashtirish, xavf guruhidagi tibbiyot xodimlari salomatligini himoya qilish maqsadida tez tibbiy yordam xizmati xodimlari meningokokka qarshi emlandilar.
♦️Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasining 18.05.2026y.dagi 02-12b/418-sonli ko'rsatmasiga asosan Respublika tez tibbiy yordam Sergeli tuman 8-sonli bo'limining 35 nafar tibbiy xodimlari va haydovchilarini meningokka qarshi emlash ishlari o'tkazildi.
♦️Emlash ishlari hududiy 71-sonli Oilaviy Poliklinika tibbiy xodimlari tomonidan o'tkazilib, Sanepidqo'mita Sergeli tuman bo'limi xodimlari tomonidan nazorat qilindi.
Sanepidqo‘mita Toshkent shahar
boshqarmasi Sergeli tuman bo'limi
https://t.me/sergeliSEOvaJSB
"Sanitariya-epidemioligiya tizimida bu darajadagi ishlar avval bo'lmagan"
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati
🌐 Xalqaro standartlarga mos laboratoriyalar majmuasi foydalanishga topshirildi
🔬 Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining UNOPS hamkorligida rekonstruksiya qilingan zamonaviy Laboratoriyalar majmuasi tantanali ravishda ramziy lentalar kesilib, foydalanishga topshirildi.
🏥Mazkur majmua sanitariya-epidemiologiya tizimini yanada rivojlantirish, yuqori aniqlikdagi laborator tahlillarni amalga oshirish hamda aholi salomatligini muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati
27/05/2026
Turar joy majmuasi qurilishida o'rganish o'tkazildi
Atmosfera havosini ifloslanishini oldini olish hamda qurilish maydonlaridagi vaziyatni yaxshilash maqsadida turar joy majmualari qurilishlarida tuman hokimiyati ishchi guruhi bilan organishlar o'tkazildi.
♦️Sergeli tuman, 3-mavze, "Nurhayot" mahalla hududida "ISHONCH NUR SERVIS" MChJ tomonidan olib borilayotgan turar joy majmuasi qurilishida sanitariya o'rganishi o'tkazildi.
♦️O'rganish davomida qurilishga qo'yiladigan sanitar-gigiyenik talablar bilan birga quruvchilar uchun tashkil qilingan vaqtinchalik yashash joylari, sanitar-gigienik sharoitlar hamda ovqatlanishni tashkil qilinganligi o'rganildi.
♦️Qurilish rahbariga majmua qurulishida aniqlangan kamchiliklar bo'yicha ko'rsatma va tavsiyalar berildi. Shuningdek quruvchilar uchun tashkil qilingan sharoitlarni yaxshilash hamda ovqatdan zaharlanish holatlarini oldini olish yuzasidan qat'iy talablar qo'yildi.
Sanepidqo‘mita Toshkent shahar
boshqarmasi Sergeli tuman bo‘limi
https://t.me/sergeliSEOvaJSB
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIYA TIZIMIDA YANGI BOSQICH BOSHLANISHI!
🔬 Ayni daqiqalarda UNOPS hamkorligida rekonstruksiya qilingan Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Laboratoriyalar majmuasining tantanali ochilish marosimiga tashrif buyurgan mehmonlar tantanavor ruhda kutib olinmoqda.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati
🔬 Bugun Toshkent shahrida sanitariya-epidemiologiya tizimi tarixida muhim voqea bo‘lib o‘tmoqda!
‼️UNOPS xalqaro tashkiloti hamkorligida zamonaviy talablarga mos ravishda to‘liq rekonstruksiya qilingan Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik va jamoat salomatligi boshqarmasining Laboratoriyalar majmuasi tantanali ravishda foydalanishga topshirilmoqda.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati
27/05/2026
Biologik faol qoʻshimchalar davolamaydi
Biologik faol qoʻshimchalar (BFQ) organizmga qoʻshimcha vitaminlar, minerallar, oqsillar yoki boshqa foydali moddalarni berish uchun moʻljallangan mahsulotlardir. BFQlar kasalliklarni davolash xususiyatiga ega emas.
BFQlardan nima maqsadda qo'llaniladi?
❗️Odamning kundalik ovqatlanishida yetishmayotgan vitamin va minerallarni toʻldirishga yordam beradi.
BQlarga nimalar kiradi?
❗️Vitaminlar, mineral komplekslar, dorivor oʻsimliklardan tayyorlangan ekstraktlar, aminokislotalar.
Eslatma: BFQlar dori vositasi emas, balki oziq-ovqat mahsulotlari sifatida baholanadi va ularni isteʼmol qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Sanepidqo‘mita Toshkent shahar
boshqarmasi Sergeli tuman bo'limi
21/05/2026
Meningokokka qarshi tez tibbiy yordam xizmati xodimlari emlandilar
Meningokokk infeksiyasi bo'yicha yuzaga kelgan epidemik holatni barqarorlashtirish, xavf guruhidagi tibbiyot xodimlari salomatligini himoya qilish maqsadida tez tibbiy yordam xizmati xodimlari meningokokka qarshi emlandilar.
♦️Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasining 18.05.2026y.dagi 02-12b/418-sonli ko'rsatmasiga asosan Respublika tez tibbiy yordam Sergeli tuman 8-sonli bo'limining 35 nafar tibbiy xodimlari va haydovchilarini meningokka qarshi emlash ishlari o'tkazildi.
♦️Emlash ishlari hududiy 71-sonli Oilaviy Poliklinika tibbiy xodimlari tomonidan o'tkazilib, Sanepidqo'mita Sergeli tuman bo'limi xodimlari tomonidan nazorat qilindi.
Sanepidqo‘mita Toshkent shahar
boshqarmasi Sergeli tuman bo'limi
https://t.me/sergeliSEOvaJSB
Click here to claim your Sponsored Listing.
Location
Telephone
Address
Республика Узбекистан, город Ташкент, Сергелийский район, массив Сергели 3, 14
Tashkent
100082
Opening Hours
| Monday | 08:00 - 18:00 |
| Tuesday | 08:00 - 18:00 |
| Wednesday | 08:00 - 18:00 |
| Thursday | 08:00 - 18:00 |
| Friday | 08:00 - 18:00 |
| Saturday | 08:00 - 17:00 |
