O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi

Share

Ўзбекистон Халқ демократик партияси Марказий Кенгаши

Центральный Совет НДП Узбекистана

Central Council of People's Democratic Party

Ўзбекистон Халқ демократик партияси тарихи

https://xdp.uz/history

Photos from O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi's post 05/06/2026





Bog‘ikalon mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Buxoro tuman Kengashidagi partiya guruhi a’zolari – Kengash raisi R.Nabiyev, kotibiyat mudiri S.Samadov hamda kotibiyat xodimlari ishtirokida “Bog‘ikalon” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Bog‘ikalon va Qo‘shxodim qishloqlari aholisini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Xususan, hududdagi transformatorni ta’mirlash va modernizatsiya qilish jarayonlari o‘rganildi.

Mas’ullar bilan muloqotda ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, aholi xonadonlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi...

🌏 https://xdp.uz/partiya-yangiliklari/12039
_______
👉Web-sayt: www.xdp.uz
👉Facebook: facebook.com/UzbekistonXDP
👉Telegram: t.me/UzbekistonXDP
👉YouTube: youtube.com/
👉Instagram: instagram.com/UzbekistonXDP
👉Twitter: x.com/UzbekistonXDP

Photos from O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi's post 05/06/2026





Denovdagi tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Denov tumani Kengashi deputati M.Abduraimov hamda O‘zbekiston XDP Denov tumani kengashi raisi X.Mirzayev tomonidan Denov tuman tibbiyot birlashmasi faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, bo‘limlar faoliyati hamda mavjud muammolar ko‘zdan kechirildi. Xususan, jonlantirish (reanimatsiya) bo‘limida bemorlar soni ortib borayotgani sababli mavjud o‘rinlar yetarli emasligi aniqlandi. Mazkur holat bo‘lim quvvatini kengaytirish va qo‘shimcha o‘rinlar tashkil etish zaruratini yuzaga keltirayotgani qayd etildi.

Shuningdek, tibbiy jihozlardan foydalanish holati va tibbiyot xodimlari faoliyati o‘rganilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi...

🌏 https://xdp.uz/partiya-yangiliklari/12038
_______
👉Web-sayt: www.xdp.uz
👉Facebook: facebook.com/UzbekistonXDP
👉Telegram: t.me/UzbekistonXDP
👉YouTube: youtube.com/
👉Instagram: instagram.com/UzbekistonXDP
👉Twitter: x.com/UzbekistonXDP

05/06/2026





Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Partiyamiz Narpay tumani Kengashi deputati A.Xudoyberdiyev “Barkamol” mahallasida bo‘lib, aholi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Muloqot davomida mahalla faollari ichki yo‘llarning holati qoniqarsiz ekanligi masalasida deputatga murojaat qilishdi.

Deputat mavjud holatni joyiga chiqib o‘rgandi. O‘rganish davomida mahalla hududidagi ichki yo‘llarning bugungi holati, ularning ta’mirtalab qismlari hamda yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq mavjud muammolar ko‘zdan kechirildi.

Xalq vakili o‘rganish yakunida ichki ko‘chalar holatini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish, yo‘l chetlarini tartibga keltirish hamda tungi yoritish tizimini yaxshilash masalalarini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich hal etishga qaror qildi.

🌏 https://xdp.uz/partiya-yangiliklari/12037
_______
👉Web-sayt: www.xdp.uz
👉Facebook: facebook.com/UzbekistonXDP
👉Telegram: t.me/UzbekistonXDP
👉YouTube: youtube.com/
👉Instagram: instagram.com/UzbekistonXDP
👉Twitter: x.com/UzbekistonXDP

Photos from O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi's post 04/06/2026





Mangulik mahallasida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda

Xalq deputatlari Xonqa tumani Kengashi deputati B.Yaqubov tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovi asosida Mangulik mahallasidagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy ishlar boshlandi.

Jumladan, mahalladagi P.Mahmud va Nurli-Yulduz ko‘chalarida yo‘llarni yaxshilash maqsadida yo‘l qismi tekislanib, shag‘al qoplamasi yotqizilmoqda. Shuningdek, harakat xavfsizligini ta’minlash va piyodalar uchun qulaylik yaratish maqsadida piyodalar yo‘lakchasi qayta chizildi.

Amalga oshirilayotgan ishlar aholi murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni hal etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda fuqarolar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratishga xizmat qilmoqda...

🌏 https://xdp.uz/partiya-yangiliklari/12036
_______
👉Web-sayt: www.xdp.uz
👉Facebook: facebook.com/UzbekistonXDP
👉Telegram: t.me/UzbekistonXDP
👉YouTube: youtube.com/
👉Instagram: instagram.com/UzbekistonXDP
👉Twitter: x.com/UzbekistonXDP

04/06/2026





❗️ 40 mingta ayolga subsidiya ajratilishi belgilangan bo‘lsa-da, ulardan atigi 7 mingtasi bu imtiyozdan foydalangan!

