National Library of Uzbekistan

National Library of Uzbekistan

Share

Established in 1870, the Library nowadays is a modern information and cultural center with 6.5 mln collection and access to various resources

Photos from National Library of Uzbekistan's post 02/06/2026

📚 Joriy yilning 2-iyun kuni Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Tashabbuslar marafoni” doirasida “Kitob Hashar” tashkil etildi. “Kitob karvoni” tadbiri doirasida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish, aholining mutolaaga bo‘lgan qiziqishini oshirish va jahon adabiyotining sara namunalarini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan tadbirlar tashkil etildi.
Ushbu tadbirda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Umumiy fondlarni saqlash xizmati rahbari Matluba Mirxodjayeva ishtirok etdi, shuningdek, tadbir davomida “1000 kitob” loyihasi doirasida o‘zbek tiliga tarjima qilingan jahon adabiyoti va ilmiy-ma’rifiy asarlar ham keng namoyish etildi. Loyiha doirasida tarjima qilingan kitoblar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otib, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
“Kitob karvoni” esa mazkur nashrlarni hududlarga yetkazish, kitobxonlar bilan bevosita muloqot qilish va mutolaa muhitini yanada mustahkamlash uchun samarali maydon vazifasini o‘tamoqda.

Photos from National Library of Uzbekistan's post 01/06/2026

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Toshkent shahar IIBB huzuridagi “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi”da bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi rahbar hamda mutaxasssi xodimlari ishtirok etib, markaz tarbiyalanuvchilari bilan samimiy muloqot qildilar.
Bolalarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitish maqsadida Milliy kutubxona tomonidan turli badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar sovg‘a qilindi.
Ushbu ezgu tashabbus bolajonlarga bayramona kayfiyat ulashib, ularning bilim olish va mutolaa qilishga bo‘lgan intilishlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Photos from National Library of Uzbekistan's post 01/06/2026

✅ 2026-yil 1-iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Istiqbol” zalida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan “Baxtli bola – yorqin kelajak” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.

📚Mazkur ko‘rgazmadan dunyo bolalarining hayoti bilan tanishtiruvchi sarguzasht asarlar, bolalar uchun yozilgan ertak, hikoya va she'riy kitoblar o‘rin olgan.

📚 Yosh kitobxonlar bu yerda taqdim etilgan mard, quvnoq va saxiy qahramonlarning hamda tengdoshlarining boshidan kechirgan sarguzashtlari bilan tanishadilar.

📚 Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan “Baxtli bola – yorqin kelajak” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazmasiga tashrif buyurgan foydalanuvchilar hozirda bolalar uchun nashr etilayotgan yangi kitoblar bilan tanishish, o‘zlari sevgan kitoblarni varaqlab, beg‘ubor bolalik dunyosiga sayohat qilishlari mumkin.

Photos from National Library of Uzbekistan's post 26/05/2026

📚 Qoraqalpogʻiston Respublikasida madaniyat va kutubxona tizimi faoliyati oʻrganilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli topshirigʻiga asosan, joriy yilning 25-may kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasida madaniyat va san’at tashkilotlari, jumladan, axborot-kutubxona markazlari hamda koʻzi ojizlar uchun maxsus kutubxonalar faoliyatini tahlil qilish va takomillashtirish maqsadida oʻrganishlar olib borildi.

Mintaqviy ishchi guruhlar tomonidan respublikaning barcha hududlarida o’rganishlar davom etmoqda.

26/05/2026

E'LON

Yurtimizda Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan 27,28,29,30-may kunlari dam olish kunlari deb e'lon qilingan, shu sababli ushbu kunlari O'zbekiston Milliy kutubxonasi foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatmaydi.

25/05/2026





O'zbekiston milliy kutubxonasi: imkoniyat va istiqbol

Photos from National Library of Uzbekistan's post 22/05/2026

Joriy yilning 18-22 may kunlari “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining malaka oshirish instituti” nodavlat ta'lim muassasasi tomonidan boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raislarining malaka oshirish o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
Mashg‘ulotlarda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisi Saodat Kamilova ishtirok etdi.
O‘quv mashg‘ulotlari davomida qo‘mita majlislari xujjatlarini rasmiylashtirish tartibi, jamoa shartnomasini tuzish va me'yoriy xujjatlar asosida ijro intizomini tashkil etish hamda boshqa tashkiliy masalalar bo‘yicha o‘z malakasini oshirdi.O‘quv mashg‘ulotlari yakunida O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Ishanxodjayev Asror tomonidan sertifikatlar topshirildi.

21/05/2026



Ochiq mikrofon

Kutubxona siz uchun... o'z fikrlaringiz bilan ta'riflang

KITOB KELTIRGAN BAXT 21/05/2026

Intervyuning toʻliq qismini havola orqali oʻtib koʻrishingiz mumkin

KITOB KELTIRGAN BAXT Kitob va ma’rifatga bag‘ishlangan umr, yurt ma’naviyati yo‘lidagi fidokorona xizmat, zamonaviy kutubxona tizimi va inson qalbida yashirin orzular. Alisher Na...

KITOB KELTIRGAN BAXT - Jadid.uz 21/05/2026


KITOB KELTIRGAN BAXT
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibasi Umida TESHABOYEVA bilan suhbat

Istiqlolning dastlabki davrida sohamizga e’tibor yetarli bo‘lmadi. Kutubxonalarning moddiy-texnik bazasi g‘ariblashdi, o‘n minglab fondi bilan u binodan bunisiga ko‘chib yurgan holatlar bo‘ldi. Kutubxonachilarning maoshini birovga aytishga xijolat bo‘lardi odam. Shunda ham ular ishni tashlab ketmadi, sabr-toqat bilan vazifasining ma’naviy foydasini o‘ylab, shundan taskin topib yashadi. Bu dargohda kitobni sevadiganlar qoldi. Biz tushunishga harakat qildik: yosh davlatga kutubxonadan ko‘ra iqtisodiyot, mudofaa va boshqa sohalar muhimroq, deb.

Moddiy farovonlik va ma’naviy yuksalishni barobar olib ketish ilojsizday edi nazarimizda.

KITOB KELTIRGAN BAXT - Jadid.uz Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibasi Umida TESHABOYEVA bilan suhbat – Umida opa, kelgusi haftada mamlakatimizda “21-may – Kutubxonachilar kuni” nishonlanadi. Avvalo, kasb bayrami bilan tahririyatimiz nomidan tabriklaymiz! A...

Want your business to be the top-listed Government Service in Tashkent?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Category

Telephone

Address


Улица Навои, 1
Tashkent
100017

Opening Hours

Monday 08:00 - 19:00
Tuesday 08:00 - 19:00
Wednesday 08:00 - 19:00
Thursday 08:00 - 19:00
Friday 08:00 - 19:00
Saturday 09:00 - 18:00
Sunday 09:00 - 18:00