_______
👉Web-sayt: www.xdp.uz
👉Facebook: facebook.com/UzbekistonXDP
👉Telegram: t.me/UzbekistonXDP
👉YouTube: youtube.com/
👉Instagram: instagram.com/UzbekistonXDP
👉Twitter: x.com/UzbekistonXDP

04/06/2026



O‘zbekiston XDP Farg‘ona viloyat kengashi tashabbusi bilan Farg‘ona shahar bolalar shifoxonasida o‘tkazilgan xayriya tadbiridan lavha

_______
👉Web-sayt: www.xdp.uz
👉Facebook: facebook.com/UzbekistonXDP
👉Telegram: t.me/UzbekistonXDP
👉YouTube: youtube.com/
👉Instagram: instagram.com/UzbekistonXDP
👉Twitter: x.com/UzbekistonXDP

Photos from O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi's post 04/06/2026





Vobkentda maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashidagi partiyamiz deputatlik guruhi rahbari Mansurxon Xayrulloyev “Guliston” mahallasida joylashgan 20 va 21-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘rganish olib bordi.

O‘rganish jarayonida muassasa bino va inshootlarining texnik holati, yong‘in va xavfsizlik talablariga muvofiqligi, bolalarning sifatli ta’lim olishi hamda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishi, amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar batafsil ko‘zdan kechirildi.

Xususan, guruh xonalari, oshxona, tibbiyot xonasi, sanitariya-gigiyena holati hamda bolalarning ovqatlanish sifati o‘rganilib, muassasada yaratilgan qulayliklarga alohida e’tibor qaratildi...

🌏 https://xdp.uz/partiya-yangiliklari/12035
_______
👉Web-sayt: www.xdp.uz
👉Facebook: facebook.com/UzbekistonXDP
👉Telegram: t.me/UzbekistonXDP
👉YouTube: youtube.com/
👉Instagram: instagram.com/UzbekistonXDP
👉Twitter: x.com/UzbekistonXDP

03/06/2026



📰 “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 22-soni chop etildi.

Bu sonda siz bir qator qiziqarli va tahliliy maqolalarni o‘qishingiz mumkin. Xususan,

▪️ “Muhim, ammo ayrim e’tirozlar bor. Qonun loyihasi mas’ul qo‘mitaga qaytarildi...”

▪️ “Bog‘cha xavfsizligi shunchaki talab emas, balki har bir bolaning hayoti va kelajagi uchun mas’uliyatdir”

▪️ “O‘qituvchi, o‘quvchi va ota-ona uchburchagining biri zaiflashsa, tarbiya susayadi”

▪️ “Qoraqalpog‘istonda “Ijtimoiy reyestr” amaliyoti tahlil qilindi”

▪️ “Deputat nazorati xalq nazorati”

📰 Hududiy Kengashlarda:

▪️▪️ “Toshkent viloyati: Hamkorlik memorandumi imzolandi”

▪️▪️ “Toshkent shahri: “Salomatlik aksiyasi”

▪️▪️ “Jizzax: Yangi transformator o‘rnatildi”...

👉 GAZETANI SAYTIMIZDA TO‘LIQ O‘QING:
https://xdp.uz/siyosatchi-kutubxonasi -103

📖 YOKI MAXSUS ILOVA ORQALI O‘QING:
https://anyflip.com/msnzq/ngmy/

_______
👉Web-sayt: www.xdp.uz
👉Facebook: facebook.com/UzbekistonXDP
👉Telegram: t.me/UzbekistonXDP
👉YouTube: youtube.com/
👉Instagram: instagram.com/UzbekistonXDP
👉Twitter: x.com/UzbekistonXDP

03/06/2026





⁉️ Davlat tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam uchun ajratilgan mablag‘lar nega o‘z egalariga yetib bormadi?

🟣 Fraksiyamiz a’zosi Sayyora Imomova Qonunchilik palatasining bugungi majlisida ko‘rib chiqilgan Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2025-yildagi ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan mas’ul vazirliklarga savol bilan murojaat qildi.

_______
👉Web-sayt: www.xdp.uz
👉Facebook: facebook.com/UzbekistonXDP
👉Telegram: t.me/UzbekistonXDP
👉YouTube: youtube.com/
👉Instagram: instagram.com/UzbekistonXDP
👉Twitter: x.com/UzbekistonXDP

Photos from O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi's post 03/06/2026



Qarshida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi

O‘zbekiston XDP Qashqadaryo viloyat va Qarshi shahar kengashlari tomonidan “Sog‘lom jamiyat – kuchli davlat” shiori ostida Qarshi shahridagi 4-son oilaviy poliklinikada bepul tibbiy ko‘rik aksiyasi tashkil etildi.

Aksiya doirasida aholini profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, kasalliklarni erta aniqlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan tushuntirish ishlari olib borildi.

Tibbiy ko‘rikda 500 nafardan ortiq fuqaro mutaxassislar ko‘rigidan o‘tdi. Bolalarni emlash, tug‘ish yoshidagi ayollarni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish ishlari tashkil etilib, zaruratga ko‘ra fuqarolarga viloyat tibbiyot muassasalariga yo‘llanmalar berildi...

🌏 https://xdp.uz/partiya-yangiliklari/12034
_______
👉Web-sayt: www.xdp.uz
👉Facebook: facebook.com/UzbekistonXDP
👉Telegram: t.me/UzbekistonXDP
👉YouTube: youtube.com/
👉Instagram: instagram.com/UzbekistonXDP
👉Twitter: x.com/UzbekistonXDP

Want your business to be the top-listed Government Service in Tashkent?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Category

Telephone

Address


Mustaqillik Maydoni 5/3
Tashkent
100029

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00